|
VII. Mehnat shartnomasi boʻyicha tomonlar oʻrtasidagi nizolarni hal etish
|
bet | 5/5 | Sana | 24.12.2023 | Hajmi | 91,03 Kb. | | #127972 |
Bog'liq e9fe2e2ed5ba4e95c730d1e184a3b575VII. Mehnat shartnomasi boʻyicha tomonlar oʻrtasidagi nizolarni hal etish
51.Har bir xodim qonun hujjatlarida, mazkur Qoidalarda, Markazning boshqa ichki hujjatlarida va mehnat shartnomasida belgilangan huquqlarini qonunchilikda nazarda tutilgan vositalar va usullar orqali himoya qilishga, oʻzining huquqlari buzilgan deb hisoblaganda mustaqil ravishda yoki kasaba uyushmasi orqali ish beruvchiga murojaat qilishga haqlidir. Ushbu murojaat belgilangan tartibda koʻrib chiqilib, natijasi haqida xodimga maʼlum qilinadi.
Ish beruvchi va xodim o‘rtasida yoxud xodimlar (ularning vakillari) va ish beruvchilar (ularning vakillari) o‘rtasida mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini, mehnat shartnomasini qo‘llash masalalari bo‘yicha, shuningdek yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud mehnat shartlarini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha tartibga solinmagan kelishmovchiliklar mehnat nizolari bo‘yicha komissiylar tuzish orqali ha qilinadi.
52. Xodim mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaga o‘z huquqi buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran olti oylik muddat ichida murojaat qilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddat uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, mehnat nizolari bo‘yicha komissiya muddatni qayta tiklashi va nizoni mohiyatiga ko‘ra ko‘rib chiqishi mumkin.
Yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiqish yuzasidan murojaat etish muddatining o‘tishi yakka tartibdagi mehnat nizosini mediatsiya tartibida ko‘rib chiqish davrida to‘xtatib turiladi.
Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya kasaba uyushmasi qo‘mitasi va ish beruvchi vakillarining kelishuviga ko‘ra qaror qabul qiladi.
Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarori asoslantirilgan hamda mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga asoslangan bo‘lishi kerak.
VIII. Qayta koʻrib chiqish va oʻzgartirish kiritish tartibi
53.Mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi amaldagi normativ- huquqiy hujjatlar va huquqni qoʻllash amaliyoti, Adliya vazirligi va Markazning tamoyillari hamda talablariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda mazkur Qoidalar qayta koʻrib chiqilishi va Markaz kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda tuzatilishi lozim.
Kelishildi
|
|
Markaz Kasaba uysuhmasi qo‘mitasi raisi Sh.Mamatqulov
|
|
| |