• IV. Xodimlarga nisbatan qo‘llaniladigan imtiyozlar va jazo choralari
  • III. Markazga xodimlarni ishga qabul qilish, mehnat shartnomasini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish tartibi




    Download 91,03 Kb.
    bet2/5
    Sana24.12.2023
    Hajmi91,03 Kb.
    #127972
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    e9fe2e2ed5ba4e95c730d1e184a3b575

    III. Markazga xodimlarni ishga qabul qilish, mehnat shartnomasini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish tartibi
    7. Markazga ishga qabul qilish adliya vazirining 2020-yil 24-martdagi 68-um-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Adliya organlari va muassasalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda ular bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
    8. Markazda xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish tartibi Mehnat kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    IV. Xodimlarga nisbatan qo‘llaniladigan imtiyozlar va jazo choralari
    9. Mehnat intizomi barcha xodimlarning mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, jamoa kelishuvlariga, jamoa shartnomasiga, shuningdek ichki mehnat tartibi qoidalariga, boshqa ichki hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq belgilangan xulq-atvor qoidalariga majburiy bo‘ysunishidir.
    Ish beruvchi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq xodimlarning mehnat intizomiga rioya etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi shart.
    Mehnat intizomi normal ish uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-texnik shart-sharoitlarni yaratish, halol mehnati uchun rag‘batlantirish va mukofotlash usullari, mehnat (lavozim) majburiyatlarini buzgan xodimlarga nisbatan jazo choralarini qo‘llash orqali ta’minlanadi.

    10. Ishdan chetlashtirish xodimni mehnat majburiyatlarini, qoida tariqasida, ish haqi saqlanmagan holda bajarishga vaqtincha yo‘l qo‘ymaslikdir.


    Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimni ishdan chetlashtirishi shart:
    qonunchilikka muvofiq vakolatli davlat organlarining talabiga ko‘ra;
    alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida ishga kelganida yoki ishda bo‘lganida;
    mehnatni muhofaza qilish sohasida o‘quvdan hamda bilim va ko‘nikmalari tekshiruvdan o‘tmaganda;
    majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganda;
    xodim tomonidan mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni bajarish uchun tibbiy xulosaga muvofiq qarshi ko‘rsatmalar aniqlanganda;
    tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra to‘rt oygacha muddatga vaqtincha boshqa ishga o‘tkazishga muhtoj bo‘lgan xodimni o‘tkazish rad etilganda yoxud ish beruvchida ish mavjud emasligi munosabati bilan bunday xodimga tegishli ishni taklif etish mumkin bo‘lmaganda;
    xodim mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka yoki mehnatni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq foydalanilishi shart bo‘lgan shaxsiy va (yoki) jamoaviy himoya vositalaridan foydalanmaganda.
    Xodim karantinli va odam uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda joriy etiladigan profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda (sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatmalar mavjud bo‘lmaganda) ish beruvchi uni ishdan chetlashtirishga haqli.
    Xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan taqdirda ham, agar muayyan xodimning ishda bo‘lishi xizmat tekshiruvini o‘tkazishga xalaqit beradi deb taxmin qilish uchun asosli sabablar mavjud bo‘lsa, ish beruvchi xodimni ishdan chetlashtirishga haqli.
    Ish beruvchi xodimni ishdan chetlashtirish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilguniga qadar butun davrga uni ishdan chetlashtiradi.
    11. Ishdan chetlashtirish davrida xodimga ish haqi hisoblanmaydi, bundan ushbu bandning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
    O‘z aybisiz mehnatni muhofaza qilish sohasida o‘quvdan hamda bilim
    va ko‘nikmalari tekshiruvdan o‘tmagan yoki majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan xodim ishdan chetlashtirilgan hollarda yoxud, agar xodimga ish beruvchi tomonidan shaxsiy va (yoki) jamoaviy himoya vositalari berilmagan, shuningdek agar xodim ish beruvchi tomonidan unga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi munosabati bilan ishdan chetlashtirilgan bo‘lsa, ishdan chetlashtirilgan davr uchun xodimning o‘rtacha oylik ish haqi saqlanib qoladi.
    12. Xodimni ishdan chetlashtirish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtirilib, xodimni ishdan chetlashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan aniq sabab ko‘rsatilishi kerak.
    Ish beruvchining ishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyrug‘i ishdan chetlashtirilgan xodimga imzo qo‘ydirib (elektron shaklda) yetkaziladi. Xodimning ishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyruq bilan tanishishni rad etishi bunda hozir bo‘lgan guvohlar ko‘rsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
    Ish beruvchi xodimni ishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyruqning tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini unga xodim murojaat qilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay xodimning talabiga ko‘ra berishi shart.
    Xodimni ishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyruq bilan tanishtirish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ish beruvchi xodimga tegishli buyruq chiqarilgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida buyruqning ko‘chirma nusxasini bildirish xati bilan yuborishi shart.
    Ishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyruqda chetlashtirish amalga oshirilayotgan muddat belgilanishi kerak. Xodimni ishdan chetlashtirish davri tugaydigan aniq sanani oldindan aniqlash imkoni bo‘lmagan hollarda, qaysi hodisa boshlanishi bilan xodimni ishdan chetlashtirish muddati tugaydigan bo‘lsa, o‘sha hodisa (xodimning majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va boshqalar) ish beruvchining buyrug‘ida ko‘rsatiladi.
    Ishdan chetlashtirilgan xodim chetlashtirish muddati yoki chetlashtirish qaysi holatlar sababli amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha holatlar tamom bo‘ladigan muddat tugaganidan keyingi birinchi ish kunida ishga kirishishi shart.
    O‘zini qonunga xilof ravishda ishdan chetlashtirilgan deb hisoblovchi xodim o‘zining ishdan chetlashtirilishi ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
    13. Mehnat vazifalarini lozim boʻlgan darajada bajarganligi, mehnatda yuqori natijalarga erishganligi, uzoq vaqt davomida benuqson ishlaganligi hamda ishdagi boshqa yutuqlari uchun Markaz xodimlariga quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilishi mumkin:
    - pul mukofoti;
    - navbatdan tashqari martaba darajasini berish;
    - minnadorchilik eʼlon qilish;
    - qimmatbaho sovgʻa, esdalik yoki koʻkrak nishoni yoxud faxriy yorliq, sertifikat bilan mukofotlash.
    Xodim mehnat sohasida davlat va jamoat oldidagi alohida xizmatlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
    14. Markaz xodimlarga mehnatdagi yuksak yutuqlari, kasbiy mahorati, energiya resurslarini, materiallarni tejaganligi, oldindan belgilangan boshqa koʻrsatkichlarga erishganligi uchun ragʻbatlantiruvchi xususiyatga ega toʻlovlar mukofotlar, ish haqiga qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va boshqa toʻlovlar to‘lanishi mumkin.
    15. Markaz xodimlariga nisbatan rag‘batlantirish (mukofotlash) choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi masalani hal etish chog‘ida quyidagilar e’tiborga olinadi:
    oy, chorak, yarim yil, yil yakunlari bo‘yicha faoliyatning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini bajarganlik va oshirib bajarganlik;
    o‘ta muhim vazifalarni bajarganlik;
    zimmasiga yuklatilgan vazifaning murakkabligi va muhimligi, shuningdek uning faoliyatida erishilgan yuqori natijalari;
    bayram kunlari, yubileylar, nishonlanadigan sanalar va pensiyaga chiqish.
    8-mart Xotin-qizlar kuni, Navroʻz bayrami, Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Roʻza hayit va Qurbon hayit diniy bayramlar kuni uchun Markazning tasdiqlangan xarajatlar smetasida nazarda tutilgan miqdorda xodimlar mukofotlanadi.
    16. Markaz xodimlarini rag‘batlantirish Markaz direktorining buyrug‘iga ko‘ra amalga oshiriladi.
    Mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlar intizomiy qilmish sodir etishi natijasida intizomiy javobgarlikka tortilgan xodimlarga intizomiy jazoni amal qilish muddati ichida qo‘llanilmaydi.
    Intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to‘lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo‘llanilmaydi.
    17. Intizomiy javobgarlik xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi uchun yuzaga keladigan va ushbu xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan yuridik javobgarlikdir.
    Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishi xodimni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
    Intizomiy qilmish deganda xodim tomonidan o‘z mehnat majburiyatlarini aybli tarzda, g‘ayriqonuniy ravishda bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi (mehnat (lavozim) majburiyatlarining buzilishi) tushuniladi.
    Agar xodimning o‘z mehnat (lavozim) majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yuz bergan bo‘lsa (xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarish uchun ish beruvchi tomonidan zarur shart-sharoitlar ta’minlanmaganligi, fors-major holatlari va hokazolarda), xodimni intizomiy javobgarlikka tortishga yo‘l qo‘yilmaydi.
    18. Xizmat tekshiruvi xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi faktini, uning sodir etilishida xodimning aybini, xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni, ish beruvchiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan moddiy zararning xususiyati va miqdorini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan tekshirishdir.
    Xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun ommaviy axborot vositalarining xabarlari, xodimning bevosita rahbarining bildirgisi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilgan deb taxmin qilish uchun asos beradigan boshqa ma’lumotlar asos bo‘ladi.
    Ish beruvchi xizmat tekshiruvi o‘tkazish haqida qaror qabul qilishga haqli. Xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror tegishli buyruq bilan rasmiylashtiriladi. O‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladigan xodim ish beruvchining xizmat tekshiruvi o‘tkazish haqidagi buyrug‘i hamda xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha komissiya tarkibi bilan imzo qo‘ydirib tanishtirilishi kerak.
    19. Xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun ish beruvchining buyrug‘i bilan xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha komissiya tuziladi (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi).
    Komissiya kamida uch nafar a’zodan iborat bo‘lishi kerak, ularning bir nafari komissiyaning raisi bo‘ladi. Komissiya tarkibiga tashkilotda mavjud bo‘lgan taqdirda kasaba uyushmasi qo‘mitasining a’zosi kiradi. Komissiya raisi komissiya ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi. Uning o‘tkazilayotgan xizmat tekshiruvi doirasidagi qonuniy talablari komissiya a’zolari tomonidan bajarilishi majburiydir. Komissiya raisi xizmat tekshiruvini tashkil etish, tayyorlash va o‘tkazish sifati, uning natijalari, xulosalari va takliflarining xolisligi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
    Komissiya tarkibiga quyidagi shaxslarning kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
    xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan mansabdor shaxs;
    harakatlari tekshirilishi zarur bo‘lgan xodimlar bo‘ysunuvidagi xodimlar;
    o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodim bilan qarindoshlik aloqalarida bo‘lgan shaxslar;
    xizmat tekshiruvi natijalaridan bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar, shu jumladan xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishiga yoki intizomiy qilmishning yashirilishiga daxldor ekanligi to‘g‘risida asoslangan gumonlar mavjud bo‘lgan shaxslar;
    murojaati xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan shaxslar;
    o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodimlar.
    Xizmat tekshiruvini o‘tkazishga maxsus bilimlar sohasida maslahat olish uchun shartnoma asosida ekspertlar sifatida mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
    20. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
    o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodimlarga yozma shaklda tushuntirishlar taqdim etishni, shuningdek xizmat tekshiruvi masalalarining mohiyati yuzasidan boshqa axborotni ma’lum qilishni taklif etish;
    xizmat tekshiruvi jarayonida aniqlanishi kerak bo‘lgan holatlar haqida biror-bir ma’lumotdan xabardor bo‘lishi mumkin bo‘lgan xodimlarga ular yuzasidan yozma tushuntirishlar berishni taklif etish;
    agar xodimning ish joyida hozir bo‘lishi xizmat tekshiruviga xalaqit berishi mumkin deb taxmin qilish uchun asosli sabablar mavjud bo‘lsa, xizmat tekshiruvi vaqtida xodimni ishdan chetlatish to‘g‘risida ish beruvchiga takliflar kiritish;
    xizmat tekshiruvini o‘tkazish uchun muhim bo‘lgan hujjatlar bilan tanishish va zarurat bo‘lganda ularning ko‘chirma nusxalarini xizmat tekshiruvi materiallariga qo‘shib qo‘yish;
    o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodim foydalanadigan xizmat va ishlab chiqarish xonalarini, shu jumladan uning ish joyini, joy uchastkalarini, omborlarni, stollarni, javonlarni, papkalarni va maxfiy axborotni tashuvchi jism mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa predmetlarni ish beruvchining roziligi bilan ko‘zdan kechirishni amalga oshirish, shuningdek ish beruvchidagi maxfiy axborot mavjud bo‘lgan barcha jismlarni hamda ularning kelib tushishi va harakatlanishini aks ettiruvchi hisobga olish hujjatlarini (hisobga olish daftarlari va jurnallarini) ish beruvchining roziligi bilan tekshirish;
    inventarizatsiya, taftish, audit o‘tkazish haqida iltimosnoma kiritish;
    ilmiy, texnikaviy va boshqa maxsus bilimlarni talab etadigan masalalar bo‘yicha mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish to‘g‘risida iltimosnoma kiritish hamda ulardan maslahat olish.
    Komissiya qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
    Komissiya:
    o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodimning hamda xizmat tekshiruvida ishtirok etish uchun jalb qilingan boshqa shaxslarning huquq va erkinliklariga rioya etishi;
    xizmat tekshiruvi materiallarining but saqlanishini va maxfiyligini ta’minlashi, tekshiruv natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etmasligi;
    o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodimga uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
    xizmat tekshiruvi o‘tkazilishining borishi haqida ish beruvchini xabardor qilishi;
    intizomiy qilmish sodir etilganligi fakti aniqlangan taqdirda, ushbu intizomiy qilmish sodir etilgan sana va vaqtni, intizomiy qilmishni sodir etgan xodimning javobgarligi darajasi va xususiyatiga ta’sir qiladigan, uning aybini ham og‘irlashtiradigan, ham yengillashtiradigan holatlarni hujjat bilan tasdiqlashi;
    o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodimning shaxsiy, ishbilarmonlik va axloqiy sifatlarini tavsiflovchi hujjatlar va materiallarni to‘plashi;
    ilgari o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi materiallarini, shuningdek o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodim tomonidan ilgari sodir etilgan intizomiy qilmish to‘g‘risidagi axborotni o‘rganishi;
    o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodimga o‘tkazilayotgan tekshiruvga bevosita aloqador bo‘lgan masalalarning mohiyati yuzasidan tushuntirish berishni taklif qilishi, u tushuntirish berishni rad etgan taqdirda esa komissiya a’zolari tomonidan imzolanadigan tegishli dalolatnoma tuzishi;
    o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligiga guvoh bo‘lganlar xizmat tekshiruvi jarayonida aniqlangan taqdirda, ularni so‘roq qilishi;
    xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan ish beruvchiga mehnat majburiyatlarining aniqlangan va bartaraf etilishi talab qilinadigan buzilishlari haqida darhol xabar berishi;
    xodimning intizomiy qilmishni sodir etishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlashi hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan choralarni taklif qilishi;
    xizmat tekshiruvi o‘tkazishning ish beruvchi buyrug‘ida q belgilangan muddatiga rioya etishi;
    xizmat tekshiruvi natijalari to‘g‘risida dalolatnoma tayyorlashi va uni belgilangan muddatda ish beruvchiga taqdim etishi;
    o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan xodimni xizmat tekshiruvini o‘tkazish natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma bilan imzo qo‘ydirib tanishtirishi, tanishish rad etilgan yoki tanishganlik to‘g‘risida imzo qo‘yish rad etilgan taqdirda esa komissiya a’zolari tomonidan imzolanadigan tegishli dalolatnoma tuzishi shart.
    Komissiyaning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
    21. O‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodim:
    xizmat tekshiruvi nima sababli o‘tkazilayotganini bilishga;
    komissiya a’zolarini rad etish to‘g‘risida arz qilishga;
    xizmat tekshiruvi masalalari bo‘yicha yozma tushuntirishlar berishga;
    xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi davomida iltimosnomalar berishga;
    xizmat tekshiruvi materiallariga qo‘shib qo‘yish uchun hujjatlar, ashyoviy dalillar taqdim etishga;
    guvohlarni xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi davomida keyinchalik ularni so‘rovdan o‘tkazish uchun taqdim etishga;
    xizmat tekshiruvi materiallari bilan tanishishga, ulardan ko‘chirmalar, ko‘chirma nusxalar olishga;
    xizmat tekshiruvi natijalari haqidagi dalolatnoma bilan tanishishga;
    komissiyaning qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan yakka tartibdagi mehnat nizolari uchun belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqlidir.
    Xodim o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan ma’lumotni rad etish uchun xizmat tekshiruvi o‘tkazilishini talab qilishga haqlidir. Xizmat tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza ish beruvchiga yozma shaklda beriladi va u taqdim etilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.
    O‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodim o‘ziga berilgan huquqlardan vijdonan foydalanishi, xizmat tekshiruvi o‘tkazilishiga monelik qilmasligi, shu jumladan xizmat tekshiruvida ishtirok etishdan bo‘yin tovlamasligi, haqiqatni aniqlashga dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, boshqa g‘ayriqonuniy harakatlar sodir etish yo‘li bilan monelik qilmasligi shart.
    22. O‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodim ushbu Kodeks 19-bandining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda komissiya a’zosini rad etish to‘g‘risida yozma shaklda arz qilishga haqli.
    Komissiya a’zosini rad etish asoslangan bo‘lishi kerak va komissiya xizmat tekshiruvi natijalari haqida dalolatnoma qabul qilguniga qadar xizmat tekshiruvining har qanday bosqichida arz qilinishi mumkin.
    Komissiya a’zosini rad etish to‘g‘risidagi ariza xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan ish beruvchiga beriladi. Rad etish haqidagi arizaga doir qarorni xizmat tekshiruvi o‘tkazishni tayinlagan mansabdor shaxs (organ) rad etish haqidagi ariza berilgan paytdan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay qabul qilishi kerak. Ushbu qaror qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay xodim va komissiya a’zolari e’tiboriga yetkazilishi kerak.
    Ushbu Qoidalar 19-bandining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslardan biri mavjud bo‘lsa, komissiya a’zosi darhol o‘zini o‘zi rad etishi shart.
    Xodimning komissiya a’zosini rad etish to‘g‘risidagi arizasi qanoatlantirilgan taqdirda yoki ushbu komissiya a’zosi o‘zini o‘zi rad etganda ish beruvchi komissiyaning yangi a’zosini tayinlaydi.
    23. Xizmat tekshiruvini o‘tkazish muddati o‘n besh ish kunidan oshmasligi kerak.
    Xizmat tekshiruvini ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatda, obyektiv sabablarga ko‘ra tugallash mumkin bo‘lmagan alohida hollarda, ish beruvchi komissiyaning asoslantirilgan vajlari asosida xizmat tekshiruvini o‘tkazish muddatini yana o‘n besh ish kunigacha uzaytirishga haqlidir.
    Agar xodimning ish joyida hozir bo‘lishi xizmat tekshiruviga xalaqit berishi mumkin deb taxmin qilish uchun asosli sabablar mavjud bo‘lsa, ish beruvchi xodimni ishdan chetlashtirishga haqli.
    Xodimni ishdan chetlashtirish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi va buyruq o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan xodimning e’tiboriga imzo qo‘ydirib yetkaziladi. Agar xodim uni ishdan chetlashtirish to‘g‘risidagi buyruq bilan tanishishni yoki bunday buyruqqa imzo qo‘yishni rad etsa, komissiya a’zolari tegishli dalolatnoma tuzadi. Ish beruvchi xodimning talabiga ko‘ra unga ishdan chetlashtirish haqidagi buyruqning tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini u murojaat etgan kunidan e’tiboran uch kundan kechiktirmay berishi shart. Xodimni ishdan chetlashtirish muddati ushbu bandda belgilangan xizmat tekshiruvini o‘tkazish muddatidan oshib ketmasligi kerak.
    O‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligi sababli ishdan chetlashtirilgan xodimga ishdan chetlashtirishning butun davri uchun o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.
    24. Xizmat tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma tegishli qarorni qabul qilish uchun ovoz bergan komissiya a’zolari tomonidan imzolanishi kerak. Xizmat tekshiruvining natijalari haqidagi qarordan rozi bo‘lmagan komissiya a’zosi xizmat tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaga ilova qilinadigan o‘zining alohida fikrini yozma shaklda bayon etishga haqlidir.
    Xizmat tekshiruvi natijalari haqidagi dalolatnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:
    o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan xodim to‘g‘risidagi (xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, u bajarayotgan ish (egallagan lavozim), ushbu ish beruvchidagi ish staji, ilgari sodir etilgan intizomiy huquqbuzarliklar uchun intizomiy jazoning mavjudligi yoki mavjud emasligi haqidagi ma’lumotlar);
    xizmat tekshiruvini o‘tkazgan komissiya tarkibi to‘g‘risidagi;
    xizmat tekshiruvini o‘tkazish asoslari haqidagi;
    xodim intizomiy qilmish sodir etganligi faktining mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi;
    intizomiy qilmish sodir etilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlar haqidagi;
    o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan xodimning tushuntirishlarida ko‘rsatilgan vajlar to‘g‘risidagi;
    xodimning intizomiy qilmish sodir etganligi holatlari va uning oqibatlari haqidagi;
    xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun uning aybdorligini tasdiqlovchi yoki istisno etuvchi materiallar to‘g‘risidagi;
    intizomiy qilmish sodir etilganligi natijasida xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning xususiyati va miqdori haqidagi (agar shunday zarar mavjud bo‘lsa).
    Xizmat tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning yakunlovchi qismida xizmat tekshiruvi natijasida komissiya kelgan xulosalar shakllantirilgan bo‘lishi kerak. Xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi fakti tasdiqlangan taqdirda, xizmat tekshiruvi natijalari haqidagi dalolatnomada xodimni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida, xodim ish beruvchiga haqiqatdan to‘g‘ridan to‘g‘ri zarar yetkazganligi fakti aniqlangan taqdirda esa moddiy javobgarlikka ham tortish haqida ish beruvchiga yo‘llangan takliflar, shuningdek mehnat intizomini kuchaytirishga, xodimlar tomonidan intizomiy qilmishlar sodir etishga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan, profilaktika xususiyatiga ega bo‘lgan tavsiyalar mavjud bo‘lishi kerak.
    Agar xizmat tekshiruvini o‘tkazish natijasida xodimning intizomiy qilmish sodir etganligi faktining mavjud emasligi yoxud xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun aybi yo‘q ekanligi aniqlansa, xizmat tekshiruvining natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning yakunlovchi qismida xodimga nisbatan asossiz shubhalanish uchun imkon bergan sabablar yoxud xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishiga monelik qilayotgan haqiqiy sabablar ko‘rsatilishi kerak.
    Agar komissiya xizmat tekshiruvini o‘tkazish uchun xodimning sha’niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi noto‘g‘ri ma’lumotlar asos bo‘lganligini aniqlasa, xizmat tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomaning yakunlovchi qismida ushbu ma’lumotlarni rad etish haqidagi tavsiyalar bo‘lishi kerak.
    Agar xizmat tekshiruvi natijalari bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik yoxud jinoyat alomatlari aniqlansa, xizmat tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnomada tekshiruv materiallarini tegishli davlat organlariga yuborish haqidagi takliflar ko‘rsatiladi.
    Xizmat tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma komissiya to‘plagan boshqa materiallar bilan birga ish beruvchiga komissiya majlisida o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi haqida qaror qabul qilinganidan keyin uch ish kunidan kechiktirmay topshirilishi kerak.
    25. Mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi xodimga quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli:
    1) hayfsan;
    2) o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima.
    3) xodimga o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima;
    4) mehnat shartnomasini bekor qilish.
    26. Intizomiy jazo choralari ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxslar (organlar) tomonidan qo‘llaniladi.
    Ish beruvchi xodimdan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilguniga qadar yozma tushuntirishni talab qilishi, shu jumladan, agar intizomiy qilmish xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra aniqlangan bo‘lsa, talab qilishi shart. Xodimning yozma tushuntirish taqdim etishni rad etganligi intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi uchun monelik qilmaydi va hozir bo‘lgan guvohlar ko‘rsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
    Har bir intizomiy qilmish uchun faqat bitta intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin. Intizomiy jazo chorasini tanlash huquqi ish beruvchiga tegishlidir. Intizomiy jazo chorasini qo‘llashda sodir etilgan qilmishning og‘ir-yengilligi, uning sodir etilishi holatlari, xodimning avvalgi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi.
    Xodimga intizomiy jazo chorasini qo‘llash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
    Ish beruvchining xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida, xodim ishda bo‘lmagan vaqt hisobga olinmasdan, unga jazoning sabablari ko‘rsatilgan holda imzo qo‘ydirib e’lon qilinadi.
    O‘ziga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash haqidagi buyruq bilan tanishtirilmagan xodim intizomiy jazosi bo‘lmagan deb hisoblanadi.
    Xodimning o‘ziga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi buyruq bilan tanishishni rad etishi hozir bo‘lgan guvohlar ko‘rsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunday holda xodim buyruq bilan tanishtirilgan deb hisoblanadi.
    27. Intizomiy jazo intizomiy qilmish aniqlanganidan keyin darhol, biroq aniqlangan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay qo‘llaniladi, bunda xodim vaqtincha ishga layoqatsiz bo‘lgan yoki ta’tilda bo‘lgan davr hisobga olinmaydi. Xizmat tekshiruvi natijalari to‘g‘risidagi dalolatnoma komissiya tomonidan imzolangan kun xizmat tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan intizomiy qilmish aniqlangan kun deb hisoblanadi.
    Intizomiy jazo intizomiy qilmish sodir etilgan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay, taftish yoki moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yoxud auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra esa, u sodir etilgan kundan e’tiboran ikki yildan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin. Ushbu muddatlarga jinoyat ishini yuritish vaqti kiritilmaydi.
    Intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak.
    Agar intizomiy jazo qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil ichida xodimga yangi intizomiy jazo qo‘llanilmasa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. Bunda intizomiy jazo ish beruvchining buyrug‘i chiqmasidan avtomatik tarzda tugallanadi.
    Ish beruvchi intizomiy jazoni o‘z tashabbusiga ko‘ra, xodimning bevosita rahbarining, kasaba uyushmasi qo‘mitasining iltimosnomasiga, shuningdek xodimning iltimosiga ko‘ra, bir yil o‘tguniga qadar muddatidan oldin olib tashlash huquqiga ega. Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
    Ushbu bandda nazarda tutilgan intizomiy jazo tugallanishi va olib tashlash qoidalari ish beruvchining tashabbusi bilan Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlariga muvofiq mehnat shartnomasi bekor qilingan holda qo‘llanilmaydi.
    28. Mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi mumkin boʻlgan bir marta qoʻpol buzishlarga quyidagilar kiradi:
    ijro intizomini buzish (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, Farmonlari, farmoyishlari va topshiriqlarida, Xukumat qarorlari va farmoyishlari, Adliya vazirligi hayʼatining qarorlari, adliya vazirining buyruqlari va koʻrsatmalari, Markaz direktorining buyruqlari va koʻrsatmalarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda taʼminlamaganlik);
    ishga uzrli sabablarsiz kelmaslik (ishda uzrli sabablarsiz ish kuni mobaynida uzluksiz yoki ishda boʻlmagan vaqtni jamlab hisoblaganda 3 (uch) soatdan koʻproq vaqt boʻlmaganlik);
    alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi taʼsirida yoki oʻzgacha tarzda mastlik holatida kelish;
    Markazning mol-mulkiga zarar yetkazish yoki uni oʻgʻirlash;
    xodim tomonidan mansab (xizmat) vazifasini (vakolatini) suist’emol qilishi (lavozimi boʻyicha berilgan vakolatlardan xizmat manfaatlariga zid ravishda foydalanish) va gʻayriahloqiy koʻrinishdagi, adliya organi xodimi degan nomga dogʻ tushiruvchi xatti-harakatlarni sodir etish;
    Markaz xodimlarining, shu jumladan, oʻzining hayoti yoki sogʻligʻiga xavf tugʻdiradigan tarzda texnika xavfsizligi, sanitariya qoidalarini qoʻpol ravishda buzish;
    adliya vazirining 2020-yil 24-martdagi 68-um-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Adliya organlari va muassasalari xodimlari tomonidan vazifalarni bajarishda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablarini qoʻpol ravishda buzish. Yaʼni, xodim:
    uni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga koʻndirish maqsadida biror-bir shaxs oʻziga murojaat etganligiga doir barcha hollar toʻgʻrisida, shuningdek davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga oʻxshash huquqbuzarliklarning oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan har qanday faktlari haqida oʻz rahbarlarini, Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimini, Markaz Kadrlar va ish yuritish-ijro intizomi boʻlimini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etmasligi;
    oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda yoki jismoniy va yuridik shaxslardan ularning manfaatlarini koʻzlagan holda muayyan harakatni bajarishi yoki bajarmasligi evaziga bevosita oʻzi yoki vositachi orqali pul, qimmatli qogʻozlar, moddiy boyliklar, sovgʻalar, ssudalar, mulkiy mohiyatga molik boʻlgan xizmatlar olishi;
    boʻysunuvidagi xodimning noqonuniy qarorlar qabul qilish yoki korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etishga majbur etishi;
    xizmat koʻrsatilishi uchun fuqarolarga belgilangan toʻlovlardan mansabidan foydalangan holda ozod boʻlish orqali mulkiy foyda olishi yoki boshqacha tarzda imtiyozlarga ega boʻlishga qaratilgan harakatga yoʻl qoʻyishi;
    boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar, shu jumladan mansab yoki xizmat mavqeini suiisteʼmol qilish bilan bogʻliq hamda korrupsiyaning kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan holatlar toʻgʻrisida tegishli tarkibiy boʻlinma rahbariga xabar bermasligi;
    vazirlik tomonidan oʻtkazilayotgan oʻrganish (tekshirish) guruhi rahbari oʻrganishda (tekshirishda) qatnashayotgan xodimlar tomonidan mansab vakolatini suiisteʼmol qilish bilan bogʻliq xabar kelib tushgan taqdirda, bu haqda yuqori turuvchi mansabdor shaxsga yetkazmasa hamda salbiy oqibatlar kelib chiqishining oldini olish choralarini koʻrmasa;
    xodimninng ongli ravishda adliya vazirining 2020-yil 24-fevraldagi 43-um-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qasddan yashirishi yoki oʻz vaqtida toʻliq oshkor qilmasligi natijasida xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmasligiga olib kelsa yoki adliya organlari va muassasalarining qonuniy manfaatlari buzilsa.
    29. Ish beruvchi tomonidan mazkur Qoidalarning 28-bandida koʻrsatilgan asoslarga koʻra xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini vazirlik Kasaba uyushmasining roziligini olmasdan bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, tashkilotning butunlay tugatilishi holati bundan mustasno.
    Kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga roziligi masalasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxsning yozma taqdimnomasi olingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda ish beruvchiga xabar qilishi kerak. Agar ko‘rsatilgan muddat tugaganidan keyin kasaba uyushmasi qo‘mitasi qabul qilingan qaror haqida xabar qilmasa, ish beruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda kasaba uyushmasi qo‘mitasining roziligisiz bekor qilishga haqli.
    Ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir.
    30. Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplashi shart:
    xodim mehnat qilish imkoniyatidan g‘ayriqonuniy ravishda mahrum qilinganda;
    xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga ziyon yetkazilganda;
    xodimga ish haqi to‘lash va unga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlar kechiktirilganda;
    xodimning mol-mulkiga ziyon yetkazilganda.
    Agar ish beruvchining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) bilan xodimga jismoniy yoki ma’naviy azob yetkazilgan bo‘lsa, xodimga yetkazilgan ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi lozim.
    Xodim ish beruvchiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazilgan haqiqiy zararning o‘rnini qoplashi shart.
    Olinmagan daromadlar (boy berilgan foyda) xodimdan undirilmaydi.
    To‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazilgan haqiqiy zarar deganda ish beruvchining mavjud mol-mulki (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchidagi mol-mulki, agar ish beruvchi mazkur mol-mulkni but saqlanishi uchun javobgar bo‘lsa) amalda kamayganligi yoki yomon holatga kelganligi, shuningdek ish beruvchi uchun mol-mulkni sotib olish, tiklash yoxud xodim tomonidan uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun ortiqcha xarajatlar qilish va to‘lovlarni amalga oshirish zarurati tushuniladi.
    31. Zarar uni bartaraf etib bo‘lmaydigan kuch, oqlangan xo‘jalik tavakkalchiligi, oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofaa yoxud ish beruvchining xodimga ishonib topshirilgan mol-mulkni saqlash uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha majburiyatini bajarmaganligi oqibatida yuzaga kelgan hollarda xodimning moddiy javobgarligi istisno etiladi.
    Oqlangan xo‘jalik tavakkalchiligi deganda qo‘yilgan maqsadga boshqacha tarzda erishish mumkin bo‘lmaganda, xodimning o‘z zimmasiga yuklatilgan lavozim majburiyatlarini lozim darajada bajargan, muayyan darajada g‘amxo‘rlik ko‘rsatgan va ehtiyotkorlik qilgan, zararni bartaraf etish choralarini ko‘rgan holda hamda xo‘jalik tavakkalchiligining obyekti odamlarning hayoti va sog‘lig‘idan emas, balki moddiy boyliklardan iborat bo‘lgan hollarda zamonaviy bilim va tajribaga
    Ish beruvchi moddiy zarar yetkazilgan aniq sharoitlarni hisobga olgan holda zararni aybdor xodimdan to‘liq yoki qisman undirishdan voz kechish huquqiga ega. Tashkilot mulkdori ish beruvchining mazkur huquqini qonunchilikda, shuningdek tashkilotning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda cheklashi mumkin.muvofiq qilgan harakatlari tushuniladi.
    32. Xodimning to‘liq moddiy javobgarligi uning ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy zararning o‘rnini to‘liq miqdorda qoplash majburiyatidan iboratdir.
    Yetkazilgan zarar uchun to‘liq miqdordagi moddiy javobgarlik ushbu Qoidalarda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollardagina xodimning zimmasiga yuklatilishi mumkin.
    O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar faqat qasddan yetkazilgan zarar uchun, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida yetkazilgan zarar uchun, shuningdek jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish natijasida yetkazilgan zarar uchun to‘liq moddiy javobgar bo‘ladi.
    33. Yetkazilgan zarar uchun to‘liq miqdordagi moddiy javobgarlik quyidagi hollarda xodimning zimmasiga yuklatiladi:
    1) to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida o‘ziga ishonib topshirilgan qimmatliklarning kamomadida;
    2) xodim tomonidan bir martalik hujjat (tovar-moddiy qimmatliklarni olish ishonchnomasi, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va hokazolar) bo‘yicha olingan boyliklarning but saqlanishi ta’minlanmaganda;
    3) qasddan zarar yetkazilganda;
    4) alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida zarar yetkazilganda;
    5) xodimning sud tomonidan aniqlangan jinoiy harakatlari natijasida zarar yetkazilganda;
    6) ma’muriy huquqbuzarlik natijasida zarar yetkazilganda, agar bu tegishli davlat organi yoki sud tomonidan aniqlangan bo‘lsa;
    7) davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni (tijorat, xizmat sirini yoki boshqa sirlarni) tashkil etuvchi ma’lumotlar oshkor qilinganda;
    8) xodim mehnat majburiyatlarini bajarmagan taqdirda zarar yetkazilganda.
    To‘liq moddiy javobgarlik ushbu Qoidalarda yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan o‘zga hollarda ham xodimning zimmasiga yuklatilishi mumkin.



    Download 91,03 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 91,03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III. Markazga xodimlarni ishga qabul qilish, mehnat shartnomasini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish tartibi

    Download 91,03 Kb.