|
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek
|
bet | 87/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulCharlz Dikkens (1812–1870) Angliya janubida dengiz xizmatchi- si oilasida tug‘ildi. Yoshligida boshidan juda katta qiyinchiliklarni o‘tkazdi, yaxshi bilim ola olmadi. O‘zining mashaqqatlarga to‘la yo- shligini keyinchalik yozgan «David Kopperfild» va «Mitti Dorrit» romanlarida hikoya qilib bergan.
Dikkensning dunyoqarashi va estetik qarashlari XIX asrning 30-yillarda shakllandi. U chartistlar harakati tarafdori bo‘lmasada, ijodida ishchilar sinfi va ezilgan xalq holatiga achinish kayfiyatini kuzatish mumkin.
Charlz Dikkens jahon adabiyotiga yumor va satiraning ajoyib ustasi sifatida kirgan.
Uning ijodini 4 ta davrga bo‘lish mumkin:
1883–41-yillarda – asosan yumoristik asarlarini yaratdi: “Biz ocherklari” “Pikvik” klubining maktublari”, “Oliver Tvist”;
“Dombi va o‘g‘li”, “Martin Uezlvit”;
1849–59-yillar – hajviy asarlar yaratdi: “Devid Kopperfild”, “Sovuq uy”, ”Mudhish zamonlar”, “Mitti Dorrit”;
1860–70-yillar Dikkens qarashlarida umidsizlik kayfiyati us- tunlik qilgan. “Ikki shahar haqida qissa”, “Katta umidlar”, “Bizning umumiy do‘stimiz”.
Birinchi chop etilgan asari “Biz ocherklari”( 1836) hikoya va ocherklar to‘plamida muxbir bo‘lib ishlagan davridagi asarlari jam- langan. Ularda London va uning aholisi hayotining turli jihatlari ochib berilgan.
1836–37-yillarda yozilgan birinchi romani “Pikvik klubining maktublari” asari chop etilgach, yozuvchi juda mashhur bo‘lib ket- adi.
40-yillar ijodining eng yaxshi asari «Dombi va o‘g‘li» (1848) ro- mani bo‘lib, asar markazida yirik kapitalist savdogar Dombi turadi. U o‘z korxonasining boyishi, rivojlanishidan bo‘lak hech narsani tan olmaydi. O‘g‘li tug‘ilganda farzand ko‘rgani uchun emas, balki ko- rxona ishlarini davom ettiruvchi merosxo‘r tug‘ilganidan quvonadi. O‘g‘li 6 yoshda vafot etadi. Birinchi xotini o‘lgach, u Edit ismli ayolga uylanadi. Dombining odamlar bilan aloqasi savdo-sotiq mu- nosabatlarini eslatadi (o‘ziga xotin sotib oladi. Editga uyni bezab tu- ruvchi buyum sifatida qaraydi). Edit ish boshqaruvchi Karker bilan korxona pullarini o‘g‘irlab qochadi. Shundan so‘ng u qizi Florensini ham uyidan haydab chiqaradi. Qiz kambag‘al yigit Uolterga tur- mushga chiqadi. Bularning barchasi Dombi oilasining inqirozga yuz tutishiga olib keladi. Asar oxirida Dombi o‘zgarib, kuyovi, qizi bilan gaplashadigan, nabirasi Polni sevuvchi kishi sifatida tasvirlangan.
Charlz Dikkensning asarlari ingliz jamiyatining barcha tabaqa- larida birdek sevib o‘qilgani bejiz emas. Chunki yozuvchi barchaga yaxshi tanish bo‘lgan narsalar: maishiy turmush, janjalkash xotin- lar, qimorbozlar va qarzdorlar, yosh bolalarga zulm qiluvchilar, o‘z to‘rlariga go‘l erkaklarni ilashtiruvchi ayyor va uddaburon tul xotin- lar haqida yozdi.
50-yilarda Dikkensning ta’lim sohasi va kambag‘allarga yordam berish tizimidagi islohotlar bilan bog‘liq ijtimoiy qarashlari shak- llandi. Do‘stlariga yozgan maktublarida u kambag‘allar uchun yak-
shanba maktablari ochishga erishmoqchiligi haqida yozdi, ularni ochilishini o‘zi nazorat qildi va Bulver-Litton bilan birgalikda yosh yozuvchilarga yordam berdi. Bu davrda u o‘zining eng yaxshi, o‘ziga xos trilogiyani tashkil qilgan – “Sovuq uy”, “Mudhish zamonlar”, “Mitti Dorrit” ijtimoiy romanlarini chop ettirdi.
Dikkens tirikligidayoq shuhrat cho‘qqisiga ko‘tarildi. Yozuvchi Engus Uilson u haqida: “Dikkensning abadiy merosi – romanlarin- ing hayotbaxsh va betakror dunyosi bo‘lib, u Dostoevskiy va Dode, Gissing va Shou, Prust va Kafka kabi bir-biriga o‘xshamas yozu- vchilarga ilhom baxsh etgan”, – degan edi.
Charlz Dikkensning qahramonlari na fabulasi va na muallifning niyat-maqsadlariga bo‘ysunmagan holda, o‘zlarining mustaqil hay- oti bilan yashaydi. Ular tarixan ham aniq – ularda davrning milliy va o‘ziga xos xususiyatlari aks etgan. Shu bilan birga ular mangu yosh, mangu yangi, umuminsoniy, barcha tomondan birdek qabul qilingan.
|
| |