|
O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filialiBog'liq hayot faoliyati xavfsizligi kitobXavflar taksonomiyasi.
Taksonomiya - bu murakkab xodisalar, tushunchalar va
ob’ektlarni sinflashtirish va sistemalashtirish xaqidagi fandir. Taksonomiya so’zi xavflarni
qonun bo’yicha joylashtirish degan ma’noni beradi. Modomiki xavf ko’p belgilarga ega bo’lgan
murakkab ierarxik tushunchadir. Faoliyat xavfsizligi soxasidailmiy bilimlarni tashkil kilishda
xavflarni taksonomiyalash muxim rol o’ynaydi va ularning tabiatini chuqur bilishga undaydi.
Xozircha xavflarning yetarlicha to’liq mukammal taksonomiyasi yaratilmagan. Bu o’qituvchi va
olimlar oldida kelgusida juda katta ilmiy izlanishlar olib borishni ko’rsatadi.
Xavflar nomenklaturasi.
Nomenklatura - ma’lum belgilariga ko’ra sistemalashtirilgan
xavfli nom va so’zlar ro’yxatidir. Xozirgi kunda xavflarning nomenklaturasini umumiy xolda
alfavit tartibida quyidagicha keltiramiz:
Ajal, alanga, alkogol, vakuum, vulkan, vaxima, gaz, gerbisid, dard, dinamik zo’riqish,
yemirilish, yomg’ir, yong’in, zo’riqish, zaxar, zilzila, ifloslanish, ichkilik, kasallik, kamchilik,
kuyish,lat yemoq, loyqalanish, lazer nurlari, magnit maydoni, momaqaldirok, meteoritlar,
mikroorganizmlar, namlanish, pulsasiya, pasayish, radiasiya, rezonans, sog’aymok, sag’lanish,
sirpanish, tebranish, tok urishi, toymoq, o’zilish, yashin urmoq, ultratovush, xujum, xavf,
charchash, shamol, shovkin, elektr toki, elektr maydoni, yaxmalak, yadro.
Aniq ilmiy izlanishlar olib borilganda, xar bir aloxida ob’ektlar uchun (ishlab chiqarish,
sexlar, ish joylari, jarayonlar, kasblar va xakozo) xavflar nomenklaturasi tuziladi.
Xavflar kvantifikasiyasi.
Kvantifikasiya
-
murakkab tushunchalarning sifatini
aniqlashda sonli tavsiflarni joriy qilishdir. Amalda kvantifikasiyaning sonli, balli va boshqa
usullari qo’llaniladi. Xavflarni baxolashning eng keng tarqalgan usuli tavakkaldir.
Xavflar identifikasiyasi.
Identifikasiya - deganda xayot faoliyatini ta’minlashga
yo’naltirilgan oldini olish va tezkor tadbirlarni yaratishga zarur va yetarli bo’lgan sonli,
1
Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington,
Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7. p 2-8.
3
vaqtinchalik, fazoviy va boshqa tavsiflarni topish va aniqlash jarayonini tushunamiz.
Identifikasiya jarayonida aniq masalalarni yechish uchun muxim bo’lgan xavflar nomenklaturasi
va ularning paydo bo’lish extimolligi, joyini yakkalash, ko’zda tutilgan zarar va shunga o’xshash
o’lchamlari aniqlanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali
|