|
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek
|
bet | 116/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulXalq og‘zaki adabiyoti. Afrikada istiqomat qilayotgan hamma xalqlarning xalq og‘zaki adabiyoti mavjud. Janrlari har xil: ertak, mif, qo‘shiq, topishmoq, masal (va h.k. ) lar ham nasrda, ham nazm- da ifoda qilinadi. JAR, Gambi, Zimbaba, Beninda janrlar boy, Nubiy, Jibut va Janubiy Sudanda o‘ziga xoslik nihoyatda kuchli. Folklor asarlarini professional darajada mahorat bilan kuylovchi oqinlar bor. Afrika xalq og‘zaki ijodining qadimiy janri – bu hayvonlar haqida-
gi ertaklar bo‘lib, aksariyat hollarda quyon, toshbaqa va o‘rgimchak ayyor qahramon rolini bajaradi. Bu ertaklarning asosiy xususiyati shundan iboratki, ularda axloqiylashtirish yo‘q. Ammo yaqin asr- larga qadar Afrika og‘zaki adabiyoti namunalari yozib olinmagan. Ilk yozib olish XVII-XVIII asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu paytda Afrika koloniyaga aylantirilayotgan edi, yozib olish ham kolonizatorlar to- monidan amalga oshirilgan. Og‘zaki adabiyotning yirik namunalari qatoriga eposlar kiradi. Maliga oid “Silamaka va Pullori Fulba”, “Sundyata Mandingo”, Markaziy Afrikaga oid “Mvindo Nyanga haqida rivoyat”, Sudanga oid epik poetik bitiklar bor.
Yozma adabiyot. Yozma adabiyot ilk bor Afrikaning shimolida paydo bo‘ldi. Qadimiy yozma adabiy yodgorliklar Misrga tegishli bo‘lib, m.a. 3000-yillikka borib taqaladi. Bundan tashqari, adabiy matnlar yunon, lotin va finik tillarida yaratilgan. Keyingi yozma ad- abiyotda arab adabiyoti ta’siri kuchli bo‘lganini qayd etish kerak. Ko‘plab Afrika mamlakatlarida yozma adabiyot XX asrda, ular o‘z mustaqilligini e’lon qilgandan so‘ng paydo bo‘ldi, deyish mumkin. Misr adabiyotidan tashqari yozma adabiyot Efiopiyada IV-VII asr- lar oralig‘ida paydo bo‘lgan Aksum podshohligi davrida yaratilgan. Yana Mali va Madagaskarda ham qadimiy adabiy matnlar bor. Sudan
“Sennar xronikasi” va “Tabakat” deb nomlangan qadimiy lug‘atlarga ega. XII asrda asos solingan Tombuktudagi universitet adabiyotning yirik markazi bo‘lgan. Shimoliy Afrikada, xususan, Mali, Chad, Su- danda adabiyot arab-islom madaniyatining bir qismi sifatida rivo- jlangan. Tanzani va Madagaskarda arab yozuvi qo‘llanilgan.
|
| |