|
Yo‘l jixozlarini, yo‘l xizmati bino
|
bet | 14/21 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 139,61 Kb. | | #133434 |
Bog'liq yo\'l xo\'jaligi bitganiYo‘l jixozlarini, yo‘l xizmati bino va inshootlarini saqlash
Yo‘l to‘siqlarini saqlash bo‘yicha ishlar tarkibiga yo‘l to‘siqlarini va yo‘naltiruvchi ustunchalarini doimiy ko‘rikdan o‘tkazish, nosoz elementlarini mayda ta’mirlash va almashtirish, chang va loygarchilikdan tozalash, zarur bo‘lganda bo‘yash kabilar kiradi. Yo‘l belgilarini saqlashga ustunlarni shitlarni chang va loygarchilikdan batartib ravishda tozalash, belgining teskari tomonini va ustunlar yuzasini bo‘yash, shit va ustunlarni to‘g‘rilash yoki almashtirish, boltlarini mahkamlash, yoritiladigan belgilar chiroqlarini almashtirish kabilar kiradi.
Yo‘l binolari va yordamchi inshootlarga ularni holatini aniqlash va no‘qsonlarni bartaraf qilish bo‘yicha talab qilinadigan choralarni belgilash maqsadida doimiy (yiliga ikki marta – bahorda va kuzda) qarov zarur.
Ko‘tarma va suv ketkazish tizimi bo‘yicha saqlash:
-Yo‘lning mintaqasini doimiy ravishda ozoda va tartibli saqlash, chiqindilardan va begona buyumlardan tozalash, tekislash;
-yo‘l chetlarini chang va iflosliklardan tozalash;
-suv ketkazish tizimini muntazam ravishda ishchi holatda saqlash, yomg‘ir kanalizatsiyasi, drenaj qurilmalari, ko‘prik va quvurlarning suv kirish-chiqish o‘zanlari, suv o‘tkazgichlarning mayda nosozliklarini bartaraf etish; .
-ko‘tarmalarning nishabliklaridagi nosozlik-larini tuzatish, tekislash va boshqalar.
Avtomobil yo’llarini qish davrida saqlash texnologiyalari
Meteorologik sharoit - ma’lum bir muddatda yoki ma’lum bir paytda meteorologik elementlar miqdori bilan xarakterlanadigan atmosferaning holati. «Meteorologik sharoit» tushunchasining sinonimi sifatida «Ob-havo sharoiti» atamasini ishlatilishi ko‘proq to‘g‘ri hisoblanadi.
Ob-havo - ma’lum bir hudud ustidagi atmosfera quyi qismining (havoning) muayyan bir qisqa vaqtdagi tabiiy holati. Vaqt va masofa bo‘yicha tez o‘zgarib turadi. Ob-havo ma’lum bir vaqtning o‘zidagi bir-biri bilan uyg‘un meteorologik elementlar majmui bilan ifodalanadi. Ob-havo davriy (kecha bilan kunduz), fasliy hamda nodavriy (siklon o‘tishi, turli havo massalarining kelishi, antisiklon kabi) o‘zgarishlariga ega.
Qishgi davr uchun past havo harorati, yuqori havo namligi, yog‘ingarchiliklar miqdorining ko‘pligi, yaxmalak bo‘lish jarayonning tez-tez o‘chrashi, quyoshli kunlar kam bo‘lishi, bulutli kunlar ko‘p bo‘lishi va tez-tez uchraydigan tumanlar, izg‘irinli shamollar bo‘lishi xarakterlidir. Qishgi davr yilning eng murakkab davri bo‘lib, yo‘lda harakatlanish uchun eng noqulay sharoitdir. Bu davr yo‘l qoplamasi ustki yuzasi xul, nam, qor qoplagan, yaxmalak, muzlagan sirpanchiq bo‘lishi bilan xarakterli xisoblanadi.
Bu davr saqlash ishlari kompleks tadbirlarni talab etadi. Harakat qulayligini va xavfsizligini ta’minlash uchun yuqori darajadagi saqlash ishlarini tashkil qilgan va ta’minlagan bo‘lishimiz lozim. Qishgi davrda hisobiy tezligining ta’minlanganligi saqlash ishlari sifati bilan baholanadi.
|
| |