O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek




Download 0,5 Mb.
bet97/135
Sana18.05.2024
Hajmi0,5 Mb.
#242139
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   135
Bog'liq
O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

Imajizm. 1910-yillarda ingliz-Amerika adabiyotida paydo bo‘lgan imajizm(ing. Image – obraz, qiyofa) oqimi 1917-yilga kelib o‘z faoliyatini tugatdi. AQShda imajizm “poetik Renes- sans” davrida(1912–1925) qisqa muddat gullab-yashnadi. Imajist- lar estetikasi T.E.Xyumning(1883–1917) tanqidiy maqolalari va E.Paundning(1885–1972) she’riy tajribasiga asoslandi. Imajistlar tasvirda lirik sub’ektivlik va ruhiy kechinmalardan ozod bo‘lgan an- iqlikni va “xom obrazning sof” bo‘lishini talab qildilar. Ular bir ne- cha she’riy antologiyalar chop ettirdilar hamda yangi vazn va shak- llarning, erkin tematika, qisqalik va aniqlik tarafdorlari edi. Yirik inglizzabon shoir, ulkan iqtidor sohibi Ezra Paund imajinizmning ilk davrida ularga yo‘lboshchilik qildi. 1910–1920-yillarda Ros- siyada imajizmga yaqin bo‘lgan imajinizm oqimi shakllandi. Bu oqimning eng yirik namoyondalari S.Yesenin, V.Shershenevich, A.Mariengoflar san’atni siyosiylashtirishga qarshi chiqdilar.
Ekspressionizm badiiy-g‘oyaviy oqim bo‘lib, u madaniyatning turli sohalarida(adabiyot, tasviriy san’at, teatr, musiqa, haykaltaro- shlik) namoyon bo‘ldi. U yo‘nalish sifatida Birinchi jahon urushi arafasida paydo bo‘lib, 20-yillarning o‘rtalarida adabiyot sahnasidan tushdi. Bu yo‘nalishning ko‘zga ko‘ringan vakillari sifatida I.Bexer, V.Volf, L.Rubiner, G.Kayzer, V.Gazenklever, E.Toller, L.Franklarni ko‘rsatish mumkin. Insoniy qadriyatlarni himoya qilib chiqqan ekspressionistlar militarizm va ulug‘ millatchilik g‘oyasiga qarshi chiqdilar.



27 D.Quronov, Z.Mamajonov, M.Sheralieva. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – T.: “Akademnashr”. 2010. – B.347.
Dadaizm (fr. dada – yog‘ochdan ishlangan o‘yinchoq ot, ko‘chma ma’noda bolalarga xos betartib nutq) – Birinchi jahon urushi davri- da Syurix(Shveytsariya)da paydo bo‘lib, 1920-yillar boshida tar- qab ketgan nigilistik xarakterdagi oqim. O‘z safiga T.Tsara(rumin), R.Gyulzenbek(nemis), A.Breton, L.Aragon, P.Elyuar(fransuzlar) singari ijodkorlarni birlashtirgan guruh a’zolari alogizmga tayan- gan holda, so‘zlarni ma’lum tartibda qo‘llash hisobiga real bor- liqqa o‘xshamaydigan o‘ziga xos dunyoni yaratishga harakat qildi- lar. “Dadaizm mohiyat e’tibori bilan urushga, jahon urushi keltirib chiqargan muhitga qarshi isyon edi. Ularning isyoni mavjud tartibot- larni inkor qilish, ularni ma’nisiz(absurd) deb hisoblashda, anarx- izmni bunday sharoitda eng maqbul mavqe deb bilishda namoyon bo‘ladi. Shulardan kelib chiqib, dadaizmning san’at va adabiyotdagi isyonkorlik mavqeyi belgilangan: ular badiiy ijodda irratsionalizm tarafdori bo‘lganlar, adabiy-badiiy an’analarga nisbatan nigilistik antiestetizm mavqeyini egallaganlar”28.

  1. asrning 20-yillarida Fransuz she’riyatida syurrealizm(o‘ta re- alizm) deb ataluvchi oqim vujudga keldi. Sobiq dadaistlar A.Breton, L.Aragon, P.Elyuar ushbu guruh tashkilotchilaridan edilar. O‘z faoliyatida A.Bergson va Z.Freyd falsafasiga tayangan ushbu oqim vakillari real borliqdan yuqoriga ko‘tarilishni targ‘ib qildilar. Sy- urrealistlar o‘z she’rlarida inson ongidagi o‘y-fikrlar va tasavvur- lar oqimini aks ettirishga urindilar va bu borada birmuncha nati- jalarga erishdilar. 30-yillarga kelib syurrealizm inqirozga yuz tutdi. L.Aragon, P.Elyuar singari iqtidorli yozuvchilar ushbu oqim bilan aloqani uzdilar.


Download 0,5 Mb.
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   135




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek

Download 0,5 Mb.