O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet93/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Impressionizm (fr. Impression – taassurot) – san’atda rassomn- ing, san’atkorning o‘z sub’ektiv mushohadasi, his-tuyg‘u va taassur- otlarini aks ettirishga qaratilgan oqim bo‘lib, 1860–1870-yillarda bir
guruh rassomlar: K.Mone, E.Mane, E.Dega, K.Pisarro, O.Renuar, A.Sisleylar ijodida namoyon bo‘ldi. Adabiyotdagi impressionizm – bu musiqiylik, ishoralar, yarim pardalar, qalqib turgan kayfiyatlar, mubham imo-ishoralar, noaniq sharpalar poetikasidir. Taniqli rus shoiri V.Bryusov, impressionizmda o‘ziga xos “hayot yaratish” sodir bo‘ladi va bu maktabda har bir so‘zning o‘zi ham, so‘z birikmasida kelganda ham – muayyan taassurot qoldiradi, deb yozgan edi.
Ba’zan simvolizm va impressionizm stilistikasini ajratish qi- yin. Ular bir-biri bilan botiniy bog‘liq, ba’zida esa ularni ajratib bo‘lmaydi. V.Gyugo Stefan Mallarmeni impressionist shoir deb ata- gan. Impressionizmning xususiyatlarini simvolist shoirlar A.Rembo va P.Verlen, E.Zolya va ayniqsa, G. De Mopassan asarlarida uch- tarish mumkin. Impressionistik uslub A.Fransning tanqidiy maqo- lalari uchun xos, bu an’analar keyinroq A.Chexov, I.Bunin, S.Kreyn, Sh.Anderson, E.Xemingueylarning kichik prozasida kuzatiladi.
Simvolizm adabiy yo‘nalish sifatida XIX asrning 70–80-yillarida Fransiyada shakllandi. Keyinchalik Belgiya, Germaniya, Avstriya, Rossiya singari mamlakatlarda ham simvolizm maktablari paydo bo‘ldi. Simvolizm atamasining paydo bo‘lishi narsa-hodisalarni konkret nomlanishiga qaratilgan shartli ravishdagi ishorani anglatu- vchi simvol(ramz) so‘zi bilan belgilanadi.
Simvolistlar ramzni umumlashtirgan realistik yoki romantik ma’noda emas, balki yozuvchining atrof-olamga bo‘lgan sub’ektiv munosabatining talqini sifatida tushunadilar. Bu yo‘nalishning Fran- siyada P.Verlen, A.Rembo, S.Mallarme, Belgiyada M.Meterlink va E.Verxarn, Germaniyada Xauptman, Avstriyada Rilke va Gofman- stal singari vakillari bor. Simvolizm negizida Shopengauer, Nitsshe va Bergsonning idealistik falsafasi yotadi. Simvolistlarning tutgan yo‘li parnaschilarning g‘oyaviy nuqtai nazaridan kam farqlanadi. Ularda ham dekadentlarga xos kayfiyat – yolg‘izlik, umidsizlik, g‘am-g‘ussa, mavhum obrazlar hukmdor. Simvolistlar ifoda qilib bo‘lmaydigan narsalarni musiqiy ramzlar yordamida ko‘rsatishga intildilar. Ular narsa, hodisa haqida hikoya qilmaydilar, balki
imo-ishora bilan cheklanadilar. Simvolistlar she’rning musiqaviy bo‘lishiga katta e’tibor qaratishib, bu borada birmuncha yutuqlar- ga erishdilar. Masalan, shoir Pol Verlen “Kuzgi qo‘shiq” she’rida mazmunni ochishga emas, balki tovushlarning bir-biriga ohangdosh bo‘lib kelishiga erishgan. Uning “Poeziya san’ati” she’ri esa sim- volistlarning adabiy dasturiga aylandi.

Download 0,5 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.