|
Moliyalashtiruvchi bankning asosiy vazifalari
|
bet | 20/21 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 139,61 Kb. | | #133434 |
Bog'liq yo\'l xo\'jaligi bitganiMoliyalashtiruvchi bankning asosiy vazifalari
Respublika sanoat qurilish bankiga sanoat, aloqa, transport va boshqa korxonalarga xizmat korsatish bilan bir qatorda, yangi qurilishni, mamlakat xalq xojaligi tarmoqlarida mavjud bolgan ob’ektlarni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashni moliyaviy ta’minlash va kreditlash ham yuklatilgan. Agrosanoat kompleksi, uy - joy kommunal xojaligi va ijtimoiy sohaga tegishli bolgan ob’ektlar bundan mustasno.
Хojalik yuritishning bozor iqtisodi sharoitlarida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishida, iqtisodiy siyosatni amalga oshiruvchi, ijtimoiy ishlab chiqarishni tartibga soluvchi davlat organlarining biri sifatida bankning roli anchagina ortadi. Kredit hisob - kitob richaglaridan foydalanib (bank) davlat buyurtmachilarining ustivorligini ta’minlash, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, iqtisodiyotning intensivlashuvini tezlashtirish tadbirlarini amalga oshiradi.
Banklar faoliyati toliq xojalik hisobi va oz – ozini moliyaviy ta’minlashga asoslangan. Ularning barcha xarajatlari mijozlarga kredit berish natijasida olinadigan daromad (kredit uchun foiz stavkalari) va bajargan hisob - kitob operatsiyalari uchun olinadigan ajratmalar hisobiga ajratmalar hisobiga qoplanadi.
Sanoat qurilish banki kapital qurilish rejalarini shakllantirishda ishtirok etib, qurilish ishlab chiqarishini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqadi. Uning maxalliy muassasalari buyurtmachilar va pudratchilar, mahsulot yetkazib beruvchilar, loyihachi va boshqa tashkilotlar ortasida bajarilgan ishlar, yetkazib berilgan uskunalar, yo’l qurilish texnikasi, ishlab chiqilgan loyiha – smeta hujjatlar uchun hisob - kitoblarni amalga oshiradilar; agar titul royxatga kiritilgan va tasdiqlangan umumlashma - smeta hisob - kitoblarida kozda tutilgan holatlarda boshqa turdagi hisob - kitoblarni ham bajaradilar.
Sanoat qurilish bankining muassasalari avtomobil yo’llarini ta’mirlash va yaroqli holatda tutib turishni ta’minlashni moliyaviy ta’minlash vazifalarini bajaradilar.
Sanoat qurilish banki ajratilgan mablaglardan samarali foydalanishni, qurilayotgan ob’ektlarning oz vaqtida ishga tushqurilishini nazorat qiladi; reja, tolov, moliya intizomlariga toliq rioya qilinishini, qurilish yoki ta’mirlanayotgan ob’ekt boyicha toligicha va alohida ish hamda xarajatlar turlari boyicha smeta limitlarining bajarilishi ustidan ham nazorat olib boradi.
Тitul royxatlarini korib chiqish jarayonida bank muassasalari ob’ektlar sonini qisqartirish va barcha resurslarni ishga tushiriladigan qurilish ob’ektlariga toplash maqsadida bitta buyurtmachida bir vaqtda qurilayotgan ob’ektlar soniga e’tiborni qaratadilar. Joriy yil uchun ajratilgan mablaglar qurilishning normativ muddatlariga mutanosibligini va dastlabki tasdiqlangan korsatkichlarga nisbatan biron - bir ozgarishlar bolmaganligini tekshiradilar. Dastlabki tasdiqlangan titul royxati va umumlashma smeta hisob - kitobi toliq qurilish muddati uchun ozgarmasligi kerak. Ishlarni bajarish yoki konstruktiv yechimlarning takomillashgan va progressiv texnologiyalari qollanilgani sababli loyihani qayta korib chiqish zarurati paydo bolgandagina korsatkichlarga ozgarishlar kiritilishi mumkin.
Banklar muntazam ravishda qurilish ob’ektlarining loyiha – smeta hujjatlari bilan ta’minlanganligini nazorat qilib boradilar. Ular qurilishga tipik loyihalarning joriy etilishini, individual loyihalashtirishga ruxsat etuvchi hujjatlarni tekshiradilar. Rejalashtirilayotgan davrda oldingi yilning 1 -iyunigacha texnik hujjatlar bilan ta’minlanmagan ob’ektlar qurilishining titul royxatga kiritilmaydi. Bank muassasalari sanksiyalar va ragbatlantirishlarni qollash, nazorat vazifalarini amalga oshirish orqali moliyaviy intizomning yaxshilanishiga imkoniyat yaratadilar. Тolov qobiliyati, ya’ni yo’l tashkilotining bankdagi hisob raqamida pul mablaglarining mavjudligi, ishlar hajmi va sifati, asosiy va aylanma fondlardan foydalanish, mehnat unumdorligining saviyasi kabi omillar ta’sirining natijasini aks ettiradi.
Moliyalashtirish hisobini ochish uchun buyurtmachi – tashkilot bankka ekspertiza bayonnomasi bilan birgalikda tasdiqlangan umumlashma smeta hisob - kitobining nusxasini, barcha ishlar kompleksini bajarish uchun buyurtmachi va pudratchi ortasida tuzilgan pudrat shartnomasini, bajarilishi rejalashtirilayotgan yillik ishlar hajmi va +MI turlarini aks ettiruvchi va buyurtmachi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan qurilish ichi (vnutripostroyechnoy) titul royxatini, faoliyat olib borish zonasida ishlarni bajarish huquqi uchun nazorat va tekshiruv organlari (SES, DAN, yongin nazorati va boshqalar) bilan kelishuvlarni, yerning osimlik osuvchi qatlami olinib, obodonlashtirish organlariga topshirilganligi haqidagi ma’lumotnomani taqdim etadi.
Immobilizatsiya shundan iboratki, hisobot yilida ob’ekt qurilishi boyicha ishlab chiqarish dasturi ortigi bilan bajarilganda, ortiqcha bajarilish hisobiga hosil bolgan pudratchi tashkilotga tolanadigan qarzni uzish uchun buyurtmachi tashkilot tomonidan rejalashtirilayotgan yil korsatkichlarini ozgartirmasdan, moliyalashtirish limitini oshirishdir. Mobilizatsiya esa, aksincha, otgan hisobot yili mablaglari hisobiga sotib olingan va tolangan, ammo rejalashtirilayotgan yilda bajariladigan limitdan ortiq material zahiralari, konstruksiyalar, uskunalar summasi miqdoriga moliyalashtirish limitini kamaytirishni kozda tutadi. Kapital qurilishning tasdiqlangan reja korsatkichlari, rejalashtirilayotgan davr uchun (tomonlar kelishuviga kora) qurilish ichi(vnutripostroyechnoy) titul royxatiga kirgan ish turlari va hajmlari bunday hollarda ozgartirilishi mumkin emas.
Davlat tashkilotlari ortasidagi barcha hisob - kitoblar bank muassasalari orqali faqat naqd pulsiz korinishda amalga oshiriladi. Naqd pulsiz hisob - kitoblar quyidagi turlarga ajratiladi: aksent, akkreditiv, alohida (maxsus) schet, tolov topshirigi, pochta orqali pul otkazish, rejalashtirilgan tolovlar, cheklar.
Aksept – tolovchining shu shahardagi va boshqa shahardagi yetkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar, pudratchi tashkilotlar bilan materiallar, uskunalar, bajarilgan ishlar, korsatilgan xizmatlar uchun hisoblashishda tolovni amalga oshirish uchun roziligidir.
Naryad, shartnoma kelishuvi, majburiyat, talab asosida boshqa tashkilot uchun biror - bir ishni bajargan, xizmat korsatgan, materiallar, xom - ashyo, tovarlar yetkazib bergan yoki jonatgan tashkilot haridorga (buyurtmachiga, mijozga) tolov talabnomasi – schet yozib, ozining xizmat korsatuvchi bankiga tolovni undirish uchun inkassoga topshiradi. Bunday holda tolov talabnomasida bajarilgan ishlarning nomi va hajmi, korsatilgan xizmatlar yoki jonatilgan materiallarning royxati qiymati va miqdori korsatiladi. Schetga temir yo’lning jonatuv kvitansiyalari, ishlarning qabul qilib olish dalolatnomalari, buyurtma - naryadning nusxasi, xatlar, hisoblagich (schetchik)ning korsatkichlarini ifodalovchi yozuvlar va boshqa hujjatlar hamda tolov uchun qoyilayotgan talabning togriligini tasdiqlovchi ma’lumotnomalar ilova etiladi.
Haridor, moliyalashtiruvchi bankdan inkassoga tushgan tolov schetini olgach, bank tomonidan belgilangan muddat ichida, schetda korsatilgan ma’lumotlarning togriligini tekshirib chiqib, tolov uchun rozilik yoki asoslangan holda aksentni inkor etishi lozim.
Тolovchining aksepti mavjud bolganda bank talab qilingan summani uning hisob raqamidan yoki moliyalashtirish schetidan chiqarib, yetkazib beruvchining tegishli bank muassasasidagi hisob raqamiga jonatadi. Agar haridor aksentni inkor etmoqchi bolsa, kelib tushgan yukni saqlab turish uchun qabul qilishi va bu haqda yetkazab beruvchiga xabar berishi kerak. Kelishmovchiliklar arbitraj orqali hal etiladi.
Demak, inkasso – bu haridor yoki buyurtmachidan, yetkazib beruvchi - mijozning topshirigiga kora uning uchun tolovni undirishni bank oz zimmasiga oladigan hisoblashish tartibi ekan. Bunda bank muhim davlat ahamiyatiga ega bolgan vazifani bajaradi, ya’ni u bunda faqatgina hisob – kitoblarning oz vaqtida amalga oshirishni nazorat qilish bilan bir qatorda, tolov uchun taqdim etilgan hujjatlarni sinchiklab tekshirib chiqish orqali ularning togriligini ham nazorat qiladi. Bankka inkassoga tushgan tolov talabnomalari aksentli yoki aksentsiz operatsiyalar tarzida qondiriladi.
Aksentsiz pul – hisob operatsiyalariga tolovchi tomonidan qoshimcha tekshiruvni talab qilmaydigan operatsiyalar kiradi. Gaz, suv, issiqlik, elektroenergiya va boshqa shunga oxshash xizmatlar uchun olchagichlar korsatkichiga asoslangan holda tolov uchun taqdim etilgan summalar aniq va shubxasiz bolib, majburiy tolovlar sanaladi.
Shartnomaga kora yoki tomonlarning boshqa majburiyatlariga taaluqli bolgan, qoshimcha tekshiruv va aniqlashlarni talab etuvchi boshqa barcha tolov turlari, aksent operatsiyalariga kiradi.
Akkreditiv – bir bankning boshqa bir bankka yetkazib beruvchining bajarilgan ish hajmi va turlari, tomonlar ortasidagi shartnomada kozda tutilgan majburiyatlarga kora korsatilgan xizmatlar uchun uning schetlari boyicha tolovlarni amalga oshirish uchun topshiriqdan iborat bolgan pul hujjatidir.
Haridor, yetkazib beruvchidan ishlar hajmining tugatilganligi yoki buyurtma berilgan mahsulotning tayyor ekanligi haqidagi pochta xabarnomasini olgach, oz bankiga akkreditiv ochishni rasmiylashtirish haqida ariza yozadi va bu akkreditiv yetkazib beruvchining bankiga jonatiladi.
Yetkazib beruvchi, oz nomiga akkreditiv kelganligi haqidagi pochta xabarnomasini olgach, 25 kunlik muhlat ichida (ba’zan tomonlar kelishuvi boyicha akkreditivning amal qilish muddati 45 kungacha uzaytiriladi) buyurtmachiga xaqi tolangan buyumni jonatishi shart. Akkreditivda korsatilgan summani bank yetkazib beruvchining hisob raqamiga yetkazib beruvchi tomonidan tolovchiga (haridorga, mijozga) yuklarning jonatilganligini tasdiqlovchi transport hujjatlarini taqdim etgandan keyin otkazadi.
Hisob – kitoblarning bu turi mahsulot yetkazib berish boyicha shartnomalarning bajarilishiga va tolovlarning oz vaqtida amalga oshishiga yordam bersada, u shu bilan bir qatorda ma’lum bir muddatga tolovchi pul mablaglarining harakati toxtab qolishiga olib kelib, ularning aylanuvchanligiga negativ ta’sir korsatadi.
Тashkilot boshqa shaharlardagi boshqa vazirlik va idoralarga qarashli bolgan yetkazib beruvchilar bilan doimiy hisob - kitob muloqotlariga ega bolib, shartnomaga kora mahsulot jonatilgach bevosita tolov amalga oshirilishi kozda tutilgan hollarda, maxsus schet ochiladi. Buning uchun moddiy resurslar buyurtmachisi bolgan tashkilot ozining bank muassasasidagi hisob raqamidan kerak boladigan pul mablaglarini yetkazib beruvchining bankiga otkazib, u yerda maxsus schet ochiladi. Yetkazib beruvchi tomonidan yuklar jonatilgandan song tolovga taqdim etilgan reestr – schetlarni aksentlash va pul mablaglarini xarajat qilish huquqiga, buyurtmachi tomonidan tayinlangan, tegishli ishonch yorligi bilan ta’minlangan vakil ega.
Bu turdagi hisob - kitoblarning kamchiliklari akkreditivlari bilan bir xil.
Тolov topshiriqnomalari bilan hisob – kitob yuritishning mohiyati shundaki, bunda buyurtmachi (haridor) bajarilgan ishlar, korsatigan xizmatlar, yetkazib berilgan materiallar uchun schet olgach, ozini moliyalashtiruvchi bankiga tolov topshiriqnomasini taqdim etadi va ozining hisob raqamidan mahsulot yetkazib beruvchining hisob raqamiga kirgazish uchun schet beruvchining bankiga pul otkazadi.
Amortizatsiya va boshqa ajratmalarni byudjetga otkazish operatsiyalari ham tolov topshiriqnomalari bilan amalga oshiriladi. Birja shahar hududida joylashgan korxonalar, tashkilotlar va mahsulot yetkazib beruvchilar ortasidagi hisoblashuvlarni bajarishda ham shu usuldan foydalaniladi. Uning qollanilishi, hisob - kitoblarning aksent turiga nisbatan schet taqdim etuvchilarning hisob raqamlariga pul mablaglarining kelib tushish jarayonini tezlashtiradi.
Rejaviy tolovlar boyicha hisob - kitoblar olib borish doimiy ravishda bir maromda materiallar yetkazib berib turilganda, tomonlar ortasidagi shartnomaga muvofiq xizmatlar korsatib turiladigan holatlarda qollaniladi. Bunda qurilish tashkiloti shartnomada korsatilgan shartlarga muvofiq ravishda bazis kareriga, sement zavodiga, tashib berilgan materiallar uchun avtokombinatga, bajarilgan ishlar va korsatilgan xizmatlar uchun ularning hisob raqamlariga har dekadada yoki kelishilgan boshqa muddatlarda pul mablaglarini reja boyicha otkazib tqurilishini amalga oshiradi. Тomonlar ortasida yakuniy hisob – kitob vaqti – vaqti bilan tekshirib chiqilgan hisobot ma’lumotlari va hujjatlari boyicha haqiqiy bajarilgan ish hajmiga qarab otkazib turiladi.
Cheklar orqali hisoblashish naqd pulsiz hiob - kitoblarning eng operativ turi hisoblanadi. Bu usul sotib olinayotgan materiallar, tovarlar, korsatilgan xizmatlar hamda transport tashkilotlari bilan hisoblashish uchun qollaniladi. Bunda tolov tegishli hisob – kitob operatsiyasi otkazilgan joyning ozida chek bilan amalga oshiriladi. Chek daftarchasini tolovchi – korxonalar bankdan aylanma mablaglar hisobidan yoki bu maqsadlar uchun ochilgan limit hisobidan oladilar. Chek daftarchalari limitlangan va limitlanmagan turlarga bolinadi.
Limitlangan, ya’ni ma’lum bir summa bilan chegaralangan chek daftarchalari bank muassasalari tomonidan ularda limit summasi yozilgan va korxonaning hisob yoki ssuda schetida aks ettirilgan holda beriladi. Limit summasi kutilayotgan tolov summasiga muvofiq ravishda tolovchi tomonidan talab qilinadi. Hisob – kitob operatsiyalarini rasmiylashtirish paytida ekspeditor ulgurji bazaning, magazinning yoki temir yo’l stansiyasining xazinachisiga (kassirga) tolov summasi korsatilgan chekni topshiradi. Limit qoldigi chekni qabul qilib olgan xazinchi (kassir) tomonidan chekning koreshogida tasdiqlanadi.
Limitlanmagan chek daftarchalari, ya’ni ma’lum bir summa bilan chegaralanmagan chek daftarchasi, odatda ishlab chiqarish dasturini doimiy ravishda bajarib kelayotgan va buning natijasida moliyalashtirish ahvolini yuqori saviyada bolishligini ta’minlayotgan korxonalar va qurilish tashkilotlariga beriladi. Limitlanmagan chek daftarchalari qanday maqsadlarda foydalanilsa, ulardan ham xuddi shu maqsadlarda foydalanilib, bu cheklar boyicha transport va boshqa tashkilotlar bilan mavjud bolgan doimiy hisob - kitoblar amalga oshiriladi.
Ekspeditordan olingan chekni transport va boshqa soha tashkilotlari korsatilgan summani tolovchining hisob raqamidan chiqarilishi va ularning hisob raqamlariga otkazilishi uchun bankka taqdim etadilar.
Kredit ishlab chiqarishga uni tashkil etilishini yaxshilash, ilmiy – texnika progressi yutuqlarini joriy etilishini tezlashtirish bilan iqtisodiy ta’sir korsatadi. Masalan, ishlab – chiqarish dasturini bajarish uchun moddiy resurslar zarur. Korxonaning oziga qarashli bolgan aylanma mablaglar odatda ularni sotib olishga yetishmaydi, shu sababli korxona qarz olish mumkin bolgan manbaalarga murojaat etadi. Olingan ssuda uchun bank foizi tolash, keyinchalik esa belgilangan muddatda qarzni toliq tolash kerak boladi. Bank foizini tolash uchun, yuqori darajada tashkil etilgan unumli mehnat hisobiga foyda olish kerak – foyda esa olingan ssuda uchun bank foizi tolash uchun asosiy manbaadir. Demak, bank krediti qurilish tashkilotinni reja korsatkichlarining (sozsiz) albatta bajarishga safarbar etadi.
Davlat kapitali mablaglash boyicha bank kreditlari xalq xojaligi rejasiga kiritilgan yangi qurilish ob’ektlarini, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirishni, ularni texnik jihatdan qayta qurollantirishni moliyalashtirishga yonaltiriladi. Banklar tomonidan bu maqsadlar uchun ajratiladigan ssudalar uzoq va qisqa muddatli boladi.
Uzoq muddatli kredit asosan tegishli ob’ektlarning smeta qiymati miqyosida asosiy fondlarni kengaytirish uchun berilib, bunda uning miqdori tashkilotning ushbu maqsadlarda foydalanishga moljallangan oz mablaglari summasiga kamaytiriladi. Yangi qurilish uchun ssuda, agar ob’ekt ishga tushirilgandan keyin besh yil ichida qoplanishi iqtisodiy hisob – kitoblar bilan isbotlangan xollarda beriladi. Yangi texnikani joriy etish, kengaytirish va rekonstruksiya qilish uchun ssuda kreditlanayotgan tadbirlarga qilinadigan xarajatlarning qoplanish muddati va samaradorligidan kelib chiqib ajratiladi.
Kredit olish uchun qarz oluvchilar bank muassasasiga kapital mablag uchun moljallanayotgan xarajatlarning samaradorligi va ssudani tolash muddatlari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan kredit taqdim etadilar. Kreditning yillik miqdori ssuda scheti ochilgan bank muassasasi bilan tashkilot ortasida tuzilgan kapital shartnomalarni moliyalashtirish rejasida belgilanadi.
Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish maqsadlari uchun olingan uzoq muddatli kredit boyicha ssudalar, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish fondi mablaglari hisobiga qaytariladi (tolanadi).
Qisqa muddatli kredit (bir yilgacha muddatga) asosan korxonalarning aylanma mablaglarini aylanishini ta’minlash uchun, qoshimcha pul mablaglariga vaqtinchalik ehtiyoj paydo bolganda ularni pul resurslari bilan ta’minlashga xizmat qiladi, chunki ularning sarflanish muddatlari mahsulotlarning realizatsiya qilinish va shunga muvofiq ravishda mablaglarning kelib tushish vaqti bilan togri kelmaydi.
Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish fondi mablaglari hisobiga amalda mavjud bolgan ishlab chiqarishni rekontruksiya qilish, texnik jihatdan qayta qurollantirish, yangi ob’ektlarni qurish muddatlari, ushbu fondda mablag shakllanish vaqtiga togri kelmay qolgan holatlarda, ularni moliyalashtirish uchun fond tiklangunga qadar, lekin bir yildan ortiq bolmagan muddatga bank kredit berib turadi (ajratadi).
Rejani bajarmaydigan, moliyaviy intizomga rioya qilmaydigan tashkilotlarga nisbatan qollaniladigan moliyaviy va kredit sanksiyalari, ularni toliq yoki qisman maxsus kreditlash va hisob – kitob yuritish tartibiga otkazishdan iborat. Bunday xolatlarda ssuda faqat yuqori tashkilot kafolati mavjud bolgandagina beriladi; bitta shaharda joylashgan yetkazib beruvchilar bilan materiallar va korsatilgan xizmatlar uchun hisob – kitob tolov topshiriqlari yoki limitlangan amalga oshiriladi (bu esa hisob raqamida pul bolgandagina mumkin boladi). Shu bilan birga vaqtning ozida qarzlar tolovida kechikishga yo’l qoyilgan kredit turlari boyicha ssuda berish toxtatiladi.
Rejaga kiritiladigan ta’mirlash ishlarining turlari, hajmi va qiymati bu maqsad uchun ishlab chiqiladigan loyiha – smeta hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Uni tuzish uchun boshlangich ma’lumot bolib yo’l ta’mirlash qurilish tashkilotining (DRSO) bolimlari tomonidan har bir yo’lning holatini aniqlash maqsadida otkaziladigan texnik tekshiruvning natijalari xizmat qiladi.
Yo’l tashkiloti bank muassasasiga avtomobil yo’llarini ta’mirlashni moliyalashtirish rejasini (bunda yo’l tashkilotlarining asosiy fondlarini kapital ta’mirlash xarajatlari alohida korsatib otiladi), yillik ta’mirlash xarajatlari summasini alohida ob’ektlar boyicha taqsimlanishi haqidagi ma’lumotnomani va ta’mirlash ishlarining smeta – texnik hujjatlari tasdiqlanganligi haqidagi ma’lumotnomani taqdim etadi. Moliyalashtirish boshlangunga qadar bank hujjatlarda korsatilgan ma’lumotlarning togriligini yo’l tashkiloti hujjatlarining asl nusxalari boyicha tekshirib chiqadi (moliyaviy reja, natural va pul korinishidagi ta’mirlash rejasi, loyiha – smeta hujjatlari, loyiha – smeta hujjatlari tuzilmaydigan ishlar boyicha esa smeta yoki baholangan ishlar royxati).
Тabiiy ofatlar oqibatlarini tugatish boyicha ta’mirlash ishlari defektlar vedomosti, donabay baholashlar va zarur holatlarda buzilgan kopriklar, trubalar va boshqa inshootlar uchun keyinchalik loyiha – smeta hujjatlari tuziladigan ishchi chizmalar mavjud bolgandayoq boshlanishi mumkin. Loyiha – smeta hujjatlari ishlar tugatilgach, bir oylik muddat ichida moliyalashtiruvchi bankka taqdim etilishi kerak.
Yo’l tashikloti hisob schetidan ozining yo’l ta’mirlash qurilish boshqarmalariga ishlash uchun kerak bolgan mablaglarni otkazadi, yo’l tashkiloti adresiga kelib tushayotgan resurslar uchun tolovlarni amalga oshiradi, ozining ma’muriy – boshqaruv apparatini ta’minlaydi. Hisob scheti orqali yo’l tashkiloti davlat byudjeti, kredit operatsiyalari boyicha bank va yuqori tashkilot bilan ozining ozaro munosabatlarini olib boradi. Hisob schetidan maxsus schetga korxonaning oziga qarashdi asosiy fondlarning amortizatsiyasi otkaziladi va boshqa tolovlar bajariladi.
Yo’l tashkilotlarining ishlab chiqarish bolimlariga ular joylashgan hududdagi bank muassasasida uchta schet ochiladi: bolimning joriy scheti, yo’l tashkilotining hisob subscheti va ssuda subscheti.
Bolimlarning joriy schetlariga yo’l tashkiloti ish haqi (mukofotlar bilan birga) boyicha hisob – kitob qilish, ijtimoiy sugurta, komandirovka va xojalik xarajatlari, moddiy ragbatlantirish fondi va boshqa ishlab chiqarishga tegishli bolmagan kirim mablaglarini otkazadi.
Hisob subscheti yo’l ta’mirlash qurilish tashkilotining materiallar yetkazib beruvchilar, korsatilgan xizmatlar uchun chet tashkilotlar bilan hisob – kitob qilishga, limitlangan chek daftarchalari sotib olishga va boshqa tolovlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Hisob subschetiga mablaglar faqat ozlarining yo’l tashkiloti hisob schetidangina kelib tushadi. Subschetga boshqa hech qanaqa mablag kelib tushmaydi.
Yo’l ta’mirlash - qurilish tashkilotining bajargan ishlari va korsatgan xizmatlari uchun barcha tolovlar yo’l tashkilotining hisob schetiga kirim qilinadi. Yo’l ta’mirlash - qurilish tashkilotining subchetida qolgan mablag qaytadan yo’l tashkilotining hisob schetiga qaytarilmaydi.
Yo’l tashkiloti amaldagi instruksiyalarga muvofiq ravishda, ta’mirlash ishlari uchun sezonga yetarli materiallarni tayyorlab qoyish, moddiy boyliklar va korsatilgan xizmatlar uchun yetkazib beruvchilarning schetlarini tolash, xizmat korsatiladigan yo’llarda boshqa (pudratchi) tashkilotlarining bajargan ta’mirlash ishlari uchun schetlarini tolash va boshqa maqsadlar uchun bank kreditlaridan foydalanishi mumkin. Qisqa muddatli kreditlash boyicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun yo’l tashkiloti ssuda schetiga, yo’l ta’mirlash - qurilish tashkilotlari esa ssuda subschetlariga ega bolishlari mumkin. Ssudani olishda yuridik shaxs yo’l tashkiloti boladi. Yo’l tashkilotlarining moliya xojaligi ular bajaradigan vazifalarning xilma – xilligi tufayli ancha murakkabdir. Ular quyidagilar: moliyaviy rejalashtirish, moliyaviy resurslarni toplash, rejaga kiritilgan ishlarni moliyalashtirishni tashkil etish, toliq xojalik hisobi va oz – ozini moliyaviy ta’minlash tamoyillariga amal qilgan holda quruvchi va ish bajaruvchi vazifalarini bajarish.5
Xulosa
Iqtisodiy va ijtimoiy muammolarga kompleks yondashuv, ularning tarmoqlararo va rayonlararo miqyosida yechimini talab qiladi. Bunday yondashuv tarmoqlararo aloqalarga bogliq bolmagan ozaro boglanishlarni hisobga olish imkonini yaratadi. Haqiqatdan ham, tarmoqlarning rejalarida boglovchi zanjir sifatida miqdor korsatkichlarining alohida olingan bir tarmoq miqyosida ozib borishi hisobga olinadi. Kompleks yondashuvda esa iqtisodiy tizim faoliyati, oraliq natijalarga emas, balki oxirgi natijaga erishishga yonalgan bolib, xalq xojaligi talablariga qaratiladi.
Avtomobil transporti - bu texnik-iqtisodiy tizim. Faoliyat korsatish maqsadi, tarkibiy tuzilishi, foydalaniladigan resurslar va natijalarni baholash nuqtai nazaridan qaralganda, u alohida, nisbatan bir-biriga bogliq bolmagan kichik tizimlarning majmuidan iborat. Ana shunday kichik tizim (podsistema)larning biri «Avtotransport korxonasi» (AТK) bolib, uni faoliyat korsatishining asosiy maqsadi tashish jarayonini texnik jihatdan soz harakatlanuvchi qism bilan ta’minlashdir. Ushbu maqsadga erishish darajasi birinchi navbatda transport vositalarining soni, harakatlanuvchi qism narxining tarkibiy tuzilishi, hamda texnik va tasarruf xizmatlarining faoliyatlariga bogliq boladi. Bu xizmatlarning birinchisi umumiy maqsadga erishishda kerak boladigan avtomobillarning tashishda kerak boladigan avtomobillarning tashishga tayyorgarligini ta’minlash bolsa, ikkinchisi esa, harakatlanuvchi qism ishini rejalashtirish, hisobga olish, nazorat qilish va foydalanish samaradorligini ta’minlashdan iborat boladi.
Boshqa kichik tizim (podsistema) - «Yuklarni qayta ishlash» - yuklarning ortishi va tushirilish jarayonlarini amalga oshiradi;
Bu podsistemaning faoliyati samaradorligi asosan yuklash-tushirish vositalarining soni, joylanishi va texnikaviy saviyasiga bogliq boladi.
Avtomobil transporti alohida tizim sifatida barcha kichik tizimlar (podsistemalar) maqsadlarining yagonaligi, ya’ni xalq xojaligini tashishga bolgan talablarini qondirish bilan tavsiflanadi.
Avtomobil transportining umumlashtiruvchi xarakteristikasi uncha tegishli bolgan barcha kichik tizimlar (podsistemalar) ishini, ularning ozaro boglanishlarini, hamda ularning faoliyat korsatuvchi imkoniyatlarni hisobga oluvchi korsatkich-uning ishining ishonchligi hisoblanadi.
Avtomobil transporti ishining ishonchliligi tushunchasi oz ichiga xalq xojaligining transporti bolgan talablarini belgilangan muddatlar va tasarruf korsatkichlari miqyosida va belgilangan vaqt oraligida qondirishdan iborat. Тashish ishonchliligining miqdoriy xarakteristkasi bolib, belgilangan hajmdagi yukni belgilangan vaqt mobaynida tashib, ya’ni yetkazib berish tushuniladi. Shu sababli, avtomobil transporti faoliyatini rejalashtirish, belgilangan vaqt mobaynida talab etilayotgan transport xizmatlarini betoxtov bajarilishini ta’minlashga qaratilgan texnik-iqtisodiy korsatkichlari bolishi kerak.
Avtomobil transportining (ishonchli) uzluksiz ishlashini turli tashkiliy va texnik tadbirlar yordamida erishish mumkin: harakatlanuvchi qism tarkibini va avtokorxonaning katta-kichikligini ozgartirish hisobiga, yuklash-tushirish vositalarining sonini va unumdorligini oshirish hisobiga va hokazo. Bunday tadbirlarning har qaysisi oziga yarasha xarajatlar talab qiladi, shuning uchun avtomobil transportining faoliyat korsatishini va rivojlanishini ta’minlash uchun tadbirlarning iqtisodiy jihatdan eng qulay variantini tanlash kerak boladi.
Avtomobil transportining regional texnik-iqtisodiy tizimida yana bir (kichik tizim) podsistema - «Yo’l xojaligi» (YХ) ham faoliyat korsatadi. U tashish jarayonini transport kommunikatsiyalari bilan ta’minlaydi, avtomobil transporti harakatlanuvchi tarkibining ish unumdorligini oshirish uchun zarur bolgan shart sharoitlarni yaratadi, avtomobil yullarning zichligini ozgartirish, geometrik omillariga va ularni avtomobil transporti tomonidan tasarruf etilishi intensivligiga bogliq ravishda ularning texnik-tasarruf holatlarini ta’minlaydi.
Mamlakat transporti kompleksida - avtomobil transporti foydalaniladigan yer transport kommunikatsiyalarining nomi tilga olinmagan yagona transport turi hisoblanadi. Albatta, bu yerda gap faqat nomlanish haqida emas, balki juda kop regionlarda avtomobil transporti va yo xojaligi ozaro bir-birlaridan ajratib qoyganligi haqida bormoqda. Bu esa oz navbatida shunga olib keldiki, avtomobil transporti avtomobil yo’llarining rivojlanishida oz xojaliklari daromadidan faqat 2% ajratma berish bilangina ishtirok etadi. Natijada bir tomondan transportning rivojlanishi jarayoni, ikkinchi tomondan «Yo’l xojaligi» va yo’llarning rivojlanishi u hyoki ozaro bir-biriga bogliq bolmagan jarayonlar kabi bormoqda, xolbuki ular ob’ektiv ravishda bir-birlarini taqozo etadilar.
Avtomobil transporti boshqa transport turlaridan bir qator oziga xos bolgan farqlarga ega, xususan, unga doimo yangi yuk turlarini ozlashtirib borishga togri keladi.
Avtomobil transportida ishlab chiqarishni AТK yoki YХ (kichik tizimlarida) podsistemalarida konsentratsiyalashtirish ob’ektiv jihatdan chegaralangan. Boshqa transport turlaridagiga nisbatan avtomobil transportida yuk jonatuvchi va yuk qabul qiluvchi punktlarning xududiy joylashuvi farq qiladi. Bu oz navbatida kop miqdordagi avtotransport va yo’l korxonalarining mavjud bolishligini taqozo qiladi. Natijada ozaro bir-biri bilan bogliq bolgan koplab masalalarni joy-joyida tezkorlik bilan hal etish uchun, xududiy jihatdan tarqoq joylashgan koplab korxona va tashkilotlarni boshqarish tizimini va uslublarini ishlab chiqishga ehtiyoj tugiladi.
Shu bilan birga, bir vaqtning ozida, avtomobil transporti tizimiga kiruvchi, yagona texnik – iqtisodiy siyosat va resurslar balansiga asoslangan barcha birlamchi zvenolar xududiy-tarmoq kompleks boshqaruvining tashkiliy qismlari bolishlari kerak boladi. Bunda shuni hisobga olmoq kerakki, avtomobil transporti boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish omili hamda mamlakat iqtisodiy potensialining muhim elementlardan biri sanaladi.
Avtomobil transportida xududiy-tarmoq boshqaruvining kompleks tizimini tashkil etish xalq xojaligining bir qator tarmoqlari va shaxobchalarini yagona avtomobil – yo’l kompleksiga birlashtirishni talab qiladi (rasm 1.1.)
Mamlakatning avtomobil-yql kompleksini rejalashtirish va boshqarish, uning faoliyat korsatishi va rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari va barcha shaxobchalarning birligini hisobga olgan holda pirovard maqsadni kozlagan holda amalga oshirishi kerak.
Avtomobil yo’l kompleksi barcha elementlarining umumiy maqsadi xalq xojaligi va ahvolining yuklar va yo’lovchilar tashishga bolgan ehtiyojini qondirishdan iborat. Bu maqsad xalq xojaligi va aholining alohida transport xizmati turlariga va resurslarga bolgan talablarni qondirish boyicha xususiy maqsadlarining umumiy majmuidan tashkil topadi. Majmuaning hamda kompleksning tarkibi transportga bolgan talabni koz oldimizga keltirishga toliq mos keladi.
Avtomobil – yo’l kompleksi faoliyati va rivojlanishining mezoni sifatida transportga bolgan talablarni qondirish uchun sarflanadigan ijtimoiy (jonli va buyumlashgan) mehnat miqdori qabul qilinishi mumkin.
Korib chiqilayotgan kompleksda tarmoqchalar orasida ma’lum bir ozaro boglanishlar mavjud, masalan, harakatlashuvchi qism soni bilan avtomobil yo’llarining transport-ekspeditsion korsatkichlari orasida, yuk tashish hajmining (ma’lum chegaralarda) osishi bilan avtomobillar ishlab chiqarish ortasida (tabiiyki, AТKning katta kichikligi ortasida), hamda yo’llarning umumiy uzunligi ortasida. Avtomobil yo’llari zichligining ortishi tashish masofalarining qisqarishiga va shu orqali yuklarni yetkazib berish tezligining ortishiga olib keladi. Natijada bir avtokorxona (soni va tarkibi ozgarmagan holda) koproq hajmdagi yukni tashish imkoniyatiga ega boladi.
Shunday qilib, yo’l xojaligini samarali olib borish, butun avtomobil – yo’l kompleksining ishlashini, ishlab chiqarish va moddiy resurslar tejamini ta’minlab, ijtimoiy ishlab chiqarishning intensivlashuviga, ya’ni hududlarning (birinchi navbatda qishloq xojaligi) ozlashtirilishiga, hududiy ishlab chiqarish komplekslarining va sanoat korxonalarining rivojlanishiga imkon yaratadi.
Yo’l xojaligi oz tarkibiga shahardan tashqarida bolgan barcha umumfoydalanish avtomobil yo’llarini, hamda bu yo’llarni ta’mirlash va yaroqli holatda bolishligini ta’minlovchi korxona va tashkilotlarni oladi. Shahar ichida bolgan kocha va yo’llar shahar obodonlashtirish tashkilotlari bilan birgalikda uy-joy kommunal xojaligi va aholiga maishiy xizmat korsatish tarkibiga kiradi. 80-yillarning ortalarida shahardan tashqarida bolgan umumfoydalanish yo’llarining uzunligi 1 mln. km.ni tashkil etar edi. Bu yo’llarning asosiy qismi qattiq qoplamaga ega.
Umum foydalanish avtomobil yo’llaridan tashqari, mamalakatimizda sanoat, qishloq xojaligi va notransport tashkilotlarga kirib borish uchun xizmat qiladigan korxona va idoralarga tegishli yo’llar ham mavjud. Bunday yo’llarning umumiy uzunligi shaharlardan tashqaridagi umum foydalanish yo’llari uzunligining 1g3 qismini tashkil etadi. Bu yo’llarning ham kopchilik qismi qattiq qoplamaga ega. Idora va tashkilotlarga tegishli bolgan yo’llar yo’l xojaligi tarkibiga kirmaydi. Ular tegishli tashkilot va korxonalarning mulki sanalib, ulardan inshoot sifatida foydalaniladi. Bu yo’llarni ta’mirlash va yaroqli holda ushlab turish shu korxonalarning zimmasiga yuklatilgan.
Shuni ham e’tiborga olmoq kerakki, avtomobillarda foydalanilayotgan juda kop yo’llar egasiz bolib, statistika organlari tomonidan hisobga olinmagan.
Juda kop qishloq aholi punktlari uchun bunday yo’llar yagona aloqa yo’llari bolib, ularning kop qismi qattiq qoplamaga ega emas va avtomobillardan foydalanishda me’yordagi shart sharoitlarga ega emas. Тransportning kompleks muammolari institutining muammolariga kora Rossiyada ana shunday hisobga olinmagan shahardan tashharidagi yo’llarning umumiy uzunligi 2,8 mln. km.ni tashkil etadi. Kelajakda xuddi shunday yo’llarning hisobiga, umumfoydalanish korxona hamda idoralarga tegishli yo’llar uzunligining ortishi kutiladi.
Shaharlardan tashqarida joylashgan umumfoydalanish avtomobil yo’llarining 6,8 % umumdavlat ahamiyatiga egalari esa mos ravishda 12,8; 15,2 va 65,2% ni tashkil etadi.
Ekspertlarning baholashicha mamlakat miqyosida avtomobil transportida bajariladigan yuk oborotining 65% shaharlardan tashqaridagi avtomobil yo’llarida bajariladi. Yo’llardan esa bir maromda foydalanilmaydi. Umumdavlat va Respublika miqyosida ahamiyatga ega bolgan yo’llarning umumiy uzunligi 19,6% ni tashkil etgan holda shaharlardan tashqarida bajariladigan transport ishining 60% shu yo’llarda bajariladi. Shaharlardan tashqarida joylashgan umumfoydalanish yo’llarida transport ishining taqsimlanishi quyidagi korinishga ega.:
-yo’llarning eng kop yuklangan 20% uzunligida shahardan tashqaridagi transport ishining 80% ish bajariladi. Yo’llar uzunligining 60% da transport ishining 95% ga yaqini bajariladi. Yo’llarning 17% maksimal otkazish qobiliyatiga yaqin bolgan intensivlikka ega. Yo’llarning anchagina qismida qoplamaning mustahkamligi yo’l qoyilishi mumkin bolgan minimaldan past.6
|
| |