• Avtoyo‘llarning zamonaviy, keng tarmoq otgan tarmog‘ini yanada takomillashtirish quyidagi yo‘nalishlarni nazarda tutadi
  • Yo‘l harakati xavfsizligi va ishonchliligi darajasini quyidagilar orqali oshirish nazarda tutilmoqda
  • Quyidagilar avtomobil yo‘llari tayanch tarmog‘ini barpo etishning bosh prinsiplariga aylanishi kerak




    Download 139,61 Kb.
    bet3/21
    Sana09.01.2024
    Hajmi139,61 Kb.
    #133434
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    yo\'l xo\'jaligi bitgani

    Quyidagilar avtomobil yo‘llari tayanch tarmog‘ini barpo etishning bosh prinsiplariga aylanishi kerak:

    • mamlakatning yo‘l tarmog‘idan va ichki hamda tashqi hududlarga chiqish yo‘llaridan teng foydalanish imkoniyatlari;

    • yo‘l tarmog‘i faoliyatining iqtisodiy samaradorligi;

    • avtoyo‘l marshrutlarini mintaqalararo va xalqaro avtomobilda tashishning maksimal samaradorligini ta'minlaydigan tarixan yuzaga kelgan yoki eng qisqa yo‘nalishlar bo‘yicha geosiyosiy vaziyatni hisobga olgan holda shakllantirish zarur;

    • transportning har xil turlaridan foydalangan holda eng iqtisodiy intermodal tashuvlarni rivojlantirishga imkon qadar ko‘maklashish maqsadida transport magistral turlarining transport kommunikatsiyalari, tugunlari va terminallariga kirishni ta'minlash.



    Avtoyo‘llarning zamonaviy, keng tarmoq otgan tarmog‘ini yanada takomillashtirish quyidagi yo‘nalishlarni nazarda tutadi:

    • respublika va xalqaro transport tizimiga samarali integratsiyalashish uchun respublika, viloyat, tuman va shahar uchun eng muhim bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olib, yagona, ichki tarmoqlangan va tashqi integratsiyalangan transport makonini shakllantirish;

    • G‘arb va Sharqni hamda Shimol va Janubni bog‘laydigan, xalqaro va viloyatlararo avtomobilda tashishning o‘ziga jalb etuvchanligi, raqobatbardoshligi, shuningdek samaradorligini ta'minlaydigan mamlakatning yagona transport tarmog‘idan iborat bo‘lgan umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llari tayanch tarmog‘i saqlanishini ta'minlashni yanada takomillashtirish;

    • pulli asosda va davlat-xususiy sheriklik asosida tezyurar avtomagistrallar (avtobanlar), tunnellar va avtomobillar yo‘llari yaratish;

    • viloyat, mahalliy va shahar avtomobil yo‘llarini yanada rivojlantirish, ular ta'mirlanishi va tegishlicha saqlab turilishini ta'minlash.

    Yo‘l harakati xavfsizligi va ishonchliligi darajasini quyidagilar orqali oshirish nazarda tutilmoqda:

    • avtoyo‘llarni harakatlanishni tashkil etishning texnik vositalari bilan jihozlashni davom ettirish, yo‘l harakatini boshqarishning va ular texnik holatini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish;

    • ixtisoslashgan oliy va o‘rta-maxsus o‘quv yurtlarida mutaxassislarni ishlab chiqarishdan ajratmagan holda sirtqi tayyorlash kurslarini tashkil etish;

    • yetakchi xorijiy o‘quv yurtlarida o‘qitish kurslarini va tajriba almashish bo‘yicha xorijiy kompaniyalarda amaliyot o‘tashni, shuningdek xorijlik mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilgan va taklif etgan holda seminarlar tashkil etish;

    • qulay va xavfsiz harakatlanishni ta'minlash uchun avtoyo‘llarni tegishlicha ekspluatatsiya qilish, shuningdek avtoyo‘llarni ekspluatatsiya qilishda yo‘l harakati xavfsizligini va favqulodda vaziyatlarni nazorat qilish bo‘yicha organlar bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish tizimini takomillashtirish.

    • Rivojlangan, zamonaviy yo‘l chetidagi infratuzilmani yaratishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:

    • yo‘l chetidagi servis va xizmatlarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;



    Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish va arxitektura-landshaft dizaynini yanada rivojlantirish hamda avtomobil yo‘llariga tutash hududlarda transportning bulg‘ashi va tashlanmalarining salbiy ekologik ta'sirini kamaytirish choralari quyidagi yo‘nalishlarni ko‘zda tutadi:

    • avtomobil yo‘llarini qurish va qayta qurish loyiha hujjatlari tarkibida ko‘kalamzorlashtirish, arxitektura-badiiy loyihalash va landshaft dizayni ishlarini kiritish;

    • ilg‘or zamonaviy texnologiyalar va xalqaro tajribalarning keng qo‘llanilishini hisobga olgan holda tomchilab sug‘orish tizimini bosqichma-bosqich tatbiq etish;

    • “O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish” UK korxonalarining manzarali o‘simliklar ixtisoslashtirilgan ko‘chatxonalarida yetishtirilgan yashil ko‘chatlaridan foydalanishni bosqichma-bosqich kengaytirish, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining yashil ko‘chatlar, butalar va gullarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta'minlash.



    Download 139,61 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 139,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quyidagilar avtomobil yo‘llari tayanch tarmog‘ini barpo etishning bosh prinsiplariga aylanishi kerak

    Download 139,61 Kb.