• Ularning bildirishlaricha, shunday
  • O`zbekiston Respublikasda Energetik masaladagi muammoli vaziyat




    Download 18.19 Kb.
    Sana16.05.2023
    Hajmi18.19 Kb.
    #60472
    Bog'liq
    Sharifjonov Jasurbekning elektro texnika fanidan
    Prezident Shavkat Mirziyoyev neft, Диплом лойихасини бажариш бўйича 2022 Тжичаб, LISTENING TASK 1, chala

    O`zbekiston Respublikasda Energetik masaladagi muammoli vaziyat
    Hozirgi kunda yurtimizda energiya tizimlari elektr tarmoqlari uzunligi 254,8 ming kilometrga teng. Shundan 218,4 ming kilometri 0,4-10 kV.li kuchlanishga ega past voltli taqsimlash tarmoqlaridir. Ulardan 62,4 foizining ishlatilish muddati 30 yildan oshib ketgan. Taqsimlash tarmoqlarining juda eskirib ketgani esa elektr energiyasining sezilarli darajada yo‘qotilishiga olib kelmoqda. Ya'ni ayni paytda issiqlik elektrostansiyalaridan elektr energiyasi tarmoqlariga chiqarilayotgan umumiy elektr quvvatining 20 foizi yo‘qotilayapti. Bir ko‘z o‘ngingizga keltiring: biz uchun ishlab chiqarilayotgan yorug‘lik va issiqlik manbaining beshdan bir qismi havoga uchib ketmoqda, uvol bo‘layapti.
    Aynan mana shunday kamchiliklarni bartaraf etish, nuqsonlarni yo‘qotish va isrofga yo‘l qo‘ymaslik uchun nima qilish kerak? Birinchi navbatda, iste'molchilarning elektr ta'minoti ishonchliligi va sifatini ta'minlab qo‘yish darkor. Albatta, bunda kelajakda elektr quvvatiga bo‘lgan talabning oshib borishi ham inobatga olinish shart. Xo‘sh, mutasaddilarning rejalari qanday?
    Ularning bildirishlaricha, shunday:
    - issiqlik elektr stansiyalari energiya qurilmalarini modernizatsiya qilish (40 foiz), elektr energiyasini yetkazib berish va taqsimlashga mo‘ljallangan elekt tizimlari (57 foiz), transformator punktlari (52 foiz) va nimstansiyalar (21 foiz)ni yangilash;
    - yangi generator quvvatlarini ishga tushirish (bu elektr energiyasi ishlab chiqarishni 20-40 foiz oshiradi);
    - amaldagi energiya qurilmalarini ishga layoqatli holatda saqlab turish uchun vaqti-vaqti bilan rejali ta'mirlash...
    Gap shundaki, “O‘zbekenergo” AJga o‘z mablag‘lari hisobidan ma'nan eskirgan qurilmalarni modernizatsiya qilish uchun investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, qarz mablag‘larini yopish uchun 1398,2 mlrd. so‘m kerak. Buning natijasida esa 2018 yil yakuniga kelib “O‘zbekenergo” AJda moliyaviy resurslar defitsiti 864 mlrd. so‘mni tashkil etadi.
    Ekspertlarning aytishicha, unday emas, ya'ni O‘zbekistonda elektr energiyasi uchun o‘rnatilgan tariflar yaqin va uzoq xorijdagi davlatlarga nisbatan ancha pastdir. Masalan, 1 kVt/soat elektr energiyasi narxi Qozog‘istonda 5,1 sent, Rossiyada 5,8 sent, Hindistonda 5 sent, Xitoyda 5,6 sent, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 9-14 yevrosent bo‘lgani holda yurtimizda 2,8 sentdir.
    Past tariflar qatori elektr energiyasidan nooqilona, ko‘r-ko‘rona foydalanganlik uchun iqtisodiy sanksiyalarni qo‘llash amaliyoti qonunchilikda belgilab qo‘yilmagani bebaho ne'matning iste'molchilar tomonidan huda-behuda, samarasiz ishlatilishiga olib kelayapti. Kunduzi chiroq yoqib qo‘yish, televizorning ko‘rilsa-ko‘rilmasa muntazam yoniq turishi va hokazo...
    Aholining bu boradagi dunyoqarashini qanday qilib o‘zgartirish mumkin? Nima qilinsa, iste'molchilar elektr energiyasidan tejamkorlik bilan, iqtisod qilgan holda va oqilona foydalanadi? Buning yo‘li bormi? Qalovini topsang qor ham yonadi. Qars esa ikki qo‘ldan chiqadi. Davlat va keng jamoatchilik birgalikda tariflarni belgilash tizimini qayta ko‘rib chiqishi, elektr energiyasidan foydalanishning ijtimoiy normalarisining qat'iy miqdorini xorij tajribasini inobatga olgan holda o‘rnatishi bu masalaga yagona ratsional yechimdir

    39.21-guruh talabasi


    Sharifjonov Jasurbek
    Download 18.19 Kb.




    Download 18.19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston Respublikasda Energetik masaladagi muammoli vaziyat

    Download 18.19 Kb.