|
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek
|
bet | 82/135 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #242139 |
Bog'liq O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulTayanch so‘z va iboralar: realism: tanqidiy realism; F.Stendal: “Qizil va qora”; Balzak: “Insoniyat komediyasi”; P.Merime: no- vella; G.Flober: “Bovari xonim”; Ch.Dikkens: satira; U.Tekkerey;
H. Hayne.
Adabiyotda realizm tushunchasi
Borliqni, inson va uni o‘rab turgan dunyoning o‘ziga xos to- monlarini aks ettiruvchi uslub sifatida realizmni ilk bor toshlarga o‘yilgan suratlarda, antik davr asarlarida uchratishimiz mumkin. Biz Uyg‘onish davri, ma’rifatparvarlik davri realizmining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida gapirishimiz mumkin, biroq realizm adabiy oqim sifatida XIX asrning 30–40-yillariga kelibgina to‘laqonli shak- llanadi.
“Realizm” (lot. realis – mavjud, haqiqiy) – adabiyotshunoslikda realizm termini tor va keng ma’nolarda qo‘llaniladi. Keng ma’noda realizm terminining ma’nosi badiiy asar (unda tasvirlangan badi-
iy voqelik) bilan real voqelik munosabatidan kelib chiqadi. Ya’ni bu holda realizm umumestetik tushuncha bo‘lib, hayotni reallikka muvofiq tasvirlashni, hayot haqiqatini bildiradi. Har qanday badiiy asarda voqelik u yoki bu tarzda aks etishi, voqelikni hayotga mo- nand tarzda aks ettirish esa qadimdan mavjudligi e’tiborga olinsa, bu ma’nodagi realizmning ildizlari juda qadim zamonlarga taqalishi tabiiydir.
Tor ma’noda realizm hayotni haqiqatda mavjud narsa-hodisalar mohiyatiga muvofiq tarzda, voqelikda mavjud faktlarini tipiklashti- rish asosida yaratilgan badiiy obrazlar orqali aks ettirishga asoslanuv- chi ijodiy metod va ongli ravishda shu metodga tayangan adabiy yo‘nalishni bildiradi. Ushbu metod(yo‘nalish)ning maydonga chiqi- shi XIX asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Realizm metodida adabi- yotning bilish funksiyasi ustuvor ahamiyat kasb etadi, realist ijod- korlar adabiyotni olam va odamni (jumladan, o‘zini) idrok etishning muhim va samarali vositasi deb biladilar. Shunga ko‘ra, realizm ha- yotni butun murakkabligi bilan keng ko‘lamda aks ettirishga intiladi. XIX asrning o‘rtalarida maydonga chiqqan realizm metod(yo‘nalish)i sho‘ro adabiyotshunosligida tanqidiy realizm deb, sho‘ro adabiyotining metodi esa sotsialistik realizm deb yurit- ilgan. Har ikki terminning ilmiy muomalaga kirishi ham M.Gorkiy nomi bilan bog‘liqdir. Bulardan birinchisini tanqidiy deb atarkan, M.Gorkiy bu davr realistik adabiyoti namunalarining aksariyati ma- vjud burjua tuzumdagi ijtimoiy munosabatlarni teran tahlil etishi va uning insoniylikka zid mohiyatini ochib berishi hamda g‘oyaviy-
badiiy inkor qilishidan kelib chiqadi”.26
asr realizmini uning tahlil(tadqiqot)ga moyilligini (anal- itizm) hisobga olib «tanqidiy» yoki «klassik» deb ataydilar. Realizm shaxs va jamiyatni doimiy harakatda, dinamik aloqalarda aks ettira- di. Buning uchun badiiy tasvirning turli shakllaridan foydalaniladi.
Realizm adabiyoti faqat o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega
bo‘lgan holda, boshqa adabiy sistemalar “kashfiyotlaridan” ham
26 D.Quronov, Z.Mamajonov, M.Sheralieva. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – T.: “Akademnashr”, 2010.
unumli foydalanadi, ularni to‘ldiradi. Masalan, XIX asr boshlarida romantizmga xos bo‘lgan tipiklashtirishning bir qancha xususiyat- larini qabul qilsa, asr oxirida naturalizm va simvolizm yutuqlaridan foydalanadi.
Shanflyori va Dyuranti boshchiligidagi bir guruh fransuz yozu- vchilari “realizm” terminining paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ldilar. Ular XIX asrning 50-yillarida ushbu termin bilan haqqoniy, muallif munosabatisiz, borliqni aks ettirilishini atadilar.
Realistik san’at o‘z tadqiqotlarida fan kashfiyotlariga, avvalam- bor jamiyat rivoji haqidagi fanlarga tayanadi. (Masalan, XIX asrning 20–30-yillarida Angliya va Fransiyada tarix fanining rivojlanishi, buyuk ingliz iqtisodchisi Adam Smitning tannarx, jamiyatining sin- fiy sutrukturasi haqidagi tadqiqotlari va b.). Realistik dunyoqarash- ining shakllanishida dunyoviy bilimlarda erishilgan kashfiyotlar ham katta ahamiyat kasb etdi. (XVIII asr o‘rtalarida K.Linniy o‘simliklar va hayvonot dunyosining birinchi klassifikatsiyasini tuzdi, J.Byufon barcha jonzotlar umumiyligi va ular turlarining muhit almashuviga qarab o‘zgarishi, J.Kyuvening tirik organizm a’zolari orasidagi alo- qa va ularning bir-biriga ta’siri haqidagi fikrlari va b.). Fransuz adibi O.de Balzak ham «Insoniyat komediyasi» so‘zboshisida Kyuve va Sent-Ilerlarni tilga olib o‘tadi.
Realizmning umumiy qonuniyatlarini ishlab chiqqan, mil- liy xususiyatlarini shakllantirgan yozuvchilar sirasiga Fransiyada F.Stendal, O.Balzak, P.Merime, G.Flober, Sh.Bodler, P.J.Beranje; Angliyada – Ch.Dikkens, U.Tekkerey, E.Gaskell, Sh.Bronte, J.Eliot; Amerikada – U.Uitmen, G.Bicher-Stou, romantizm ko‘proq saqlanib turgan Germaniyada esa H.Hayne va Fontanelarni kiritish mumkin.
|
| |