|
Ii yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarga sharh
|
bet | 1/21 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 139,61 Kb. | | #133434 |
Bog'liq yo\'l xo\'jaligi bitgani
MAVZU: YO‘L XO‘JALIGI MILLIY IQTISODIYOTNING ASOSIY INFRATUZILMASINING QISMI.
REJA:
Kirish.
Asosiy qism.
II.1. Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarga sharh. II.3. Avtomobil yo‘llarini saqlash, ta’mirlash tizimi. II.4. Avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va qurish ishlariga yo‘naltirilayotgan mablag’lardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
KIRISH
Zamonaviy iqtisodiy infratuzilmaning eng muhim vazifasi jamiyatning barcha sohalarining bir maromda ishlashini ta’minlash , ishlab chiqarish va umuman iqtisodiyotni rivojlantirish uchun shart- sharoitlar yaratishdan iborat. Shu bois bizga transport,ayniqsa,yo’l transporti O’zbekiston sanoat va ijtimoiy infratuzilmasining asosiy tarkibiy qismi vazifasini o‘taydi.Hozirgi kunda O‘zbekiston ulkan transport salohiyatiga ega bo‘lib,mavjud yo‘nalishlarda transportning barcha turlarida yuklar va yo‘lovchilarni tashishda mamlakatning ehtiyojlarini qondirish uchun imkoniyatlarga ega.2021-yil 1- oktabr holatiga ko‘ra,transport sohasida qariyb 18 723 ta korxona va tashkilotlar jalb qilingan.O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ularning soni 1 947 birlikka ko‘paydi,o‘sish 11,6 ni tashkil etdi. Shu bilan birga, temir yo‘l transporti yuk aylanmasi hajmi 18 702,3 mln.ni tashkil etib,o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 958,6 mln.t-km.ga yoki 5,4% ga o‘sish kuzatildi.Mamlakatning savdo aloqalari ko‘p jihatdan qo‘shni mamlakatlarning rivojlanish darajasi,tranzit imkoniyatlari va ochiqligi, eng muhimi,siyosiy irodaga bog‘liqdir.O‘zbekistonda bu masalaga alohida ahamiyat berilmoqda.O‘tgan davr davomida zamonaviy yo‘l-transport infratuzilmasini shakllantirish,jahon bozorlariga yangi yo‘nalishlar ochish, mamalakatimizni dunyoning boshqa mintaqalar bilan bog‘lovchi zamonaviy transport kommunikatsiyalarni yaratish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Rivojlantirish,yangi bosqichida maqsadli transport ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va uzoq muddatda raqobatdoshligini saqlash haqida o‘ylash,kompaniyaning ish jarayonlarini uzluksiz va har tomonlama optimallashtirish,boshqaruv tamoyillari takomillashtirish hisoblanadi.Transport ishlab chiqarishning talab darajasida sifatini ta‘minlash uchun me‘yoriy huquqiy ba‘zani shakllantirish biznes-jarayonlar samaradorligini oshirish yo‘lidagi birinchi qadamdir.Kompaniyaning strategik maqsadlari,uning vazifasi,sifatini boshqarish,resurslar,ishlab chiqarish texnologiyalarni joriy etish,iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishni koorpirativ boshqarish sohasidagi faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy maqsad va vositalarni belgilovchi hujjatlardan biri.So’nggi yillarda yo‘lga bo‘lgan talablar oshmoqda.Yo‘llarga bo‘lgan e‘tibor nafaqat iqtisodiyot o‘sishi balki insonlarning uzog‘ini yaqin qiluvchi unumdorlik xususiyatlarini ham belgilab bermoqda.Yo‘llar inson hayoti bilann alohida chambarchas bog‘liqlikda o‘z ifodasini topmoqda.Yo‘llar insonning og‘irini yengil,uzog‘ini yaqin qilishi uchun muhim rol tutmoqda.Avtomobillar rivojlanishi bilan yo‘l qurish me‘yorlari va qoidalari ham o‘zgarib bordi.Birinchi texnik shartlar 1931-yilda keyingisi esa 1934-yilda chiqdi.1938-yilda esa “Ko‘prik va yo‘llar qurish texnik shartlari”tasdiqlandi.Bundan ko‘rinib turibdiki,yo‘llar inson hayotida muhim ahamiyat kasb etishi,ularning rivojlanish istiqbollarida yo‘lga bo‘lgan ehtiyoj ortib borishidan dalolat beradi.Mamlakatning tashqi va ichki aloqalarini,xalq xo‘jaligining iqtisodiy sohalarini rivojlanishi bilan yo‘lga bo‘lgan talablar aloqa yo‘llarining rivojlanishiga bog‘liq.Aloqa yo‘llari qisman insoniyat tarixi ya‘ni,so‘qmoqlardan iborat bo‘lgan.Yo‘l qurilishi ko‘p yillik tarixga ega.Yo‘l konstruksiyalari va ularni qurish usullari insoniyat tarixida turli jabhalarda o‘zgarib kelgan. Yo‘l tarmoqlarni lokomotivlar,kemalar, avtomobillar,temiryo‘llar,havo yo‘llari bilan iqtisodiy samaradorligining yuqori ko‘rsatkichda rivojlanishida yo‘llarning o‘rni beqiyos desak,mubolag‘a bo‘lmaydi,albatta.Bugungi kunda Respublikada avtomobil yo‘llari tarmog‘ining umumiy uzunligi 183783 kmni tashkil qilmoqda.Yo‘llarning tasnifi quyidagilardan iborat:
•Temir yo‘llar;
•Avtomobil yo‘llar;
•Havo yo‘llar;
•Quvur yo‘llar;
•Sanoat yo‘llar va boshqalar.
Har qaysi yo‘llar o‘ziga xos ustun va kamchilik tomonlari bilan bir-biridan farq qiladi.Misol uchun,Temiryo‘l transportining ishlab chiqarish iqtisodiy faoliyati samaradorligini baholash usullarini ishlab chiqish,fan va texnika yutuqlariga asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi usullarini joriy etish,temiryo‘l transportining ichki jarayonlarini tashqi subyektlar bilan hamkorlikda tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat bo‘ladi. Temiryo‘llar boshqa transport vositalariga nisbatan yuk tashishi ustun bo‘lsa,harakat tezligi pastligi uning kamchiliklari bilan ifodalanadi.Yo‘llarning iqtisodiy sohalarda boshqa davlatlar bilan o‘zaro bog‘liqlikda import va eksport sohasida ularning tovar almashinishida yo‘llardan keng miqyosda foydalanish o‘rni beqiyosdir.Respublikamizda iqtisodiy rivojlanish shartlarini ta‘minlaydigan xalqaro transport yo‘laklarini barpo qilish,tranzit va viloyatlar oralig‘ida ishonchli transport aloqalarini ta‘minlash,respublikaning tashqi integriyatsiyalashgan va ichki birikkan yagona transport muhitini shakllantirish qolaversa,Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklash va jahon bozoriga chiqish kabi masalalar davlat yo‘l siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.Bunda yo‘llarga bo‘lgan talablarning amaliy yechimi shundan iboratki,yo‘llarni rekonstruksiya qilish,transport talablariga bo‘lgan talablarni qondirish,avtomobillar qulayligini oshirish va xavfsizligini ta‘minlash iqtisodiy rivojlanishda muhim kasb etadi. Bugungi kunda transport yo‘laklariga alohida e‘tibor qaratilmoqda.Respublikada transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha davlat texnik siyosatida ustuvor vazifalar belgilangan va talablar qo‘yilgan. -O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.08.2003-yildagi UP-3292 sonli qarorida “ foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanishni boshqarish tizimini takomillashtirish”to‘g‘risidagi qonuni mana shular jumlasidandir. Bu borada Yevropa hamjamiyatining TASIS dasturi asosida tuzilgan TRASEKA loyihasini O‘zbekistonda qo‘llab quvvatlanishiga misol bo‘ladi.Bunga xulosa qilib shuni aytib o‘tishimiz joizki,kishilik jamiyati rivojlanishi bilan yo‘lga bo‘lgan talab va takliflar rivojlangan.Hozirgi kunga kelib iqtisodiy sohalarning turli jabhalarida rivojlanish suratlari oshirilishida aloqa yo‘llariga borib taqaladi.Iqtisodiyotning bir bo‘lagiga aylangan yo‘llar rivojlanishida,ularga bo‘lgan e‘tibor shular jumlasidandir.Bugungi kunda O‘zbekiston yo‘lsozlari oldida turgan asosiy vazifa,bu jahon bozoriga chiqish imkoniyatlarini kengaytiradigan transport kommunikatsiyalarini qurish,ularning xavfsizligina ta‘minlash,mustahkam,uzoq vaqt xizmat qiladigan yo‘llarni qurish va ularni rivojlantirishdan iborat.Yo‘llar qanchalik rivojlansa davlatlararo hamjamiyatlik,chetki davlatlararo tovar almashinuvi,iqtisodiyotning yuqori ko‘rsatkichlarda o‘sishi yo‘llarning keng tarmoqda rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PF-4954-son "Yo’l xo’jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2776-son Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi faoliyatlarini tashkil etish to’g’risida"gi qaroriga asosan tashkil topgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo’llari qo’mitasi etib qayta nomlangan holda Transport vazirligi tarkibiga o’tkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi yo’l xo’jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida" 2019-yil 9-dekabrdagi PF-5890-son Farmoni hamda "Yo’l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida"gi 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4545-son qarorlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo’llari qo’mitasi avtomobil yo’llari sohasidagi maxsus vakolatli organ bo’lib, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va ekspluatatsiya qilish bo’yicha ishlarning yagona buyurtmachisi hisoblanadi.
Qo’mita zimmasiga "Avtomobil yo’llari to’g’risida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan vazifalar bilan bir qatorda quyidagilar bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuklatildi: umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari tarmog’ini tegishli holatda saqlash va rivojlantirish, ularning o’tkazish qobiliyatini oshirish, avtomobil yo’llari foydalanuvchilariga ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash, shuningdek, yo’l va yo’l bo’yi servisi ob'ektlarini rivojlantirishni muvofiqlashtirish;
- xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida, shuningdek, donorlar mablag’larini jalb qilgan holda yo’l qurilishi sohasida loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish;
- tarmoqqa investitsiyalarni, eng avvalo to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirishning muqobil manbalarini, shu jumladan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish va ta'mirlash uchun davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish orqali izlash;
- zamonaviy menejment tizimlarini, ilg’or xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlarga muvofiq ishni tashkil etishning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish orqali tarmoqni boshqarishni takomillashtirish;
- yo’l qurilishi, yo’l-qurilish materiallari, buyumlar va konstruktsiyalar ishlab chiqarish sohasini texnik tartibga solishda normativ hujjatlar va talablarga rioya etilishini ta'minlash;
- umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarining ajratilgan mintaqalarida yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanishni belgilangan tartibda tashkil etish;
- transport oqimlarini boshqarishning zamonaviy raqamli avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-maydagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil yo’llari qo’mitasi Nizomiga muvofiq quyidagilar Qo’mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- avtomobil yo’llari sohasida yagona texnika siyosatini olib borish;
- avtomobil yo’llarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- avtomobil yo’llari tarmoqlarini rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilash;
- umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarining xalqaro tranzit yo’laklarini shakllantirish;
- avtomobil yo’llarini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ta'mirlash va ulardan foydalanish masalalari kompleks hal etilishini tashkil etish hamda buyurtmachi xizmatining samarali faoliyatini tashkil etish;
- avtomobil yo’llarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash va saqlash sifati ustidan nazoratni amalga oshirish;
- xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llarining, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko’chalarining mavjud tarmog’i saqlanishini ta'minlash ishlarini muvofiqlashtirish;
- ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini texnologiyalar va zamonaviy standartlarni joriy etish;
- avtomobil yo’llari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan, chet ellarda o'quv-amaliyot kurslari va seminarlar tashkil etish;
- avtomobil yo’llarining hududiy arxitektura-badiiy tuzilishiga va landshaft dizayniga taalluqli zamonaviy yondashuvlarni shakllantirish hamda amalga oshirish bo'yicha yagona davlat siyosatini o’tkazish, avtomobil yo’llariga tutash hududlarni ko’kalamzorlashtirish tadbirlari o’tkazilishini tashkil etish;
- avtomobil yo’llarini loyihalash sohasidagi normalar va standartlarga rioya etilishini ta'minlash;
- yo’l xo’jaligi sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Prezidentning “2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasining avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
|
| |