O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet94/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

B.Shou ijtimoiy dramalari. Bernard Shou (1856–1950) Angliya ijtimoiy dramasining otasidir. U Angliya dramaturgiyasi an’analarini, Ibsen va Chexov teatri tajribalarini davom ettirgan holda XX asr dramaturgiyasida yangi sahifani ochib berdi.
B.Shou Irlandiya poytaxti Dublinda kichik xizmatchi oilasida dunyoga keldi. 1876-yildan Londonga keldi. Hayot Shou uchun maktab vazifasini o‘tadi. U tinmay mutolaa qilish bilan o‘z bilimini kengaytirdi va 70-yillarning oxiri hamda 80-yillarda bir nechta ro- manlarni yozdi. Ijtimoiy mavzudagi ushbu asarlar badiiy jihatdan nomukammalligi vajidan shuhrat qozonmadi («Nomatlub nikoh»,
«Artistlar muhabbati», «Keshel Bayronning kasbi» va boshqalar)
Shouga dramatik asarlari katta shuhrat keltirdi. U Ibsen drama- turgiyasining asosiy mohiyatini targ‘ib qildi. Shouning Ibsen ijodi bo‘yicha o‘qigan ma’ruzalari asosida «Ibsenizmning kvint-essen- siyasi» (1891) asari dunyoga keldi. Ushbu kitob Shou ijodining dasturiga aylandi. «Ibsenizmning kvint-essensiyasi har qanday for- muladan voz kyyechishdir», deydi dramaturg. Ibsen faqat biznigina ko‘rsatib qolmaydi, u bizni, o‘zimizning holatlarimizda namoyon etadi. Uning sahna qahramonlaridagi holat bizda ham ro‘y beradi. Buning natijasida, Shou pyesalari Shekspir asarlaridan ko‘ra ko‘prok ta’sir ko‘rsatadi.
Shouning ingliz teatriga kiritgan novatorligi uning yangi tipdagi pyesa-intellektual drama yaratishi bilan xarakterlanadi. Bu tipdagi dramada intriga va jiddiy syujet emas, balki keskin munozara asosiy rol o‘ynaydi.
Shouning dramatik faoliyati 1891-yilda Londonda rejissyor To- mas Greyn tomonidan tomoshabinlarni zamonaviy dramaturgiya
bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan «Mustaqil teatr» bilan bog‘liq. Ushbu teatrda Ibsen, Chexov, Gorkiy singari dramaturglarn- ing mashhur asarlari sahnalashtirildi. B.Shou yaratgan dastlabki py- esalar «Yoqimsiz pyesalar» nomi bilan ataluvchi turkumni tashkil etadi. Bunga «Bevaning hujralari» (1892), «Sansolarlik» (1893),
«Uorren xonimning kasbi»(1893–94) pyesalari kiradi. Ularda katta boylikka ega, tinch hayot kechiruvchi, sirtdan ancha insofli va sa- lobatli ko‘rinsa ham, aslida boylik to‘plashga hirs qo‘ygan, insoniy his-tuyg‘ulardan mahrum kishilarning tipik obrazlari namoyon buladi.
«Uorren xonimning kasbi» pyesasida kambag‘al kishilarning fo- jiali hayotini ai’anaviy boylikka hirs qo‘ygan mulkdorlarning ish- larida ochiq ko‘rsatiladi. Uorren sobiq fohisha bo‘lib, ushbu «kasb» orqali anchagina boyigan ayol. U Ovrupaning katta shaharlari – Berlin, Bryussel, Budapeshtda xotin-qizlar saqlanadigan bir qancha maxsus uylarni boshqaradi. Uorren xonim o‘z opalarining qisma- tini o‘ziga ravo ko‘rmaydi. Opalarining biri 12 soatlab ishlab, oxir- oqibat, salomatligi yomonlashib hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, ik- kinchisi ham kichik chinovnikka turmushga chiqqanligiga qaramay, muhtojlikda yashab vafot etgan edi.
«Yoqimsiz pyesalar”da Shouning sahna asarini o‘qishga mo‘ljallangan pyesaga aylantirish tendensiyasi ko‘zga tashlana boshlaydi. Asarga nafaqat holatni ko‘rsatuvchi, balki qahramonlarga xarakteristika beruvchi katta-katta remarkalar kiritiladi. Shou pyesal- arining ikkinchi turkumi «Yoqimtoy pyesalar» bo‘lib, unga «Qurol va inson» (1894), «Kandida» (1895), «Taqdir bandasi» ( 1898) ko- mediyalari kiradi. Bu asarlarda satirik tasvir uslubi o‘zgaradi. «Yo- qimsiz pyesalar»da muallif ijtimoiy tuzumning jirkanch tomonlarini ochiq-oydin tasvirlagan va birinchi navbatda ijtimoiy muammolarga murojaat etgan bo‘lsa, «Yoqimtoy pyesalar»da asosiy e’tiborni axlo- qiy masalalarga qaratadi.
«Qurol va inson» pyesasida urush haqidagi soxta qarashlar, ro- mantik xayollar, shovinistlarning targ‘ibotlari ta’sirida inglizlarda tug‘ilgan urushqoqlik kayfiyatlari tanqid qilinadi.
1897–1899-yillarda 3 ta pyesadan iborat «Puritanbop pyesalar»
yaratildi.
1914–1918-yillari Shou ijodida qarama-qarshiliklar, izlanishlar davri bo‘ldi. Bu yillarda u Fabian ta’limoti, idealistik falsafasining
«hayotiy qudrat» konsepsiyasi tarafdori bo‘ldi. («Inson va komil in- son» pyesasi, 1903) 1912-yilda yaratilgan «Pigmalion» komediya- sida B.Shou demokratik qarashlari o‘z ifodasini topdi.
Birinchi jahon urushi davrida yaratilgan eng yetuk asar «Yurak- larni tilka-pora etguvchi xonadon» pyesasi bo‘lib, u 1919-yilda nashr etildi. Asarda urush arafasidagi Angliya hayotining keng manzarasi aks ettirildi. Ijtimoiy tanqid pyesada Angliya ziyolilari vakillari bo‘lgan qahramonlar ruhiy olamini chuqur tahlil qilish bi- lan uyg‘unlashib ketgan. Sobiq, dengizchi Shotoverning kema shak- lida qurilgan uyi. Angliya jamiyatining ramzi sifatida tasvirlangan bo‘lib, bu uy, bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarni kutayotgan yo‘lovchilarni yodga soladi.
Pyesada aniq, syujet chizig‘i ko‘zga tashlanmaydi. Muallifni aso- san qahramonlarning kayfiyati, atrof-olamni qanday qabul qilishlari qiziqtiradi. Ularda aniq bir maqsad, harakat va, eng asosiysi, idealn- ing o‘zi yo‘q. Shuning uchun asar finali ham ramziy xarakterga ega: urush boshlandi, dushman samolyotlari bomba tashlamoqda, kapi- tan Shotover xonadonining a’zolari uchuvchilarni jalb qilish maqsa- dida barcha xonalardagi chiroqlarni yoqib qo‘yishadi. Ellining «Bu uyga o‘t quying!»-degan xitobi qalblari majruh kishilar bilan to‘la xonadonlarda istiqomat qiluvchi barcha insonlarga tegishlidir.
20–30-yillarda yaratilgan asarlar orasida “Avliyo Janna” (1923), “Olma ortilgan arava” (1929), “Achchiq, lekin haqiqat” (1932) py- esalari alohida o‘rin tutadi. B.Shou mumtoz teatr an’analarini boyit- gan novator sifatida adabiyot tarixidan joy oldi.

Download 0,5 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.