|
Yo‘lning ta’mirlashlararo xizmat davrida bajariladigan ta’mirlash ishlari
|
bet | 10/21 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 139,61 Kb. | | #133434 |
Bog'liq yo\'l xo\'jaligi bitganiYo‘lning ta’mirlashlararo xizmat davrida bajariladigan ta’mirlash ishlari ekspluatatsiya jarayonida yo‘l to‘shamasining ishonchliligi, mustaxkamligi, qoplama ravonligi hisobiy tezliklar me’yoriy talablarga javob bermaganda amalga oshiriladi.
Ta’mirlashlararo me’yoriy xizmat muddati respublikamizning hududiy sharoitlarini hisobga olgan holda MQN 41-2008 “Nobikr yo‘l to‘shama, qoplama va sirtqi ishlov qatlamlarining ta’mirlashlararo xizmat muddatlarining sohaviy me’yorlari”da keltirilgan.
Qoplamaning ta’mirlashlararo xizmati muddati – bu davr maboynida, qoplamaning tishlashish sifati etarli qiymatlar chegarasigacha pasayishi ro‘y beradi.
yo‘l qoplamasini ta’mirlash bo‘yicha ishlar ravonlikni, tishlashish sifatini yaxshilashga, harakat tezligini, xavfsizligini, o‘tkazuvchanlik qobiliyatini va yo‘l to‘shamasining xizmat muddatini oshishiga olib keladi.
yo‘l to‘shamasini ta’mirlash bo‘yicha ishlar yo‘lning barcha asosiy iste’mol xususiyatlarini oshiradi yoki qayta tiklaydi, shu bilan birga yo‘l to‘shamasini xizmat muddatini va o‘qqa tushadigan yuklarga nisbatan chidamliligini oshiradi.
Yo‘l qoplamasini ta’mirlashlararo xizmat muddatlari
Nobikr yo‘l to‘shamasini ta’mirlashlararo xizmat muddati (Tt) me’yorlari va me’yoriy mustahkamlik daraja koeffitsenti (Km) ko‘rsatkichlari
Izoh: Kapital va yengillashtirilgan yo‘l to‘shamalari qatlamlari kuchaytirilishini hisoblashda mustahkamlik me’yoriy daraja ko‘rsatkichini saqlagan holda xizmat muddat me’yorining qiymatini 15 foizga kamaytirishga ruxsat etiladi
Konstruksiyaning tavsiya etiladigan hisobiy xizmat muddati
Yo‘llarni ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlarni rejalashtirishda eng ko‘p tarqalgan usullaridan biri, bu yo‘lning har bir bo‘lagida ish turlarini va hajmini aniqlash uchun tuziladigan no‘qsonlar qaydnomasiga asoslangan rejalashtirish uslubi hisoblanadi. No‘qsonlar qaydnomasi davriy ko‘riklarda va yo‘llarni saqlash sifatini baholashda tuziladi.
Yo‘llarni ta’mirlash va saqlash ishlariga ketadigan sarf‑xarajatlar MQN 31-2008 «Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlari bo‘yicha mablag‘ sarfi me’yori va uni hisoblash qoidasi»ga asosan aniqlanadi.
|
| |