Yuqoridagi qarorlarning amalga oshirilishi quyidagi masalalarni hal qilish imkonini beradi




Download 139,61 Kb.
bet7/21
Sana09.01.2024
Hajmi139,61 Kb.
#133434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
yo\'l xo\'jaligi bitgani

Yuqoridagi qarorlarning amalga oshirilishi quyidagi masalalarni hal qilish imkonini beradi:
birinchidan, yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini takomillashtirish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining zamonaviy tarmog‘ini yanada rivojlantirish;
ikkinchidan, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish ishlariga yo‘naltirilayotgan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish;
uchinchidan, loyihalashtirish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini beradigan to‘laqonli buyurtmachi xizmatini tashkil etish;
to‘rtinchidan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo‘l qurilishi ishlarida, yo‘l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish;
beshinchidan, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, jihozlash hamda ulardan foydalanish chora-tadbirlarini tasdiqlangan xarajatlarga muvofiq o‘z vaqtida moliyalashtirish;
oltinchidan, avtomobil yo‘llarini, ayniqsa, qishloq avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda yangi tuzilma, yashash uchun qulay ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimiz aholisining turmush darajasini yaxshilash;
yettinchidan, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish instituti va kasb-hunar kollejlari negizida, jumladan, bevosita ishlab chiqarish korxonalarida, laboratoriyalarda va ilmiy-loyiha tashkilotlarida amaliy mashg‘ulotlarni tizimli tashkil etish yo‘li bilan ta’lim sifatini oshirishni ta’minlash va umuman, soha uchun professional kadrlarni tayyorlash;
sakkizinchidan, mintaqaviy avtomobil yo‘llarini saqlashga tegishli xodim va mutaxassislarni jalb etgan holda, yo‘llarni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
to‘qqizinchidan, avtomobil yo‘llarini pasportlashtirish va yo‘llarning joriy holatini aks ettirgan holda, elektron ma’lumotlar bazasini yaratish.
Muxtasar qilib aytganda, ushbu vazifalarning amalga oshirilishi iqtisodiyot rivojiga, shahar va qishloqlarimizni yanada obod qilish, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.2

Download 139,61 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Download 139,61 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuqoridagi qarorlarning amalga oshirilishi quyidagi masalalarni hal qilish imkonini beradi

Download 139,61 Kb.