a‑ uzluksiz; b‑ panjarasimon; I‑ esayotgan shamol yo‘nalishi; II‑ qorning birinchi uyumi; III‑ to‘siqlarni faol ishlash davri tugashi; IV‑ to‘siqlar qor bilan qoplangan va bashqa ishlamaydi.
kundo‘zi va kechasi transport xarakatiga standartda belgilangan sharoitni yaratish xamda yil davomida transport harakatini o‘zluksizligini ta’minlab berish;
yo‘l bo‘limlarining xizmat yunalishlari bo‘yicha aloqa yo‘llari bilan chorraxa va kesishuv joylarida to‘xtab turishni yo‘qotish;
yo‘l va yo‘l inshootlarini toza va soz holatda ushlab turish, xarakat xavfsizligini standart talablarga mosligini nazorat kilish;
haydovchi va yo‘lovchilar uchun me’yoriy qulaylikni yaratish;
yo‘l transporti infrato‘zilmasi xizmatlari va kulayliklarining yetarli darajada ta’minlanganligini muntazam nazorat qilib borish;
yengil avtomobillar tezligini xisobiy kiymatga yaqinlashtirish va xarakat xavfsizlini ta’minlashga imkoniyat yaratish;
yuk avtomobillarning standart talablariga muvofiq harakatlanishiga imkoniyat yaratish va x.k.
Yo‘l to‘shamasini ta’mirlashlar sxemasi
1-chang qatlami; 2‑o‘yiq; 3‑qoplama; 4‑asos; 5‑qo‘shimcha qatlam; 6‑o‘yiq ta’mirlash; 7‑ustki yuza ishlov berish; 8‑ko‘chaytiruvchi qatlam; 9‑yangi yo‘l to‘shamasi.
Yo‘lning transport-ekspluatatsion holatini baholash ishlari asosan kuzatuv asosida olib boriladi. Buning uchun turli xil ko‘riklar tashkil etiladi. Bu ko‘riklardan maqsad faqat yo‘l bo‘laklarining elementlari va holatini baholashgina emas, yillar davomida yo‘lning transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish va tahlil qilishdan iborat.
Yig‘ilgan ma’lumotlar va tahlillar natijasida avtomobil yo‘llarni xavfsizligini oshirish, qayta qurish, ta’mirlash bo‘yicha ishlarni va ularning turlarini rejalashtirishda qo‘llaniladi.
Ta’mirlashlararo me’yoriy xizmat muddati – bu iqtisodiy samarali bo‘lgan davri bo‘lib, hisobiy xizmat muddatiga tengdir. Bunda umumiy keltirilgan yo‘l, transport va transportdan tashqari sarf-xarajatlarning eng kam miqdori ta’minlanadi.