Dengizlarning tublarin quchay, Bulutlardan balandga uchay.
Yer ne’matin senga tutay qiz, Farmoningga yig‘lab cho‘kay tiz, Sevgin meni!..
Darhaqiqat, go‘zal, haroratli misralar! Aynan shu misra mam- lakatning eng baland tog‘i cho‘qqisiga tikilgan bayroqqa o‘xshaydi. Bu o‘rinda bayroq o‘sha mamlakatning borligiga, kuch-qudratiga yo‘naltirilgan bir ramz bo‘lgani yanglig‘, “Farmoningga yig‘lab cho‘kay tiz” misrasi ham oshiqning sevgilisiga bo‘lgan cheksiz ishqidan bir dalil, nishon. Aynan shu misrada uning ma’shuqasi uc- hun har narsaga tayyor ekanligi ayonlashadi. Qolaversa, aynan shu misra “Usmon Nosir” deb atalgan tarjimon, ayni paytda, shoir mam- lakat qudratini ham ko‘z-ko‘z qilguvchi bayroqdir. Birgina shu bay- roqqa qaraboq tarjimonning yusak iste’dodiga guvoh bo‘lish, undan hayratlanish mumkin. Bu misralar asliyatda quyidagicha:
Я опущусь на дно морское, Я полечу за облако.
Я дам тебе все, все земное – Люби меня!..
Tarjimadagi ijodkorlik (“Farmoningga yig‘lab cho‘kay tiz”) ni qofiya (“qiz – tiz”) taqozosi deb ham talqin qilish mumkindir, ehti- mol. Lekin gap faqat bunda emas. Asliyat qofiyasiga e’tibor berilsa, u yo‘q (“Morskoe – zemnoe” qofiya emas). Bu borada (ya’ni qofiya masalasida) tarjima varianti ustun ekanligini e’tirof etmoq kerak. Lekin asliyat o‘zicha go‘zal. U shu darajada go‘zalki, hatto qofiyaga muhtoj emas. “Я опущусь на дно морское, Я полечу за облако” misralarining ma’no, ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjimasi “Dengizlarn- ing tubiga tushaman (tushay), Bulutlarning ortiga uchaman (uchay)” bo‘lar edi. Usmon Nosir Lermontov chizgan manzarani Lermon- tov taklif qilgan badiiy gap konstruksiyasiga ko‘ra emas, balki o‘z so‘zlari bilan qayta yozadiki, natijada “Dengizlarning tublarin quchay, Bulutlardan balandga uchay” kabi oltin misralar, chinakam ijod, asliyatga tengma-teng ijod namunasi dunyoga keladi. Chunki dengizning tubiga tushish bilan uni quchish, bulutlarning ortiga uch- ish bilan ulardan balandga uchish o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Xuddi oddiy gap bilan she’riy misra orasidagi tafovut kabi.
Tarjima tarixiga nazar tashlasak, asosan, ikki xili ko‘zga yaqqol
tashlanib turadi. Biri – taglamali (подстрочный) tarjima, ikkinchisi
mazmun tarjimasi. Aslida, badiiy tarjima necha xili bo‘lishiga qa- ramay, eng muhimi, asar ruhi to‘g‘ri tarjima etilmog‘i shart. Shu ruh berildimi, qolgani katta-kichik tahrirlar bilan tuzatilishi mumkin. Ruh berilmasa-chi, barchasi bekor: chiroyli so‘zlar, silliq gap kon- struksiyalari, hikmatli so‘zlarning o‘rinli ekvivalentlari, qo‘yingki, butun “toat-ibodat” suvga oqadi-ketadi.
Tarjima muhim. Shu darajada muhimki, u asar taqdirini yo bor qiladi, yo yo‘q. Hozirgi zamonga kelib esa jahon adabiyoti va tar- jima qarshisida talay muammolar paydo bo‘ldi. Xususan, Moskvada o‘tkazilgan davra suhbatida tarjimon va jurnalist Irina Kuznetsova aytadi: “Tahririyatga fransuzcha she’rlar oqib keladi. Ular, asosan, Rembo, Verlen, Mallarme she’rlaridir. XX asrning ikkinchi yarmi- ga oid she’rlardan juda kam yuborishadi. Yuborishsa ham turgan- bitgani dahshat! Ular tarjimasini hech kim uddalay olmaydi, axir!.. Gap shundaki, 50–60-yillarda fransuz adabiyotida navbatdagi inqi- lob sodir bo‘ldi. Nazarimda, xuddi shundan Fransiyada zamonaviy poeziya boshlandi. Yangi avlod “reallikni boshdan oyoq ramzlashtir- gan” syurealizm merosiga qarshi bosh ko‘tarishgan edi. Syureal- izm estetikasini Fransis Ponj “romantik-lirik saraton ishig‘i”, deb atagan. Xullas, lirika ma’nosini ohanjamadan xoli qilaman, deya novatorlar oshirib yuborishdi: axlat uyumiga nafaqat qofiya va po- etik ko‘chimlarni chiqarib tashlashdi, balki she’riyatning barcha vositalarini gumdon qilishlariga sal qoldi. Ularni uslublarida she’rga joy qolmadi. Bir fransuz tanqidchisi bu davrni “muzlash davri” deb nomlagandi, adashmasam. Nihoyat, mana yaqindagini “erish” bosh- landi. “Muzlash davri”ning she’rlari ikki-uchta, bir-biri bilan hatto grammatik jihatdan bog‘lanmagan so‘zlardan iborat edi. 70-yillarn- ing oxirlarida fransuz shoirlari bizga (Rossiyaga) kelganda so‘radik: “Har bir so‘zingizning ortida nima turibdi? Ular ortidagi bo‘shliqni nima bilandir to‘ldirishimiz kerak, axir!..” Chunki, masalan, xitoy va yapon she’rlarining ortida an’ana, o‘qilishi bilan ma’rifatli in- son qalbida tug‘iladigan ko‘plab assotsatsiya turadi. Bu yerda esa
urushdan keyingi manzara yodingizga tushadi”. Bu fikrga javoban forumning yana bir ishtirokchisi Yevgeniy Bunimovich quyidagicha fikr bildiradi: “Zamonaviy fransuz she’riyatini zamonaviy tarjimon- lar tarjima qilishi kerak. Men boy madaniy konteks faqat yapon- larda bor, degan fikrga qo‘shilmayman. O‘qimishli fransuz uchun o‘z konteksti ortida ko‘p narsa turgan bo‘lishi, uni ruschaga oddiy so‘zlar bilan tarjima qilganimizda u sezilmasligi mumkin. Chunki ruschada u kontekst yo‘q...” Davra suhbatining yana bir ishtirokchisi Mark Freydkin aytadi: “Mening qiziqishim XIX va XX asrning bi- rinchi yarmi,deylik. 30 yoshlilarni 30 yoshlilar va hatto undan ham yoshlar tarjima qilishi kerak. Ayniqsa, bugungi she’riyat shaklan butunlay boshqa, yangi qiyofaga kirib borayotganda. Men ba’zan ingliz tilida qanday yozishayotganiga qiziqib internetga kiraman. Aytish kerakki, kaminaning an’anaviy qarashlari bilan hamohangligi yo‘q internetdagi she’rlarning. Shu uchun menga katta gonorar tak- lif qilishsa-da, men ularni tarjima qilmayman. Bu ularning rasvoligi yoki yozishni eplay olmaganidan emas. Yo‘q, ular bor-yo‘g‘i boshqa tilda yozishyapti, ular qo‘llagan badiiy priyomlar menga notanish. Boshqa auditoriyaga mo‘ljallangan she’riyat bu”58.
Bu munozaradan ham ko‘rinib turibdiki, tarjimada, tarjimonda gap ko‘p. Tarjimon hammani tarjima qila olmaydi. Tarjimon o‘z ruhi, o‘z dunyoqarashi, o‘z didi va o‘z yo‘nalishiga muvofiq tush- gan asarnigina qoyillatib tarjima qilishi mumkin. Qolaversa, bir xil tizilgan so‘zlar zimnida ikki millat ijodkori ham, o‘quvchisi ham tamomila boshqa-boshqa ma’nolarni tushunishi mumkin. Ularning bir-biriga muvofiq tushishi uchun ikki millat vakilining yashash sha- roitlari, shartlari va boshidan kechirganlari o‘rtasida talay mushtarak jihatlar bo‘lmog‘i lozim.
|