|
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek
|
bet | 128/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulZamonaviy adabiyot muammolari o‘zgargan, o‘zgarishda shid- dat bilan davom etayotgan dunyoning muammolari bilan bog‘liq. Moskvada o‘tkazilgan dunyo kongressida mashhur yozuvchi Ch. Aytmatovga jurnalist N.Boltyanskaya quyidagicha savol beradi: “Forum yozuvchilarning muhim masalalaridan biri dunyo adabiyoti
muammosidir. Zamonaviy jahon adabiyotining bosh muamomosi nimada, deb o‘ylaysiz?”. Ch. Aytmatov: “Bu savolga javob berish judayam qiyin. Qo‘lida qalami bor har bir yozuvchi inson hayotin- ing eng muhim qismini, yuragini nishonga olyapman, deb o‘ylaydi. Nazarimda, inson juda katta sinovlar arafasida turibdi. Bu sinov- lar dunyoviy konfliktlar, urushlar va shu kabilar bilan bog‘liqdir. Sinovlarda inson o‘zini qanday ko‘rsata oladi? Ehtimol, shu narsa (adabiyotdagi – U. H.) eng muhim masaladir. Ammo judayam og‘ir masala...” deya javob beradi. M. Peshkovaning yozuvchiga qarata: “Sizning ma’ruzangiz nima haqida bo‘ladi?” degan savoliga Ch. Aytmatov javob beradi: “Ekologiya va so‘z. Bunday so‘z birikmasi ajoyib, a! Nahotki, ekologiya so‘zga bog‘liq bo‘lsa?.. Bog‘liq. Me- ning nazarimda yer yuzidagi hamma narsa – ezgulik va yovuzlik birinchi navbatda so‘zdan bino bo‘ladi. So‘z bu, avvalo, bizning fi- krlarimiz, niyatlarimiz, harakatlarimiz, amallarimiz va hokazolardir. Buni ekologiya rakursida olib qarasak, zamindagi ekologiya ko‘p jihatdan insonning o‘zini qanday tutishiga bog‘liq” 55
Demak, zamonaviy jahon adabiyoti muammolarini yozuvchi Chingiz Aytmatov shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda in- sonning o‘zini qanday tutishida ko‘radi. Ya’ni bu yerda birlamchi bo‘lgan narsa – munosabat. Atrof-javonibda sodir bo‘layotgan ol- amshumul voqea-hodisalarga zamonaviy inson qanday qaraydi va qanday munosabatda bo‘ladi, degan savol nafaqat dunyoning, ayni damda, adabiyotning ham taqdirini hal qilishi to‘g‘risida so‘z bor- moqda.
Adabiyotning kelajagi masalasi
Umumjahon forumda bo‘lib o‘tgan suhbatda ishtirok etgan ad- abiyotshunos T. Venslova: “Qisqa aytganda, fransuz she’riyati o‘ldi” deya xitob qiladi”. Vaqtida xuddi shu gapni Bulat Okudjava rus she’riyati haqida aytgan edi. Bunday taxminlar, bashoratomuz fikr- lar doim aytilgan. Masalan, 90-yillarda o‘zbek yozuvchisi Sh. Xol-
55 Moskvada o‘tkazilgan xalqaro kongressdagi suhbat. http://echo.msk.ru (U. Hamdamov tarjimasi).
mirzayev ham “Adabiyot o‘ladimi?” degan maqola bilan chiqqan edi. Albatta, maqola so‘nggida yozuvchi adabiyot o‘lmaydi, degan xulosaga keladi. Gap shundaki, vaqti-vaqti bilan jamiyat (ma’naviy- ruhoniy buhronlar davrida) ana shunday kayfiyatlarga tushib turadi. Bu narsa albatta mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy, psixologik evril- ishlar bilan bog‘liq holda ro‘y beradi. XX asrning 70-yillar avlodi- dan keyin o‘zbek adabiyoti, xususan, o‘zbek she’riyati o‘ldi, degan bashoratlar ham puch edi. Holbuki, bugun o‘zbek o‘quvchisi qadim ildizlardan suv ichib, zamon kayfiyatidan nafas olgan tamomila yangilangan Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti bilan yuzma yuz turibdi. Bularning siri esa oz‘garishlar negizida yashirin. Jamiyatda yangi- lanishlar shabadasi esib qolganda, maydon markaziga har doim esinti yo‘nalishini to‘g‘ri fahmlab, o‘z asarlarida aks ettira olguvchi ijodkorlar tushadi. Ammo davrlar tinimsiz almashib, o‘zgarib tura- di. Har bir davr o‘z ijodkorini yaratadi. Bu haqiqatdan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Barcha zamonlar hadisini to‘g‘ri anglagan va ularni yuk- sak san’atkorlik bilan asarlariga ko‘chira olgan ijodkorgina mumto- zlik maqomiga erisha oladi.
|
| |