Texnikaning rivoji, umumiy taraqqiyot, ilmiy kashfiyotlar key- ingi davr adabiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. XIX asrda Hindistonga inglizlar temir yo‘l qura boshlaganda braxmanlar norozi bo‘lib, bu bizning ruhiy-ma’naviy dunyomizga daxl qilishdir, deya jon-jahd- lari bilan qarshilik qilishgan edi. Shunga qaraymay, dunyoda umu- miy taraqqiyotni to‘xtatib bo‘lmaydi. Dunyoning holi ham shunga ko‘ra o‘zgardi, o‘zgarmoqda. Olamni badiiy-estetik qabul qilishda ham jiddiy evrilishlar yuz berdi. Ovrupada realizm, tanqidiy realizm o‘rniga modernizm, postmodernizm kirib keldi. Nigohlar, ispan es- teti va faydasufi O. Gasset aytmoqchi, 180 gradusga burildi. Voqea- lar tasviridan inson botini(ruhiyati)ning tasviriga o‘tildi. XIX asrn- ing ikkinchi yarmidan to shu kunlargacha realizm, tanqidiy realizm, estetizm, modernizm, postmodernizm oqimlari bir-birining o‘rnini olib, biri ikkinchisiga xamirturish bo‘lib keldi. Nihoyat, bugungi dunyo qorishiq kayfiyatlar maydoniga aylangan. Unda ko‘pgina izmlarning nafasi seziladi. Shunga qaramay, keyingi bir necha o‘n yilliklarda jahonni o‘z domiga tortgan umumiy kayfiyatni globalizm
deb atashmoqda. Globalizm adabiy oqim emas. Lekin u adabiy oq- imlarga jiddiy ta’sir qiladi. Shuning ta’sirida dunyoni badiiy-estetik qabul qilish sathida azim o‘zgarishlarning yuz berishi muqarrardir.
Globalizm nima? Lotincha globus, ya’ni shar so‘zdan olingan bo‘lib, dunyo miqyosidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy, diniy jihatdan o‘zaro ta’sirlashuv jarayonidir. Unda dunyo xo‘jalik tizimi o‘zgarib boradi. Bozor munosabatlari, mehnat taqsimoti, xalqaro aloqalar, madaniy munosabatlar, dunyoqarashlar o‘zaro integratsiyalashuv oqibatida jiddiy evrilishga yuz tutadi. Ayni damda, siyosiy va iqti- sodiy globallashuv farqlanadi. Tarixchilar globalizmni kapitalizmn- ing bitta davri deb qarasa, kulturologlar madaniyatning sharqlashuvi oqibati, deydi. Bu so‘z ilk bor K. Marksning F. Engelsga yozgan xatida (1850-y. ) uchraydi: “Endi dunyo bozori haqiqatan ham bor. Koliforniya va Yaponiyaning dunyo bozoriga qo‘shilishi bilan glob- allashuv sodir bo‘ldi”.
Globalizm domiga tortilgan dunyoda adabiyot o‘z mahallasi kayfiyatini kuylab xotirjam bo‘lolmaydi. O‘zbek shoir “Ikki daryo oralig‘ida Qolib ketdi mening ovozim” (Abdulla Oripov) deb yoz- gandi. Endi insonni qiziqtiradigan, uning hayotiga ta’sir qiladigan maydon ikki qutb o‘rtasidir. Bugun shoir butun dunyo muammolarini kuylashga mahkum va majbur. Buni u atay qilmaydi, balki tabiiy rav- ishda ado etadi. Bugun dunyo siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ekologik, psixologik jihatdan yaxlit arenaga aylanib ulgurgan.Natijada inson badiiy tafakkurida ham o‘zgarishlar sur’ati misli ko‘rilmagan dara- jalarda tezlashmoqda. Adabiyotdagi “izm”lar ham shunga ko‘ra tez- tez yangilanib bormoqda. Chunki jamiyat kayfiyati yangilanmoqda. Jamiyat kayfiyati esa adabiyot yangilanishini taqozo etadi. Yangilan- ish adabiyotning tarzini, yo‘nalishlarini o‘zgartiradi, demakki, uning qarshisida yangidan yangi muammolarni paydo qiladi.
|