Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash bo‘yicha tadbirlar tizimi va ularni rejalashtirish




Download 139,61 Kb.
bet11/21
Sana09.01.2024
Hajmi139,61 Kb.
#133434
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
yo\'l xo\'jaligi bitgani

Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash bo‘yicha tadbirlar tizimi va ularni rejalashtirish
Ta’mirlash va saqlash ishlarni rejalashtirishdan asosiy maqsad ekspluatatsiya jarayonida yo‘lning optimal xizmat muddatini va iste’mol xususiyatlarini ta’minlashdir.
AY ta’mirlash va saqlash ishlarini rejalashtirishda ma’lum bir sharoitda bir yoki bir qancha maqsad va vazifalarga erishish uchun aniq bir sxema bo‘yicha tuzilgan harakat dasturiga amal qilish lozim. Ushbu vazifalarni yechish va oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun yo‘lning jihozlari va elementlari bo‘yicha, harakatni tashkil qilish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha to‘liq kompleks texnik va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish zarur.
Yo‘llarni ta’mirlash va saqlash bo‘yicha tasnifda ko‘zda tutilgan ishlar turlari va tarkibi bir‑birini to‘ldiradi va harakat talablariga muvofiq yo‘lning ekspluatatsion sifatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlar yagona tizimini ifodalaydi.
Yo‘llarni saqlash bo‘yicha ishlar jarayonida yo‘llarni chang va loydan tozalash bo‘yicha hamma ishlar bajariladi, barcha mayda deformatsiya va buzilishlar, qoplama ustki yuzasidagi sodir bo‘ladigan sirpanchiqlar bartaraf qilinadi.
Qoplamani ta’mirlash va saqlash jarayonida bajariladigan ishlardan tashqari, qoplamani tishlashish sifatini va g‘adir‑budurligini, ravonligini, yemiriluvchi qatlamni tiklash bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. Yo‘l to‘shamasini ta’mirlashda bir yoki bir necha qo‘shimcha qatlamlarni yotqizish yo‘li bilan to‘shamani ko‘chaytirish amalga oshiriladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, qatnov qismini saqlash ishlari yo‘l to‘shamasi mustaxkamligini va qoplama tishlashish sifatini, ravonligini o‘zgartirmaydi, lekin ba’zi bir sirpanchiqliklarni tugatish, belgilarni o‘rnatish, belgi chiziqlar hisobiga harakat xavfsizligini oshirishda sezilarli ta’sir qiladi, shu bilan birga yoriqlarni bekitish va o‘yiqlarni bartaraf qilish hisobiga yo‘l to‘shamasi va qoplamasi xizmat muddatiga sezilarli ta’sir qiladi.
Ta’mirlashlararo me’yoriy xizmat muddati – bu iqtisodiy samarali bo‘lgan davri bo‘lib, hisobiy xizmat muddatiga tengdir. Bunda umumiy keltirilgan yo‘l, transport va transportdan tashqari sarf-xarajatlarning eng kam miqdori ta’minlanadi.
Ta’mirlashlararo me’yoriy xizmat muddati respublikamizning hududiy sharoitlarini hisobga olgan holda MQN 46-2008 “Nobikr yo‘l to‘shama, qoplama va sirtqi ishlov qatlamlarining ta’mirlashlararo xizmat muddatlarining sohaviy me’yorlari”da keltirilgan.
Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash bo‘yicha tadbirlarni tanlashda yo‘l holatini baholash va diagnostika qilish natijalari asosida qabul qilinadi. Yo‘l qoplamasini ta’mirlash bo‘yicha ishlar ravonlikni va tishlashish sifatini yaxshilanishiga, harakat tezligini va xavfsizligini, o‘tkazuvchanlik qobiliyatini va yo‘l to‘shamasi xizmat muddatini oshishiga olib keladi.
Yo‘l to‘shamasini ta’mirlash va ko‘chaytirish bo‘yicha ishlar yo‘lning barcha asosiy iste’mol xususiyatlarini oshiradi yoki qayta tiklaydi, shu bilan birga yo‘l to‘shamasini xizmat muddatini va ruxsat yetarli o‘qqa tushadigan yuklarni oshiradi.
Yo‘l xarakteristikasi va ko‘rsatgichlari qiymatlari, yo‘lni me’yoriy talablarga mosligini hisobiy tezlikni ta’minlanganlik xususiy koeffitsientlari bo‘yicha belgilash mumkin.
Har bir yo‘l uchastkasini ish turini belgilashda shunday dalillarni hisobga olish kerakki, ko‘p hollarda bitta ish turi bir vaqtning o‘zida bir necha ko‘rsatgichlarni yaxshilash mumkin.
Misol uchun ravonlikni yaxshilash maqsadida asfaltobetonga tekislovchi va qo‘shimcha qatlam yotqizish bilan bir vaqtning o‘zida qoplamaning ilashuvchanlik sifatini oshirishga erishib va shu uchastkada ilashuvchanlik sifatini oshirish uchun boshqa ish turlarini belgilash shart emas.
Yo‘llarni saqlash bo‘yicha ishlarni rejalashtirishning eng ko‘p tarqalgan usullaridan biri, bu yo‘lning har bir bo‘lagida ish turlarini va hajmini aniqlash uchun tuziladigan no‘qsonlar qaydnomasiga asoslangan rejalashtirish uslubi hisoblanadi. No‘qsonlar qaydnomasi davriy ko‘riklarda va yo‘llarni saqlash sifatini baholashda tuziladi.
Yo‘llarni ta’mirlash va saqlash ishlariga ketadigan sarf‑xarajatlar MQN 31-2008 «Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlari bo‘yicha mablag‘ sarfi me’yori va uni hisoblash qoidasi»ga asosan aniqlanadi. Yo‘lni saqlash ishlaridan asosiy maqsad, yo‘lning qatnov qismini TFK sifatlarini barqaror ushlab turishdan iborat bo‘lib, bunda TVlarining ta’siri natijasida paydo bo‘ladigan nuqsonlar, muzlab ko‘pchish, ortiqcha namlanish, tabiiy iqlim ta’siridan keladigan buzilishlarni yo‘qotishdir. Bular muntazam ishlar sirasiga kirib, ular yo‘llarni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlarning texnika vositalari, moddiy va mehnat resurslari bilan bajariladi.


Download 139,61 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Download 139,61 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash bo‘yicha tadbirlar tizimi va ularni rejalashtirish

Download 139,61 Kb.