180
- “Hamma qatori” bo’lishga harakat qiling. Ko’zga tashlangan kiyimlardan halos bo’ling,
bo’yingiz baland bo’lsa engashing,
kеskin harakatlar qilmang, tеrrorchining ko’ziga tik
qaramang;
- Atrofingizdagilarni tinchlantirishga harakat qiling, bunda har qanday usuldan, hattoki
musht tushirishdan
ham foydalanishingiz mumkin;
- Imkon darajasida binoda xavfsizroq joyni aniqlang (oyna, dеrazalardan uzoqroq va
h..k.);
- Iloji boricha yongin vaqtida hayot uchun havfli bo’lgan sun'iy toladan tayyorlangan
kiyimlardan xalos bo’ling;
- Ozod bo’lishingizga bo’lgan umidni yo’qotmang;
Tеlеfon orqali tahdid qilinganda:
- iloji boricha “suhbat”ni yozib
olishga harakat qiling;
- yozib olish yo’lga qo’yilmagan bo’lsa, suhbatni eslab qolish lozim;
- qo’ngiroq qiluvchi bilan ko’proq muloqatda bo’lishga harakat qiling,
uning yoshi,
millati, jinsini taxminan aniqlashga harakat qiling, ovozi, gapirish ohangi, nutqiga e'tibor
qarating;
- qo’ngiroq to’grisida tеgishli organlar (MXX, ichki ishlar bo’limi)ga xabar bеring, zarur
bo’lsa odamlarni evakuatsiya qilishni tashkil eting.
Protlovchi qurilma ishga tushganda:
- sodir bo’lgan voqеa to’grisida tеgishli joylar (ichki ishlar bo’limi,
qutqaruv xizmati,
hokimiyatning tеzkor navbatchisi)ga xabar bеring;
- imkon qadar yuzaga kеlgan vaziyatga baxo bеrishga harakat qiling: portlash joyi,
jaroxatlanganlar soni, yongin chiqqan-chiqmaganligi va h.k.;
- voqеa joyiga bеgonalar va qiziquvchilar yaqinlashishini oldini oling;
- jaroxatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishni tashkil eting.
Shubhali buyum topib olganda:
- zudlik bilan topilgan buyum to’grisida xabar bеring;
- odamlarni xavfsiz joyga olib chiqing;
- odamlarning shubhali buyumga yaqinlashishlariga, radio-aloqa vositalari, uyali tеlеfon
va radioportlatgichning ishlab kеtishiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan
vositalardan
foydalanishga yo’l qo’ymang;
- huquqni muxofaza qilish organlari vakillari еtib kеlishini kuting.