• Yo‘llarni qishgi davrda saqlash ishlari texnologiyalari
  • Ii yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarga sharh




    Download 139,61 Kb.
    bet15/21
    Sana09.01.2024
    Hajmi139,61 Kb.
    #133434
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
    Bog'liq
    yo\'l xo\'jaligi bitgani

    Yo‘llarni qishgi saqlash ishlari
    Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini qishda saqlashga quyidagi ishlar kiradi:
    -qordan doimiy ximoya qilish inshootlarini (devorlar, panellar, ko‘tarmalar va qorni ushlash to‘siqlari) tayyorlash, o‘rnatish, va ularga qarash;
    -avtomobil yo‘llarini qordan, qor uyumlaridan tozalash, qishki sirpanchiqni oldindan aniqlash va prognozlashtirishning avtomatlashtirilgan tizimlarini, shuningdek ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va turli satxdagi yo‘llarda muzgarchilikka qarshi avtomatlashtirilgan tizimlarini o‘rnatish va saqlash;
    -qishki sirpanchiqlikka, muzgarchilikka qarshi materiallarning yangi bazalarini o‘rnatish, mavjudlarini esa tiklash va ta’mirlash, ularga borish yo‘llarini qurish, tabiiy sho‘r suv olinadigan quduqlar qazish, jixozlash va ularga xizmat ko‘rsatish, muzgarchilikka qarshi materiallarni tayyorlash va saqlash, muzgarchilikka qarshi xossalarga ega bo‘lgan qoplamaning yuqori qatlamini qurish va saqlash;

    -ko‘chkiga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularni yig‘ishtirib olish va boshqa ishlar kiradi.



    Yo‘llarni qishgi davrda saqlash ishlari texnologiyalari:
    Qishgi saqlash ishlarining asosiy mohiyati qor va muzga qarshi kurashdan iborat. Asosan qishda yo‘lni qor bosishi ko‘p kuzatiladi. Bu xolat qor yog‘ishi, qor buron, qor kuchishi, qor siljishi natijasida yuzaga kelishi mumkin.
    Qishgi davr saqlash ishlarini tashkil qilish uchun maxsus texnologik xaritasi tuzib olinadi. Yo‘lni qordan ximoyalash maqsadida qor bosishi mumkin xududlarda yo‘l bo‘ylab ximoyalovchi vositalar qo‘llaniladi. Bularga qor ushlovchi devorlar, to‘siqlar, panjarlar, qor ushlab qoluvchi daraxtlar misol bo‘ladi. Bundan tashqari qordan himoyalovchi inshootlar (t/b karkaslar, mustahkam polietilenli plyonka, galereyalar va boshqalar misol bo‘ladi.).
    Qor ushlab qoluvchi daraxtlar qor tuplanish xajmiga qarab yo‘lga nisbatan ekish uzoqligi va daraxtlar qator soni belgilanadi, masalan qor kuchish xajmi 25 m3/m bo‘lganda yo‘ldan uzoqligi 15-25m, qatorlar soni 2 ta kengligi 4 m ni tashkil qiladi. Bu kursatkichlar qor kuchish xajmiga qarab oshib boradi, qor kuchib kelish xajmi 200 m3/m ga yetganda daraxtlar yo‘ldan uzoqligi 70 m, qatorlar soni 9 ta kengligi 22 m ni tashkil qiladi. Qoplama ustki yuzasidagi qor qalinligi 3-5 sm bo‘lganda avtomobillar tezligi 60 km/s gacha kamayadi, qor qalinligi 25 sm dan oshganda deyarli xarakat to‘xtaydi.

    Download 139,61 Kb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




    Download 139,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ii yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarga sharh

    Download 139,61 Kb.