II.4. AVTOMOBIL YO‘LLARINI REKONSTRUKSIYA QILISH VA QURISH ISHLARIGA YO‘NALTIRILAYOTGAN MABLAG’LARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI




Download 139,61 Kb.
bet18/21
Sana09.01.2024
Hajmi139,61 Kb.
#133434
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
yo\'l xo\'jaligi bitgani

II.4. AVTOMOBIL YO‘LLARINI REKONSTRUKSIYA QILISH VA QURISH ISHLARIGA YO‘NALTIRILAYOTGAN MABLAG’LARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI.


Agar yo‘llarni xalqaro va mahalliy ahamiyatiga qarab toifalasak, 1-toifadagi yo‘llar yirik xalqaro avtomagistrallar bo‘lsa, bizning o‘zimiz va ko‘zimiz o‘rgangan 4 polosali yo‘llar 3- va 4-toifadagi yo‘llar hisoblanadi. Avtomobil yo‘llar qo‘mitasining endilikda sobiq rahbari Abdurahmon Abduvaliyev ham (1 km = 950 ming AQSh dollari) aynan shunday toifadagi yo‘llarni nazarda tutgan edi.
Boshqa davlatlarda... 
2022 yil ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada 3-toifadagi 1 kmli yo‘lni qurish uchun 56 mln rubl (hozirda taxminan 620 ming AQSh dollari) sarflanar ekan. “Rossiya transporti” nashrining qo‘shimcha qilishicha, AQShda bu ko‘rsatkich 270 million rublga (qariyb 3 mln dollar), Xitoyda esa 226 million rublga (2,5 mln dollar) yetadi. 
Shuningdek, qo‘shni Qozog‘iston 2020 yilda 1-toifadagi yo‘lning bir kilometri (to‘rt polosali va undan ortiq) uchun o‘rtacha 800 mln tenge (1,8 mln dollar), 2-toifali yul qurilishiga esa 400 mln tenge (910 ming dollar) mablag‘ sarflangan. 
Ukrainada esa Avtomobil yo‘llari davlat agentligi 2020 yilda asfalt-beton qoplamali birinchi toifali avtomobil yo‘lining 1 km yangi qurilishiga o‘rtacha 170,6 mln grivna (4,6 mln dollar), 2-toifadagi huddi shunday yo‘l uchun o‘rtacha 77,4 mln grivna (2,1 mln dollar), 3-toifa uchun 69,6 mln grivna (1,89 mln dollar) hamda 4-toifidagi yo‘l qurishga 39,4 mln grivna (1,071 mln dollar) xarajat qilinganini ma’lum qilgan. 


Yuqorida nomi keltirib o‘tilgan davlatlar esa O‘zbekistonning yo‘l qurilishi narxlaridan ko‘p farq qilmasa-da, dunyoning yo‘l sifatiga ko‘ra reytinglarida qaysidir o‘rinlarga ega. Masalan, “Quality of roads”ning 2022 yil so‘ngida taqdim etgan 141 talik reytingida: 

  • AQSh – 17-o‘rin;

  • Turkiya – 31-o‘rin;

  • Xitoy – 45-o‘rin;

  • Qozog‘iston – 93-o‘rin;

  • Rossiya – 99-o‘rin;

  • Ukraina – 114-o‘rinlarni band etgan. O‘zbekiston bu ro‘yxatda ham yo‘q. 


Download 139,61 Kb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Download 139,61 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.4. AVTOMOBIL YO‘LLARINI REKONSTRUKSIYA QILISH VA QURISH ISHLARIGA YO‘NALTIRILAYOTGAN MABLAG’LARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI

Download 139,61 Kb.