• Gabriel
  • Paolo Koeo (1947-yili tug‘ilgan)
  • O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




    Download 0,5 Mb.
    bet125/135
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #242139
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   135
    Bog'liq
    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

    Xulio Florensio Kortasar(1914–1984) Belgiyaning Bryussel shahrida tavallud topgan argentinalik yozuvchi. Uning yoshlik yil- lari Buenos-Ayres shahrida o‘tdi. Maktabni tamomlagach, Xulio poytaxtdagi universitetning adabiyot va falsafa fakultetiga o‘qishga kiradi, biroq mablag‘ yetishmaganligi sabab o‘qishgni tashlab, yetti yil qishloq maktabida o‘qituvchilik qiladi. 1944-yili u Mendosa shah- ridagi universitetda ishlay boshladi. 1951-yili adabiy yo‘nalishdagi stipendiyani qo‘lga kiritib, Ovrupaga ketadi va uzoq yillar davomida YuNeSKO tashkilotida tarjimonlik qilib, umrining oxirigacha Fran- siyada yashadi.
    Adabiy faoliyatini simvolist-shoir sifatida boshlab, 1938-yili ilk “Hozirlik” she’riy to‘plamini chop ettirdi. Butun umri davomida she’rlar yozgan bo‘lsa-da, ularni nashrga bermagan. Yozuvchining birinchi “Ishg‘ol qilingan uy” hikoyasi ustozi Borxes tomonidan chiqariluvchi jurnalda 1946-yili chop ettirildi.
    Kortasar ijodidagi alohida jihat shundaki, uning o‘zi tayyorlab nashrga topshirgan hikoyalar har gal har xil holatda nashr ettiril- gan. Ular har gal qayta ishlangan, boyitilgan, syujet qobig‘ida turli munosabat qavatlari paydo bo‘la borgan. Bu esa uning asarlari haqidagi adabiy qarashlarning, tarjimalarning uzluksiz o‘zgarib borishiga olib keladi. Yillar davomida e’lon qilingan “Imtihon” (1945-yili yozilgan, 1986-yili nashr qilingan), “Yu- tuqlar” (1969), “Klassiklar o‘yini” (1963), “Yig‘ish uchun anda- za” (1968) romanlari, “Bestiariy” (1951) va “O‘yinning tugashi” (1956–1964) hikoyalar to‘plamlarida o‘qish va yaratish birdek davom etadi. G‘oya ichida g‘oya, syujet ichida syujet, obraz ichida obraz va ular yuzaga keltirayotgan matn ichida matnlar o‘quvchi shuurini doimiy band qilib turadi, oxiri yo‘q voqealarn- ing yakunini o‘zi yaratishga majbur qiladi. Qayta-qayta o‘qish, har safar o‘qilganda turlicha tushunish, tushunishning o‘quvchi dunyoqarashiga mos ravishda kengayib va torayib borishi asarni o‘qishdagi asosiy jarayonga aylanadi. Bir qahramonni turli qi- yofada ikkilantirish, uchlantirish va ularni harakatning umumiy oqimida uchrashtirish kabi poetikaning yangi o‘yinlari rebusni
    yechgandagi huzurni beradi, o‘quvchilarda yangi adabiy ehtiyo- jni tug‘diradi va bu ehtiyojni uning o‘zi qondiradi.
    “O‘yinning tugashi” hikoyasida ichki qiyofaning o‘yinda, niqobda tashqi olamda namoyon bo‘lishi ifodalangan. Tashqi olam kasalmand qizning asl holatini yoqtirmadi va u yashashning yangi shaklida – o‘yin ichida, niqobda harakatni boshladi. Simvolika, tabi- iy psixologizm, oddiy syujetning tig‘iz va murakkab qavatlari asarda “sehrli” kuch yashirinib yotgandek tasavvur uyg‘otadi.
    “Roman ochkolar bo‘yicha yutsa, hikoya nokautlar bilan g‘olib keladi” – (R.Arlt) deb hisoblagan, Kortasar novella janrini yuqori cho‘qqilarga olib chiqdi va “Xronoplar va famlar” (1962), “Hamma olovlar – olovdir” (1966), “Bu yerda aylanib yurgan kimsa” (1977), “Qandaydir Lukas” (1979), “Biz Glendani shunday sevamizki…” (1980), “Vaqtdan tashqarida” (1982) novellalar to‘plamlarini chop ettirdi.
    1967-yili XX asr ikkinchi yarmi Lotin Amerikasi adabiyotidagina emas, balki jahon adabiyotidagi eng mashhur asarlardan biri paydo bo‘ldi. Ana shu mashhur “Yolg‘izlikning yuz yili” romanining mual- lifi kolumbiyalik yozuvchi Gabriel Garsia Markes(1928–2014) edi. Gabriel Markes 1928-yili Kolumbiyaning Arakataka shaharcha- sida tug‘ildi. Uning bobosi iste’fodagi polkovnik Nikolos bola hayo- tida o‘chmas iz qoldirdi. Bobosi va buvisi ertaklari og‘ushida katta bo‘lgan Gabriel keyinchalik ular haqida quyidagicha xotirlaydi: “Bo- bom va buvim jinlar bilan to‘lib ketgan eski uyda yashar edilar. Ularn- ing har ikkisi ham irimchi bo‘lib, g‘aroyib tasavvurga ega bo‘lganlar”. Markesning bolalik kezlari uning ongiga singib ketgan shu va shunga o‘xshash xotiralar, keyinchalik, uning ijodidagi realistik tas- vir bilan fantastik unsurlarni birikib ketish tamoyilini belgilab berdi. 1948-yilda Bogotada bo‘lib o‘tgan qonli voqealar Garsiya Markes huquqshunoslik fakultetida ta’lim oluvchi universitetning yopilishiga sabab bo‘ldi. U Kartaxenda o‘qishni davom ettirmoqchi bo‘ladi. Biroq, jurnalistikaga bo‘lgan qiziqish o‘qishni tugallashga
    imkon bermadi.
    Uning dastavval provinsiyada, keyinchalik poytaxtda, so‘ngra esa Rim, Parij va Karakasda muxbir sifatida faoliyat ko‘rsatishi, Markesning keyingi badiiy ijodiga ijobiy ta’sir o‘tkazdi. Muallifning o‘zi keyinchalik tan olishicha, uning 1947–1948-yillarda vaqtli mat- buotda e’lon qilingan dastlabki hikoyalari, Kafka asarlari ta’sirida yaratilgan.
    Keyinchalik uning “Polkovnikka Hech kim yozmaydi” (1958), “Katta onaning o‘limi”(1962) singari asarlari nashr yuzini ko‘rdi. Ular Markesning 1972-yili Romulo Galegos mukofotiga sazovor bo‘lgan eng mashhur asari “Yolg‘izlikning yuz yili”ning yaratili- shi uchun muhim bosqich vazifasini o‘tadi. Ushbu roman XX as- rgacha bo‘lgan adabiy merosning ko‘plab usullari, G‘arbu Sharq an’analarini o‘zida mujassam etgan. Asar yolg‘izlik – zavolga gir- iftor bo‘lgan bir oilaning fojiali taqdiri orqali insoniyat tarixining yuz yilida sodir bo‘lgan manzaralarni aks ettiradi.
    Xose Arkadio Buendia va uning umr yo‘ldoshi Ursula Iguaran asos solgan Makondo shaharchasi nafaqat bu yerda sodir bo‘ladigan vo- qealarning foni, balki Ikkinchi jahon urushidan keyingi Lotin Ameri- kasi tarixining umumlashgan va tipik tasviridir. “Yolg‘izlikning yuz yili”da sehrli ertak, afsona, naql unsurlari ob’ektiv tarixiy hikoya bilan shu qadar uyg‘unlashib ketganki, ba’zan real voqeani fantas- tik hodisadan ajratib olish qiyinchilik tug‘diradi, umuman, ularni ajratishning keragi ham yo‘q, go‘yo. Ushbu unsurlar asarda teng holda bo‘lib, Rablega xos giperbola realistik lavhalar bilan birikib ketgan. Romanda yolg‘izlik kishining ma’naviy jihatdan qash- shoqlashuvi, atrof olamdan uzilib qolishigina emas, odamning o‘ziga-o‘zi begonalashuvi sifatida ham talqin qilinadi. Asar azaliy an’analar, ona-bolalik, qarindosh-urug‘chilik, og‘a-inilik munosa- batlari hamda muqaddas diniy aqidalarning yemirilishi oqibatida paydo bo‘luvchi ommaviy loqaydlik va yolg‘izlik nazarda tutilgan.
    “Yolg‘izlikning yuz yili”dan so‘ng Markes bolalar uchun bir qa- ncha hikoyalar to‘plami hamda “Mening baxtli va taniqli bo‘lmagan davrim haqida” deb ataluvchi avtobiografik reportajlar turkumini nashrdan chiqardi. 1975-yilda yozuvchining ko‘pdan buyon amalga
    oshirishni istagan rejasi “Patriarxning kuzi” romani orqali ro‘yobga chiqdi. Lotin Amerikasi xalqlari uchun dolzarb bo‘lgan mavzu – diktatorlar mavzusidagi ushbu asarda yozuvchining uslub borasida- gi izlanishlari ko‘zga tashlanadi. Asarning tili “Yolg‘izlikning yuz yili”ga nisbatan ancha murakkabdir.
    Romanning qisqacha mazmuni quyidagicha: Diktator Nikonor Alvarado shu qadar cheksiz hokimiyatga ega bo‘lganki, uning uc- hun endi boshqarishning keragi ham yo‘q. U ta’rifsiz qudratga ega ekanligidan kar bo‘lib qolgan. Uning sayroqi qushlar saqlanuvchi qafaslar to‘la saroyida sigirlar ham bemalol yuraveradi. Diktator 16 yoshli go‘zal qizga oshiq bo‘lib qoladi. Ushbu muhabbat uni shu qadar umidsizlikka tushiradiki, natijada, bir tunning o‘zida uch min- gta siyosiy mahbusni qatl ettirishni buyuradi. Asar voqealari hikoya qilinayotgan paytda diktator 123 yoshga to‘lgan edi. U necha yildan buyon hokimiyat tepasida ekanligini ham eslay olmaydi. Eshitish qobiliyatini yo‘q bo‘lganligini ham sezmaydi, uning uchun kanar- eykalar sayramay qo‘ygandek tuyuladi. U butunlay eshitish qobili- yatidan mahrum bo‘lganda hayotidagi ulug‘ orzusi ro‘yobga chiqa- di: dengizdan 500 chaqirim uzoqda yashashiga qaramay, kecha-yu kunduz dengiz shovqinini eshita boshlaydi. Diktator bir necha ma- rotaba qayta tirilishlardan so‘ng 200 yosh atrofida vafot etadi. U yo- shligida Xristofor Kolumb bilan suhbatlashgan bo‘lsa, keksayganda AQSh elchilari bilan muloqotda bo‘ladi; tushlik paytida favoritlar- idan birini yeb qo‘yadi. Muqaddam muttaham va fohisha bo‘lgan onasining xotirasini abadiylashtirmoqchi, ya’ni avliyolar qatoriga qo‘shmoqchi bo‘ladi.
    Markesning 1981-yilda yozilgan “Oshkora qotillik qissasi” qisqa, aniq va deyarli bayonnoma ruhidagi nasrning namunasi sanaladi. Qissa syujeti asosida Kolumbiyaning Sukre shaharchasida haqiqa- tda bo‘lib o‘tgan voqea yotsa-da, unda sodir etilgan qotillikka nis- batan shaharcha ahlining munosabatida insoniyatning bir-biriga nis- batan loqaydligi, e’tiborsizligi ularni katta falokatlarga giriftor etishi mumkinligi haqidagi g‘oya ifodalangan.
    Umuman, Gabriel Garsia Markes ijodi XX-XXI asr jahon adabi-
    yotining yorqin sahifalaridan biri bo‘lib, u adabiy jarayonga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. Buyuk yozuvchi 2014-yilning 17-aprelida 88 yoshda Mexikoda vafot etdi.
    Zamonaviy Lotin amerikasi adabiyotining taniqli ijodkorlaridan biri braziliyalik yozuvchi va shoir Paolo Koeo (1947-yili tug‘ilgan) sanaladi. U poytaxt Rio-de-Janeyro shahrida tug‘ilgan. Jami yigir- madan ortiq kitoblar – romanlar, antologiyalar, hikoyalar to‘plamlari muallifi. “Alkimyogar” romani uzoq vaqt eng ko‘p o‘qiladigan kito- blar o‘nligida bo‘ldi. Dunyo tillarida chop etilgan asarlarining adadi 300 milliondan oshib ketgan.
    Bo‘lajak yozuvchi yetti yoshida Avliyo Ignatiy Loyola iezuit maktabiga o‘qishga yuborildi, bu yerda u ilk marta hikoyalar yozish- ni boshladi. Maktabni tugatgach, Rio-de-Janeyro universitetining huquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirdi, lekin tez orada o‘qishni tashlab, jurnalistika bilan shug‘ullana boshladi.
    1970-yili Meksika, Peru, Boliviya, Chili, Ovrupa mamlakatlari va Shimoliy Afrikaga sayohat qildi.
    P.Koeloning nomini butun dunyoga mashhur qilgan, 1990-yilda nashr etilgan “Alkimyogar” romani hozirgacha dunyoning 120 dan ziyod mamlakatida chop etildi (jumladan, o‘zbek tilida asarning uchta tarjimasi mavjud). Romanda insonning umri mobaynida amal- ga oshiradigan ishlari nimalardan iborat, o‘z taqdiri yo‘lidan borib, ko‘nglidagi orzu-umidlarni amalga oshirish uchun nima zarur degan falsafiy, mohiyatan esa oddiy insoniy masalalar haqida fikr yuritila- di. Bosh qahramoni 16–17 yoshlardagi cho‘pon yigit bo‘lgan ushbu asarda realizm, sarguzasht, mistika, detektiv va didaktika an’analari uyg‘unlashib ketgan.
    Hozirda P.Koelo Braziliyaning Rio-de-Janeyro va Fransiyaning
    Tarbe shahrida istiqomat qiladi.



    Download 0,5 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   135




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

    Download 0,5 Mb.