|
Oqsoqlik va qoloqliklar sabablari
|
bet | 19/21 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 139,61 Kb. | | #133434 |
Bog'liq yo\'l xo\'jaligi bitganiOqsoqlik va qoloqliklar sabablari
Mutaxassislarga ko‘ra, O‘zbekistonda yo‘l qurilishi ishlatiladigan asfaltlar talabga javob bermaydi. Ma’lum bo‘lishicha, hozirda amalda foydalanib kelinayotgan asfalt uchun kerakli mahsulotlardan xorij mamlakatlari 10 yil avval voz kechgan. AQSh, Yevropa davlatlarida ishlab chiqarilgan asfalt-beton qoplamasi 15-20 yil kafolatga ega. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan asfalt-beton qoplamalari uchun uzog‘i 2 yilgacha kafolat mavjud.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududida asfalt-beton mahsulotlari ishlab chiqaradigan 98 ta korxona mavjud. Qayd etilishicha, bu korxonalarning 70 foizining ishi standartlarga javob bermaydi.
Masalan, Buxoro viloyatida yangi qurilgan Buxoro halqa yo‘lining 16,5 km rekonstruksiya qilinadigan uchastkasida bir qatlam asfalt-beton 9 sm qalinlikda yotqizilishi kerak bo‘lsa-da, o‘rganishlar davomida qalinligi 7 sm ekanligi ma’lum bo‘lgan.
2021−2022 yillarda yo‘l qurish va ta’mirlashda esa 45 ta holatda 34,5 mlrd so‘mlik mablag‘lar noqonuniy sarflangan.
Xomcho‘t
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlariga tayansak, 2022 yilda avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash, ulardan foydalanish va jihozlash xarajatlariga jami 8,4 trillion so‘m yo‘naltirilgan. Bu summani (8,4 trln so‘m = 727,5 mln dollar) qo‘mitaning sobiq raisi Abdurahmon Abduvaliyev aytgan 950 ming dollarga bo‘lsak, qariyb 766 kmli mukammal qurilgan yo‘l, degani. 4
Korxona moliyaviy tizimining asosiy vazifasi, joriy ishlab chiqarish faoliyati, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning yanada osib borishi uchun zarur bolgan moliya resurslarini tashkil toptirishdan iborat.
Korxonaning ishlab chiqarish fondlari, mehnat resurslari, tabiiy resurslar, mahalliy byudjetga va yuqori tashkilotlarni ta’minlashga ajratmalarni kozda tutuvchi, byudjet bilan ozaro moliyaviy munosabatlari iqtisodiy normativlari orqali tartibga solinadi.
Moliya –tegishli resurslar orqali, barqaror normativlar va moliyaviy me’yorlar asosida, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejalarining pul bilan ta’minlanishining balanslanishiga imkon yaratish uchun xizmat qiladi.
Kapital qurilishni moliyalashtirishga yonaltirilgan pul mablaglarining miqdori, iqtisodiyotning erishilgan rivojlanish darajasi va uning yanada osishi uchun kapital mablaglar sarfining ahamiyatiga kora aniqlanadi.
Kapital mablaglarning moliyalashtirish manbaalari quyidagilardan iborat: Davlat byudjetdan ajratiladigan mablaglar, amortizatsiya ajratmalari, korxona oladigan foydaning bir qismi, bank krediti, asosiy fondlarni qayta tiklash uchun maxsus yonaltiriladigan jamoa xojaliklari va kooperativ tashkilotlarning ozlarining mablaglari, hamda ichki rezervlarni safarbar etish hisobiga ajratiladigan mablaglar.
Undan tashqari yo’l qurilishini moliyalashtirishga quyidagi qoshimcha manbaalar ham jalb etiladi: avtotransport korxonalarining yuklarining tashishdan oladigan daromadlaridan 2 % li ajratma; hukumat qabul qilgan qarorlarga asosan ajratiladigan mablaglar.
+oidaga kora loyiha smeta hujjatlari bilan ta’minlangan ishlar moliyalashtirilmaydi. Kapital qurilish rejasiga kiritilmagan ob’ektlarga xarajat qilish taqiqlanadi. Тexnologik uskunalarni yetkazib berishga shartnomalar tuzishga bu maqsadlar uchun kapital mablaglarni moliyalashtirish rejasida va smetalarda kozda tutilgan mablaglar miqyosida ruxsat etiladi.
Buyurtmachi tashkilotlar va pudratchilar ortasidagi ozaro munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy hujjat bolib pudrat shartnomasi xizmat qiladi.
Bank tomonidan qabul qilingan pudrat shartnomasi bolmaganda ishlarni bajarish qat’iyan man etiladi. Bunday holatlarda pudratchi tashkilot tomonidan qilingan xarajatlar (tolanmaydi) qoplanmaydi. Buyurtmachining bu ishlarni moliyalashtirishga moljallangan mablaglari boshqa ehtiyojlarga yonaltiriladi.
Bajarilgan ishlar uchun tolovlar buyurmachi tomonidan har oyda tugallangan texnologik bosqich ishlab chiqarish va ishlar kompleksining qiymatiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Тolovlarning umumiy summasi ob’ekt boyicha ishlar smeta qiymatining 95 % atrofida bolishi kerak. Тoliq hisob - kitob davlat qabul komissiyasining dalolatnomasi tasdiqlanib, ob’ekt ishga tushirilgandan song amalga oshiriladi.
+qurilish dasturi bajarilishi uchun ma’suliyatni oshirish maqsadida pudrat shartnomasidagi ishlar hajmini yillar boyicha taqsimlanish jadvali ilova qilinadi. Undan tashqari, har yili titul royxatiga muvofiq ravishda ishlar hajmi va turlari kvartal boyicha taqsimlangan yillik topshiriq tuziladi.
Ishlarni bajarishning kvartal rejasi bajarilmay qolgan holatlarda (yil boshidan osib boruvchi jami hajmi), shu davrda bajarilgan ishlarga, jadvaldan orqada qolish tugatilmaguncha, buyurtmachi haq tolamaydi va bajarilgan pudrat ishlari hisobotiga bu ishlar kiritilmaydi.
Bunday holatlarda qurilish tashkiloti tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash uchun zarur bolgan vaqtinchalik ehtiyoj tufayli, yo’l qoyilgan orqada qolishni tugatish majburiyatini taqdim etgan holda, kredit olish uchun bankka murojaat qilishga majbur boladi.
Kvartal rejasi buyurtmachining aybi bilan bajarilmay qolsa (texnik hujjatlar, uskunalar, materiallar oz vaqtida yetkazib berilmasa), buyurtmachi pudratchining barcha xarajatlarini, bank krediti uchun foiz tolovlari bilan qoshib kompensatsiya qiladi.
Ob’ektning ishga tushirilish muddati izdan chiqqan holatlarda shartnoma tuzuvchi har ikkala tomon birdek mulkiy javobgar boladilar.
|
| |