O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet86/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Ingliz tanqidiy realizmi


XIX asrning 20–30-yillarida Bayron va Shelli, Kits va Skottlar olamdan o‘tdilar. Romantizm bor imkoniyatlarini sarf qilib bo‘lib, yangi nomlar paydo bo‘lmadi. Ingliz adabiyoti rivojlanishida roman janri strukturasining yangi xususiyatlar bilan boyishi, ingliz tanqidiy realizmining gullab-yashnagan davri XIX asr 30–40-yillarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda zabardast realist yozuvchilar (Dikkens, Tekkerey, opa-singil Brontelar, E.Gaskell va chartist shoirlari Jons va Linton- lar) ijod qiladi.


Ch.Dikkensning «Dombi va o‘g‘li», Tekkereyning «Shuhratpara- stlik bozori», Sh.Brontening «Jeyn Eyr», E.Gaskellning «Meri Bar- ton» kabi romanlari ana shu davr adabiyotining eng sara asarlaridan hisoblanadi.
XIX asr ingliz realizm adabiyotini uch davrga ajratish mumkin: Birinchi davr – 30-yillar; ikkinchi davr 40-yoki “och qirqinchi yil- lar”; uchinchisi 50–60-yillar.
30-yillarda adabiyotga yosh Dikkens va Tekkereylar kirib keldi- lar. “Oliver Tvist” va “Ketrin” romanlari bu yozuvchilarning nyugeyt romanlariga o‘ziga xos javoblari edi.
40-yillar ingliz adabiyoti rivojlanishida yangi, ikkinchi davrni boshlab berdi. Bu yillarda chartistlar harakati keng quloch yozdi, ular ishchilar hayotining, ayol mehnatkashlarning ayanchli ah- volini ko‘rsatdilar, xalqning muhtojligini, mamlakatda islohotlar o‘tkazishni talab qildilar.
Dizraeli, Kingsli, Bulver-Litton, Dikkens va Tekkerey, opa-singil Brontening ijtimoiy romanlarida asrning g‘oyalari ham, ijtimoiy ha- rakatning ahvoli ham, davrning ma’naviy tamoyillari ham o‘z ifo- dasini topdi. Ingliz romanchilarining bu ajoyib pleyadasi o‘z asar- larida nafaqat real holatni, balki jamiyatdagi qarama-qarshiliklarni ham ko‘rsatib berdilar va uning kamchiliklarini (snobizm, ortiqcha xudbinlik, shuhratparastlik) ochib tashladilar, shu bilan bir qatorda oliyjanob gumanistik ideallarni ham ilgari surdilar. Ular o‘z ijodlari bilan ifoda vositalari majmuini, hikoya qilishning realistik tizimini ramziylik va metafora, teatr elementlari, parodiyalar, satira, panto- mimalar bilan boyitdilar.

Download 0,5 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.