O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet96/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Ekspressionizm (fr.expression – ifodalash, ma’nodor qilib aniq ifodalash). Birinchi jahon urushidan sal avval Ovrupa mamlakat- larida kuzatilgan inqiroz natijasida kelib chiqqan oqim bo‘lib, ular san’atkorning vazifasi tashqi dunyo haqidagi sub’ektiv-indualistik kayfiyatlarni aniq, ta’sirli ifodalashdan iborat deb hisoblaganlar.
Ekspressionist ijodkorlarning asarlarida ijtimoiy-tanqidiy jo‘shqinlik yyyetakchilik qilgan, ular millionlab oilalarning boshiga azob-uqubatlar keltirgan jahon urushi, ijtimoiy adolatsizlik, shaxs erkinligini bo‘g‘ilishini tanqid qildilar.
Futurizm (lot.futurum – kelajak) – yyyetakchi avangard oqim- lardan biri bo‘lib, Italiya va Rossiyada rivojlandi. Uning tamoyilla- rini italiyalik yozuvchi F.Marinetti (1876–1944) shaxsiyatparastlik, isyon ruhi bilan sug‘orilgan “Futurizm manifesti” (1909)da aso- sladi. Uning tezislari orasida quyidagilar ham bor edi: “Kurashsiz go‘zallik yo‘q. Tajovuzkorliksiz durdona yo‘q”; “Biz muzeylar, ku- tubxonalarni vayron qilmoqchi, nasihatguylik, feminism (ayollarn- ing teng huquqli bo‘lishi uchun kurashish), va boshqa tubanliklarga qarshi kurashmoqchimiz”.
Marinetti texnika yangiliklari, mashinalar, motorlar kabi urbanis- tik sivilizatsiyaning ajralmas qismlarini kuylovchi “kelajakning din- amik adabiyoti” kelganini e’lon qildi. U o‘zining bir qator manifest- larida (1909–1915) futuristik stilistikaga oid asosiy talabni ishlab chiqdi, bu: an’anaviy sintaksisni tubdan o‘zgartirish va deyarli to‘liq otlardan iborat bo‘lgan, fe’l va sifatlardan esa juda kam foydalanuv- chi o‘ziga xos “telegraf tilidan” foydalanish.
“Qisqacha aytilsa, futurizm namoyandalari jamiyatdagi taraqqi- yot tendensiyalaridan kelib chiqqan holda, uning ertasini, ertangi inson va insoniy munosabatlarni o‘zlaricha tasavvur qiladilar va shunga mos adabiyotni yaratish da’vosi bilan maydonga chiqadilar. Ya’ni futurizm asrlar davomida shakllangan an’anaviy madaniyatga ilmiy-texnik taraqqiyot va urbanizatsiyalashuv davri madaniyatini
qarshi qo‘yadi. Kelajak haqidagi tasavvur esa mazkur jarayonlar bi- lan bog‘liq holda kishilar dunyoqarashi, axloqi, turmush tarzi va shu kabilarda yuz berayotgan o‘zgarishlarni mutlaqlashtirish asosida amalga oshiradi.”27
Rossiyada futurizm deyarli mustaqil shakllandi va V.Xlebnikov, D.Burlyuk, V.Kamenskiy, A.Kruchenix va V.Mayakovskiy ijodida namoyon bo‘ldi.

Download 0,5 Mb.
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.