O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet129/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Internet adabiyoti


  1. asr avvalidanoq internet keng yoyildi. Sekin-asta esa inter- net adabiyoti paydo bo‘lib, u ma’lum ma’noda an’anaviy, qog‘oz shaklidagi adabiyot o‘rnini egallay boshladi. 100–120 yil davomi- da doimiy chiqib kelgan gazeta-jurnallar jahonning ko‘pgina yirik mamlakatlarida XXI asrning ilk choragiga kelib yopila boshladi. Odamlarning qiziqishlari, ehtiyojlarida inqilobiy burilishlar sodir bo‘ldi. Natijada ma’lum muddat adabiyot va san’atga e’tibor su- saydi. Ammo bu hodisalar birdaniga yuz bermadi, aksincha, uning kurtaklari o‘tgan asrning ikkinchi yarmida insonlar dunyoqarashi- dagi siljishlar bag‘rida nish urgan edi. Xususan, ana shu evrilish- larni boshidan kechirgan Fransiyada XX asrning 70-yillaridan keyin “she’riyat o‘ldi” deya ovoza qilishdi. Xuddi shunday e’tiroflar sobiq Ittifoq territoriyasiga XX asrning oxirgi 10 yilligi va yangi (XXI) asrning avvalida tilga tushdi. Masalan, internet adabiyoti portallar-

ida shunday rasm paydo bo‘ldiki, u dunyoning adabiyotga bo‘lgan bitta kayfiyatini qisman o‘zida aks ettirar edi: qabriston, qabr tosh- iga “Stixi RU”56 deb yozilib, gul, aroq va gazak qo‘yilgan. Lekin bu surat dunyodagi xilma xil kayfiyatlarning hammasini to‘la qa- mrab ololmaydi. Chunki olam keng va u turfa axborot, turfa kay- fiyatlar quchog‘ida nafas oladi. Yer yuzining qayeridadir adabiyot so‘lib borsa, qayeridadir u qaddini tiklashi, yaproq yozib, meva tu- gishi mumkin. Shunga qaramay, zamonaviy dunyo bugun umumiy adabiy buhronni o‘z boshidan kechirayotganligidan ham ko‘z yu- mib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham XX va XXI asr o‘zbek shoirasi Zebo Mirzo “Gul davralar meniki emas, Mening uyim ko‘krak qa- fasim” deb yozadi. Bu misralar tagzaminidagi ma’no XX va XXI asr she’riyatiga bitta o‘zak chiziq bo‘lib tortiladi. Ya’ni inson (shoir) tashqaridan ichkari(botin)ga kirdi va u yerdan turib atrofni kuzata boshladi. Bungacha esa shoir tashqarida, u yerdagi umum ish bi- lan band edi. Nafaqat parchalanib ketgan sobiq Ittifoq territoriya- sida, balki butun dunyo mamlakatlarida umumiy ahvol shunday edi. Ovrupada “ichkariga yurish” biroz oldinroq (Ikkinchi jahon uru- shidan keyin) sodir bo‘lgandi. Modernizm hodisasi shundan keyin kuchaydi. Ispan esteti va faylasufi X.O. Gasset XX asrga kelib inson o‘z e‘tiborini ichkariga qaratganini aytadi. Uning shu fikri57 butun boshli jahon adabiyotidagi tub o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini yetarlicha ochib bera oladi.
Bir tomondan qog‘oz shaklidagi adabiyotga talab ozayib bory- apti, ikkinchi yoqdan esa, she’riyatning internet sahifalarida om- malashib borayotganligi kuzatilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar vositasi- da targ‘ib qilinayotgan adabiy janrlar orasida she’riyat peshqadam. Masalan, ayrim jahon shoirlarining instargramda 100.000 dan ziyod obunachilari bor. Obunachilar shoirlarning ham xuddi artistlar kabi shoular tashkil etishlarini yoqlab chiqishmoqda. Shu orqali shahar- lar aro kezib, auditoriya to‘plab, o‘z she’rlarini jonli o‘qib berishmo-



56 Moskvada o‘tkazilgan xalqaro kongressdagi suhbat. http://echo.msk.ru (U. Hamdamov tarjimasi).
57 Rus she‘riyati.
qda. Buning uchun esa shoirlar o‘z ijodlarini internet orqali targ‘ib
qilishadi. Internetda ayol she’riyati ham ommalashib bormoqda.

Download 0,5 Mb.
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.