|
II.3. AVTOMOBIL YO‘LLARINI SAQLASH, TA’MIRLASH TIZIMI
|
bet | 8/21 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 139,61 Kb. | | #133434 |
Bog'liq yo\'l xo\'jaligi bitgani
II.3. AVTOMOBIL YO‘LLARINI SAQLASH, TA’MIRLASH TIZIMI.
Avtomobil yo‘llari va uning inshootlarini saqlashning asosiy vazifasi - yilning istalgan
vaqtida har qanday ob-havo sharoitida transport vositalari harakati uzluksizligini va
xavfsizligini ta’minlash shartlari bo‘yicha qo‘yilgan talablarga muvofiq, yo‘llarni saqlash va
doimiy qarashni ta’minlashdan iboratdir.
Avtomobil yo‘llarini saqlash ishlarini turlari.
a) yer ko‘tarmasi va suv ketkazish tizimi bo‘yicha:
Ajratilgan mintaqani, yo‘l chetlarini, nishabliklarni va ajratuvchi tasmalarni muntazam ravishda ozoda va tartibli saqlash, chiqindilardan va begona buyumlardan tozalash, tekislash;
b) yo‘l to‘shamasi bo‘yicha:
Yo‘l qoplamasini chiqindi, chang va iflosliklardan, qor, muzdan muntazam ravishda tozalash, begona buyumlarni yig‘ishtirish, qum va sirpanchiqqa qarshi aralashmalar sepish yo‘li bilan avtomobil yo‘llarining qatnov qismi muzgarchiligi va sirpanchiqligini bartaraf etish, shuningdek xosil bo‘lgan sirpanchiqlikni bartaraf etish;
Nishabliklar, ko‘prikosti o‘zanlarni, shuningdek suv o‘tkazish quvurlarning o‘zanlarini va quvurlar ustidagi ko‘tarmalar nishabini tozalash
(shu jumladan, o‘simliklardan tozalash);
v) sun’iy inshootlar bo‘yicha:
Ko‘prik ko‘tarmasi elementlarini, tayanch qismlarni, oraliq qurilmalar elementlarini, taxta zinalarni, tayanchlar, quvurlar, tonnellar va boshqa inshootlarni chang va ifloslikdan tozalash;
g) avtomobil yo‘llarini jixozlash va xarakat havfsizligini ta’minlash bo‘yicha:
Belgilarga qarash, shikastlangan yo‘l belgilarini almashtirish va yetishmayotganlarini yangidan o‘rnatish;
Avtomobil yo‘llarini qishda saqlash - avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlari elementlarini soz xolatda saqlash, shuningdek avtomobil yo‘lining butun uzunligida qish davri mobaynida bajariladigan ish rejimlari bo‘yicha kompleks ishlar, avtomobil yo‘llarini qish davrida qor qatlamlari, uyumlari va ko‘chkilaridan ximoya qilish, qordan tozalash, qishki sirpanchiq paydo bo‘lishining oldini olish va ularni bartaraf etish xamda muzgarchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ishlar va tadbirlar;
|
| |