O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet95/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Modernizm. XX asr boshlarida simvolizm o‘rnida futurizm, ekspressionizm, imajinizm, dadaizm, kubizm, abstraksionizm, sy- urrealizm singari oqimlar faoliyat ko‘rsatdi. Ular modernistik yoki avangard oqimlar deb atala boshlandi. Yangi asrning 20-yillarigacha

  • avangard adabiy maktab va oqimlarining shakllanish davri bo‘ldi. Bular qatoriga futurizm, imajizm, dadaizm, syurrealizm va boshqa oqimlar kiradi. Adabyotshunoslikda modernizm atamasi turlicha talqin etiladi. Ba’zi adabiyotshunoslar modernizm va dekadansga bir xil hodisa, deb ta’rif beradilar. Boshqa tadqiqotchilarning qa- rashlariga ko‘ra modernizm dekadansga nisbatan ancha keyingi ad- abiy hodisadir. Modernizmning dekadans bilan umumiy tomonlari bo‘lishiga qaramay, u dekadansdan keyin paydo bo‘lgan va undan ko‘p jihatdan farq qiluvchi yo‘nalishdir. Yana bir ta’rifga ko‘ra yangi davrdagi barcha avangard oqimlarni modernizm deb atash mumkin. Shunday qilib, modernizm dekadansdan keyin paydo bo‘lgan, bi- roq o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lgan jarayon. Modernistlar ko‘p to- monlari bilan dekadentlarga hamfikr ekanligini inkor etib bo‘lmaydi. Idealistik falsafaga tayanish, shaxsiyatparastlikni ulug‘lash va boshqa jihatlar ularni bir-biriga yaqinlashtirsa-da, modernchilar o‘zlarini dekadent deb atamaydilar. Aksincha, ular dekadentlik va simvolizmga qarshi kurashayotganini e’tirof etganlar. Simvolizm she’riyatiga xos bo‘lgan mavhumlik, poetikadagi tashbeh va ishora modernistlarni qanoatlantirmaydi. Ular butunlay yangi, zamonaviy, avangard san’atni yaratayotganliklarini qayd etadilar. Shuning uc- hun ham “modernizm”, “avangardizm” atamalari “dekadans” ata- masi singari vaqt o‘tishi bilan keng ma’noda qo‘llanilib, estetika, tasviriy san’at, musiqa va me’morchilik sohalariga tatbiq etila bosh-

landi.
Bir qancha modernchilar Anri Bergson(1859–1941) falsafasiga tayanadilar. Faylasuf o‘zining “Materiya va xotira”(1896), “Ijodiy evolyutsiya”(1907) asarlarida intuitizm falsafasining asosiy tamoy- illarini belgilab berdi. Unga ko‘ra intuitiv anglash his-tuyg‘ularning, mantiqiy fikrlashning ishtirokisiz ro‘y beradi. Intuitsiyani borliqdagi barcha narsani yaratgan o‘ziga xos kuch – “hayotiy intilish” boshqa- radi. Vaqt ob’ektiv borliq sifatida mavjud emas, vaqtni faqatgina sub’ektiv qabul qilish mavjud. Bergsonning fikricha, san’at intu- itiv anglashdir. Intellekt negizida intuitsiya yotadi. Yana boshqa bir
guruh modernistlarga Zigmund Freyd (1856–1939) ta’limotining
ta’siri katta bo‘ldi.

Download 0,5 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.