O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet83/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Fransuz realizm adabiyoti


Fransuz realizmining shakllanishi mamlakatdagi muhim siyosiy voqealar bilan chambarchas bog‘liq. Ayniqsa, 1830-yilning iyul oy- ida sodir bo‘lgan inqilob, 1831–34-yillardagi qo‘zg‘alonning ta’siri


katta bo‘ldi. Chunki bu tarixiy voqealar Fransiyaning siyosiy hayo- tidagi ulkan burilishlarga turtki bo‘lib, qirol Lui Filipp monarxiya- sini inqiroz holatga olib keldi.
1830–31-yillarda matbuotning nufuzi beqiyos darajada oshdiki, gazetalarda professional jurnalistlardan tortib talaba, etikdo‘zgacha o‘z maqolalari bilan ishtirok etdilar.
Fransuz adabiyotida tanqidiy realizm F.Stendalning “Qizil va qora” va “Parma ibodatxonasi” romanlari, Balzakning “Gorio ota”, “Gobsek”, “Yevgeniya Grande” asarlari, P.Merime novellalaridagi real voqelikka tanqidiy munosabatida ifodalanadi. Fransuz adabiy- otida realizmning hukmronlik davrini ikki bosqichga bo‘lish mum- kin: 1) Realizmning paydo bo‘lishi va tan olinishi (20-yillarning oxiri va 40-yillar) Beranje, Merime, Stendal, Balzak. 2) XIX asrn- ing 50–70-yillar realizmi (1848-yildan keyingi adabiyot), Stendal va Balzak realizmining merosxo‘ri va E.Zolya “naturalistik realizm” maktabining o‘tmishdoshi G.Flober nomi bilan bog‘liq. Fransuz realizmining gullab-yashnagan davri 30–40-yillarga to‘g‘ri keladi, ayni shu yillarda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yozuvchilar o‘zlarining salmoqli asarlarini yaratdilar. Yozuvchining jamiyatdagi o‘rni haq- ida O.Balzak “Insoniyat komediyasi”da “Fransuz jamiyati o‘ziga- o‘zi tarixchidir. Men esa uning tarixini tasvirlovchi oddiy kotib- man”, – deb yozgan edi. Ta’kidlash joizki, XIX asrning ikkinchi yarmigacha “romantizm” va “realizm” terminlari o‘rtasida ajralish bo‘lmagan, realistlar – romantiklar deb atalgan. Faqat Stendal va Balzakning o‘limidan keyin 1857-yili Shanfleri hamda Dyurantilar maxsus deklaratsiyalarida “realizm” terminini taklif qildilar.
Fransuz realizmining tarixi Beranjening qo‘shiqqa oid ijodi bi- lan boshlanadi va bu tamoman tabiiy hamda ob’ektiv qonuniyatlar- ga asoslangan. Chunki, adabiyotning kichik janri bo‘lgan qo‘shiq, o‘z zamonining barcha diqqatga sazovor hodisalariga o‘z vaqtida va shiddatli javob qaytaradi. Realizmning shakllanish davrida u bi- rinchilikni ijtimoiy romanga bo‘shatadi. O‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan aynan shu janr, yozuvchiga voqelikni keng tasvirlash
va chuqur tahlil qilish uchun katta imkoniyatlarni yaratgani uchun, Stendal va Balzak o‘zlarining asosiy ijodiy vazifasi – o‘z ijodlarida Fransiyaning tirik siymosini to‘laqonli aks ettira oldilar. Bu davrda novella janrining tengsiz namoyandasi P.Merimening hikoyalari ro- mandan keyingi o‘rinni egalladi.
Adabiy taxallusi Stendal bo‘lgan Anri Mari Beyl(1783–1842) ning ijodi nafaqat fransuz, balki, Ovrupa adabiyotida ham yangi davrni boshlab berdi. 1820-yillarning birinchi yarmida aynan Sten- dal realizmni shakllantirishga asos bo‘lgan muhim qoidalarni naz- ariy jihatdan ishlab chiqdi va tez orada o‘zining ajoyib badiiy dur- donalarida hayotga tatbiq qildi. Bo‘lajak adib Fransiyaning janubida joylashgan Grenobl shahrida advokat oilasida tug‘ildi. Uning tarbi- yasiga bobosi Anri Ganonning ta’siri samarali bo‘ldi, u o‘z davrining ma’lumotli kishisi bo‘lib, nevarasini kitob o‘qishga qiziqtira oldi. 1800-yili 17 yoshli Stendal Napoleon qo‘shinlari safiga kirdi va bir qancha harbiy yurishlarda ishtirok etdi. Napoleon qulashi va Bur- bonlar qaytgandan so‘ng, u Italiyaga ketishga majbur bo‘ldi. Sten- dal 1799-yili Grenobl Markaziy maktabini muvaffaqiyatli tamoml- agach, Parijdagi nafis san’at maktabiga o‘qishga kirdi va shu yerda o‘zining ilk asarlaridan biri “Selmur” komediyasini yozdi. 1800-yil- ning boshlarida u harbiy xizmatga kirib, Napoleon armiyasi bilan Italiyaga boradi, keyingi yili iste’foga chiqib, “Moler kabi shon- shuhratga erishish uchun” Parijga qaytadi. Asosan, poytaxtda o‘tgan 1802–1805-yillar bo‘lajak yozuvchi dunyoqarashininng kengayishi va estetik qarashlarining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etgan “ta’lim olish” yillari bo‘ldi. Uning bu yillarda yuritgan kundaliklari, yozishmalari va dramatik tajribalari – qizg‘in aqliy, ma’naviy hayo- tidan dalolat beradi. 1806-yili Stendal yana harbiy xizmatga qaytadi va bu safar uning xizmati sakkiz yil davom etadi. Bu yillar unga boy hayotiy tajriba to‘plash imkonini bergan yangi davrni boshlab berdi. Kitoblardan olingan bilimlari real voqelikda tekshirildi va an- iqlashtirildi. 1805-yildan Napoleon to‘xtovsiz urushlar olib boradi va Stendal harbiy harakatlarda qatnashadi. Ayni shu shaxsiy tajriba
keyinchalik “Parma ibodatxonasi” romanida tasvirlangan, Balzak va L.Tolstoylarni hayratlantirgan Vaterloo yaqinidagi jang tasviri sah- nasini yaratishda qo‘l keldi.
1814-yili Stendal Italiyaga ketadi va u yerda yetti yil yashaydi. 1815-yili uning ilk kitoblari “Gaydn, Motsart va Metastaziolarning tarjimai holi” (Lui-Aleksandr-Sezar Bombe taxallusi bilan), “Italiya tasviriy san’ati tarixi” (1817) (M.B.A.A. taxallusi ostida), “Rim, Ne- apol va Florensiya” ocherklari (1817) (Kavaleriya zobiti baron de Stendal taxallusi ostida) nashrdan chiqdi.
1820-yillarda u Parijga qaytib kelib, “Rossinining hayoti” (1823), “Rim, Neapol va Florensiya” (1826, yangi nashri), “Rim bo‘ylab sayr” (1829) kitoblarini chiqardi, ingliz matbuotida Fransiyaning hayoti haqida ko‘plab maqolalar e’lon qildi. 20-yillarning ikkinchi yarmida yozuvchining badiiy dasturiga aylangan “Rasin va Shek- spir” adabiy risolasi ikki marta (1823; 1825) nashr ettirildi. Bunda ikki buyuk tragik shoir ijodi batafsil tahlil qilinib, san’atkor jamiyat- ni o‘z ortidan ergashtira olsagina, o‘z vazifasini uddalagan bo‘ladi, deb xulosalanadi. Risola o‘z ma’nosiga ko‘ra realizm manifesti hi- soblansa ham, Stendal o‘zini romantik deb hisoblagan. «Romantizm san’atning barcha turlarida ham – qahramonlik davri odamlarini (bi- zdan yiroq bo‘lgan va balki butunlay bo‘lmagan) tasvirlash emas, balki zamonamiz kishilarini tasvirlashdir» – deyiladi risolada.
Stendalning ilk romani “Armans” (1827) bo‘lib, asarda markiza de Bonnivening kambag‘al jiyani rus qizi Armans Zoilova va boy zodagonlar farzandi bo‘lgan Oktav de Maliverlarning fojiaviy sev- gisi haqida hikoya qilinadi.
Yozuvchi 20-yillarda «Vanina Vanini» novellasini yozadi. Bunda italyan karbonariylarining inqilobiy harakatlari tarixidan bir lavha berilgan. Asar qahramoni – maxfiy tashkilotning rahbari yosh kar- bonar Petro Missirilli. Kunlarning birida politsiya ta’qibidan qo- chib, zodagon qiz Vanina Vanini xonadoniga yashirinadi. Ikki yosh bir-birini sevib qoladi va qiz yigitni inqilobiy faoliyatdan ajratish, uni tamomila o‘ziga qaratib olish maqsadida maxfiy tashkilot
a’zolarini politsiyaga ma’lum qiladi. Bundan xabar topgan Petro qizni la’natlaydi, chunki u o‘z shaxsiy baxtini xalq ozodligidan us- tun qo‘ya olmaydi.
1830-yili adibning “Qizil va qora” romani yozildi. Romandagi qizil sifati “erkinlik”, “respublika” tushunchalarini anglatsa, “qora” reaksion kuchlarni anglatadi. Roman syujeti 1827-yil gazetada bosilgan sud xronikasidan olingan. Antuan Berto ismli yigit o‘zi o‘qituvchilik qilgan xonadon bekasi Mishu xonimga suiqasd qilgan va buning uchun o‘lim jazosiga hukm etilgan.
Romandagi qahramon biografiyasi zinasimon harakat sifa- tida tasvirlangan. Qahramon tarixi uning otasi – kambag‘al durad- gor xonadonidan boshlanadi. Bilimli va iqtidorli Sorelni jismoniy mehnatga unchalik uquvi yo‘q. Shuning uchun unga otasi va akalari tekinxo‘r sifatida qarashadi. Keyingi bosqich – Verper shahri meri janob de Renal turmush o‘rtog‘i Luizaga muhabbati bu xonadonni tark etishga majbur qiladi.
Keyingi qadam – Bezanson seminariyasi. Sxolostik bilim berish usuli, har qadamda talabalarni ta’qib ostiga olish, ular ketidan josu- slik qilish kabi seminariya tartiblari qahramonni qanoatlantirmaydi. Nihoyat, Jyulen Parijda yirik zodagon markaz de Lya Mol sa- royiga kotib va kutubxonachi bo‘lib ishga kiradi. Qobiliyatli yigit tez orada ko‘zga tashlanib qoladi. Markizning qizi Matilda uni se- vib qolgach, qizning otasi yigitni avvalgi ish joyidan tavsifnoma so‘raydi. Renal xonim katolik ruhoniysining tazyiqi ostida Sorelga salbiy tavsifnoma yozishga majbur bo‘dladi. Bundan g‘azablangan
Sorel Renal xonimga o‘q uzadi. Keyin esa qamoq va o‘lim jazosi.
Romanning ikkinchi sarlavhasi “XIX asr yilnomasi” deb nom- lanadi. Agar yozuvchi “Armans” romanida oqsuyaklar jamiyati- dan faqatgina bir lavhani ko‘rsatgan bo‘lsa, “Qizil va qora”da teatr maydoni bo‘lib butun Fransiya, uning asosiy ijtimoiy kuchlari xiz- mat qiladi: saroy amaldorlari(de La Molning dang‘illama hovlisi), provinsiya dvoryanlari(de Renalning uyi), ruhoniylarning yuqori va o‘rta qatlami(yepiskop Agdskiy, Bezanson diniy seminariyas-
ining ruhoniylari, abbat Shelan), burjua vakillari(Valno), mayda tadbirkorlar(qahramonning do‘sti Fuke) va dehqonlar(Sorellar xo- nadoni). Bu kuchlarning o‘zaro aloqalarini o‘rganar ekan, Stendal Fransiya ijtimoiy hayotining hayratlanarli darajada aniq manzara- sini yaratadi. Stendalning shoh asari rasmiy tanqidchilik tomonidan e’tirof etilmadi. San’at olamida faqatgina uch kishi Gete, Balzak va Pushkin asarga munosib baho berdilar.
Shundan so‘ng yozuvchi Italiyaning Chivita-Vekkiya shahriga konsul etib tayinlandi va umrining oxirigacha shu yerda yashab qoldi, faqat “ikki yoki uch kub yangi g‘oyalardan nafas olish uc- hun” Rim yoki Parijga borib turdi. 30-yillarning birinchi yarmida u o‘limidan keyin chop etilgan avtobiogafik xarakterdagi “Xud- binning xotiralari” va “Anri Bryularning hayoti” asarlari, “Lyu- sen Leven”(ikkinchi nomi “Qizil va oq”) romani ustida ishladi. 1836–1839-yillarni u uzoq muddatli xizmat ta’tili olishga erishib, vatani Fransiyada o‘tkazadi. Bu davrda uning to‘rtta qissasi “Vittori- ya Akkoramboni”, “Gersoginya di Palliano”, “Chenchi”, “Kastrolik abbatisa” bosmadan chiqdi. Ushbu asarlarning barchasi arxivlar- dan topilib, badiiy ishlov berilgan eski qo‘lyozmalar bo‘lib, ularda Uyg‘onish davrida real sodir bo‘lgan qonli va fojeaviy voqealar tas- virlangan. Ular “Vanina Vanini” bilan birgalikda Stendalning mash- hur “Italyan yilnomalari” siklini tashkil qiladi.
Rim papasi Pavel III Farnezening sharmandali sevgi mojarolari haqidagi qadimgi qo‘lyozmalardan birining mazmuni, Stendaln- ing yana bir shoh asari “Parma ibodatxonasi”(1839) romani uchun manba bo‘lib xizmat qildi. Asar hayratda qolarli darajada qisqa muddatda – atigi 53 kunda yozilgan. Bunda muallif nihoyat Italiya mavzusini – ehtiroslar, insoniy faollik, o‘z manfaatlaridan voz kyye- chish mavzusini to‘laqonli amalga oshirdi. “Parma ibodatxonasi” juda keng ekspozitsiyadan boshlanadi. Roman voqealari 1796-yilda bo‘lib o‘tadi va unda Bonapartning armiyasi avstriyaliklarning Lom- bardiyasiga olib kelgan tarixiy o‘zgarishlar haqida hikoya qilinadi. Shundan keyin Italiyaning shimoliy qismidagi konsullik va Imperiya
davridagi voqealar, yosh Fabritsio del Dongo ishtirok etgan Vater- loo jangigacha tasvirlanadi. Aynan shu boblar haqida E.Xeminguey: “Stendal urushni ko‘rdi, va Napoleon uni yozishga o‘rgatdi. U o‘sha paytda ko‘plarni o‘qitdi, biroq boshqa hech kim o‘rgana olmadi”, – deb yozgan edi.
O‘zining so‘nggi romani “Lamel”ni tugatishga ulgurmagan Stendal 1842-yilning 22-martida apopleksiya oqibatida vafot etdi. Kunlardan birida Stendal g‘amgin istehzo bilan: “Men asosiy yutuq, asarlarimni 1935-yili o‘qishlari bo‘lgan, lotareeya bileti olaman”,

  • deb ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, unga yutuqli bilet nasib qilgan ekan, hozirda Stendal jahon adabiyotining eng ko‘p o‘qiladigan yo- zuvchilari qatoridan joy olgan.


Download 0,5 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.