• M.Prust. Vaqt haqidagi doston;
  • Dekadentlik adabiyoti. Impressionizm. Simvolizm va un- ing




    Download 0,5 Mb.
    bet91/135
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #242139
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   135
    Bog'liq
    O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ul

    Dekadentlik adabiyoti. Impressionizm. Simvolizm va un- ing


    vakillari;
    1. B.Shou ijtimoiy dramalari.


    1. Modernizm. Modernizm tarixi va taraqqiyot bosqichlari, yo‘nalishlari:
    1. M.Prust. Vaqt haqidagi doston;


    2. Modernizm va Kafka ijodi;

    s) J.P.Sartr va ekzistensializm.


    1. A.Kamyu va absurd falsafasi.
    2. A.de Sent –Ekzyuperining “Kichkina shahzoda” asari.




    Tayanch so‘z va iboralar: O.Kont, I.Ten: pozitivizm falsafasi; E.Zolya: aka-uka Gonkurlar, dekadent, naturalizm, impressionizm, simvolizm, ijtimoiy drama, modernizm, F.Kafka, J.P.Sartr: ekzisten- sializm; A.Kamyu: absurd falsafasi; Sent –Ekzyuperi.


    XIX asr oxiri XX asr boshlarida bir qancha G‘arbiy Ovrupa mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yangi iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlarni boshidan o‘tkazdi. Monopolistik birlashmalar paydo bo‘la boshladi. Angliya, Fransiya, Germaniya va AQSh davlatlari Afrika, Osiyo va Tinch okeani havzasida bosqinchilik urush siyo- satini olib bordi. Moliyaviy kapital salmog‘i ortib bordi. Yyyetakchi kapitalistik davlatlar o‘rtasidagi raqobat va ziddiyatlar oxir-oqibat
    Birinchi jahon urushiga olib keldi. Shu bilan birga bu davr sinfiy ziddiyatlarning kuchayishi, ishchilar harakatining jonlanishi, kasaba uyushmalarni tashkil etishga bo‘lgan harakatlar bilan xarakterlanadi. XX asr boshlaridagi adabiy jarayonlar ham murakkab sharoitda rivojlandi. Ko‘plab G‘arb mamlakatlari adabiyotida XIX asr oxiri XX asr boshlarida tanqidiy realizm asosiy yo‘nalishlardan biri edi. Ushbu yo‘nalish taraqqiyoti mamlakatlarning o‘ziga xos rivojlanish yo‘li, milliy xususiyatlari bilan belgilanadi. Fransiya, Angliya kabi mamlakatlarda tanqidiy realizm XIX asr adabiyotidagi klassik real- izm an’analarini davom ettirgan bo‘lsa, bir qator mamlakatlar, jum- ladan, AQSh va Lotin Amerikasi adabiyotida u romantizm negizida shakllandi. Realist yozuvchilar ijodida ijtimoiy tengsizlik, mavjud tuzumni tanqid qilish va ziyolilarning jamiyatdagi o‘rni masalalari asosiy o‘ringa ko‘tarildi. Ular o‘ziga xos tasvir usullaridan unumli foydalandilar. Masalan, Haynrix Mann ijodida hajv-grotesk kuchli bo‘lsa, Marten dyu Gar, Tomas Mann asarlarida chuqur psixologik tasvir, Bernard Shou va Anatol Fransda esa kinoya, piching bo‘rtib turadi. Tanqidiy realistlar ijtimoiy-psixologik roman, ijtimoiy-psix- ologik drama, ilmiy-fantastik, ijtimoiy-utopik, tarixiy roman, drama
    janrlarida barakali ijod qildilar.
    Realistik adabiyot o‘zida yangi, murakkab unsurlarni mujassa- mlashtirdi. Siyosiy g‘oyalar T.Drayzer, E.Sinkler, B.Brext asarlari ijobiy qahramonlarining qiyofasi va badiiy tuzilmasiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan bo‘lsa, D.Dos Passos ijodida shakliy o‘zgartirishga qara- tilgan intilishlarning natijalari namoyon bo‘ldi. G.Xauptman asar- larida simvolizm, neoromantizm va realizm unsurlari uyg‘unlashib ketgan bo‘lsa, S.Sveyg, L.Feyxtvangerlarga Z.Freyd falsafasi katta ta’sir ko‘rsatdi. Ko‘plab ijodkorlar ichki monologlardan keng foy- dalana boshlagan bo‘lsa, ba’zilari bir asarda turli vaqt qatlamlarini mujassamlashtirdilar, ong oqimini qo‘lladilar.
    She’riyatda poetik lug‘atni yangilash borasida izlanishlar davom ettirildi, psixologizm yanada chuqurlashtirildi, she’rga nasr unsurla- rini olib kirish jarayoni namoyon bo‘ldi. XIX asrning 60–70-yillarida
    Fransiyada paydo bo‘lgan naturalizm (“natura” lot. – tabiat) asr oxiri va XX asrning boshlaridagi adabiy jarayonga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Naturalizm negizida Ogyust Kont, Ippolit Ten, Gerbert Spenserning pozitivizm (pozitivizm falsafasida: hamma haqiqiy, pozitiv bilimlar aniq fanlarning mahsulidir, falsafa esa bunday bilimlarni bera ol- maydi, shuning uchun uning keragi yo‘q, degan g‘oyaga asoslangan sub’ektiv idealistik oqim) falsafasi va estetikasi yotadi. Kont pozi- tivizm falsafasi yordamida fan yutuqlarini o‘rganishga, uni hamma narsadan yuqori qo‘yishga intilgan va faktlarga suyangan holda ijod- kor oldida turgan asosiy masala faqat voqealarni qayd etishdan ibo- rat, deb ko‘rsatgan. Uning “ijtimoiy hodisa insoniy hodisa sifatida, fiziologik hodisa qatoriga qo‘shilishi kerak” degan tezisi, fiziologik omilni ustun qilib qo‘yadi. Ippolit Tenning “irq, muhit va vaqt” tez- isi ham Kont ta’limotiga asoslangan. Kont pozitivizmi zamonninng tarixiy, badiiy-estetik qarashlariga, ayniqsa, naturalizm adabiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Fransiyada aka-uka Edmon (1822–1896) va Jyul (1830–1870) Gonkurlar, E.Zolya, K.Gyuisman singari vakillari bo‘lgan ushbu adabiy yo‘nalish keyinchalik Germaniya, Angliya, AQShda keng tarqaldi. Zolyaning fikricha, yozuvchi kuzatuvchi, ya’ni tajribachidir. San’atkor asosiy diqqat e’tiborini turmush qan- day bo‘lsa, uni o‘sha holatda berishga, ya’ni olim sifatida dalillarni o‘rganish va ularni tasvirlashga, ayniqsa, inson xulq-atvorini pa- tologiya bilan bog‘liq holda tadqiq etishga qaratishi kerak. Gonkur- larning “Jermini Lyaserte”, “Aka-uka Zemganno”, Zolyaning “Tu- zoq”, “Hamal” romanlarida naturalizm estetikasi o‘z amaliy ifoda- sini topdi.
    Naturalistlar tabiat qonuniyatlarini insonlar jamiyatiga tatbiq etib, insonlar va boshqa tirik organizmlar o‘rtasida hech qanday farq yo‘q, degan g‘oyani ilgari surdilar. Hayotda hamma yashash uchun kurash olib boradi, shunday ekan, hayvonlar o‘rtasidagi tabiiy tan- lash qonuniyatiga insonlar ham bo‘ysunadilar. Naturalistlar inson- ning shakllanishida muhit va irsiyatning ta’siri katta deb bilib, inson hayot oqimiga qarshi turishga ojiz, degan xulosaga keladilar. Pozi-
    tivistlar adabiyot, san’at, ijtimoiy fanlar, matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi aniq fanlardan farqlanmaydi, shuning uchun ularni o‘rganishda bir xil mezonlardan, ya’ni ilmiy uslub, tajribalardan foydalanish zarur, degan fikrda bo‘lganlar. Emil Zolya (1840–1902) adabiyotda naturalizm nazariyasini ishlab chiqdi (“Eksperimental roman”, 1879).

    Download 0,5 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   135




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dekadentlik adabiyoti. Impressionizm. Simvolizm va un- ing

    Download 0,5 Mb.