8
Aprior taxlilda izlanuvchi berilgan sistema uchun potensial bo’lishi mumkin bo’lgan,
shunday ko’ngilsiz xodisalarni tanlaydi va ularning sodir bo’lishiga olib keluvchi xar xil xolatlar
xolatlar to’plamini tuzishga intiladi. Aposterior taxlil ko’ngilsiz xodisalar ro’y bergandan keyin
o’tkaziladi. Bundan taxlilning maqsadi - kelajak uchun tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. Bu
ikki uslub bir-birini to’ldiradi. Taxlilning to’g’ri (aprior) usuli oqibatni ko’rish uchun sabablarni
o’rganadi. Teskari usulda sabablarni aniqlash maqsadida
oqibatlar taxlil qilinadi, ya’ni taxlil
asosiy xodisadan boshlab o’rganiladi. Ikkalasida xam oxirgi
maqsad xamma vaqt xar qanday
ko’ngilsiz xodisalarning oldini olishdir. Birlamchi xodisalarning paydo bo’lish extimolligi va
chastotasini bilgan xolda, pastdan yuqoriga xarakatlanib, asosiy xodisaning yuz berish extimolini
aniqlash mumkin. Xavfsizlikni taxlil qilganda eng asosiy muammo sistemaning ko’rsatkichlarini
aniqlash yoki uni chegaralashdir. Agar sistemaning chegarasi juda tor qo’yilgan bo’lsa unda
tarqoq, tizimiylashmagan oldini olish chora-tadbirlarini xosil qilishga imkoniyat paydo bo’ladi,
ya’ni ayrim xavfli xolatlar diqqatdan chetda qolib ketadi. Boshqa tomondan, agar chegara juda
keng qo’yilsa
unda taxlil natijalari umumiy, noanik bo’lib qolishi mumkin. Umumiy xolda
yondoshish xodisani aniqlashdan iborat, ya’ni berilgan aniq xolatda oldini olish tadbirlari orqali
ta’sir qilish mumkinligini ko’rsatadi.
Hayot davri (sikl)ning bosqichlari
Bosqichlarda, xavfsizlikning barcha talablari
xisobga olingan xolda, to’lik faoliyat sikli
xosil
qilinadi, ya’ni: ilmiy fikr;
ilmiy izlanish ishlari; konsturktorlik ishlari; loyixa;
loyixani
amalga oshirish; sinash;
ishlab chiqarish; tashish; foydalanish; takomillashtirish va to’zilishini
uzgartirish; saqlashga
kuyish va bartaraf qilish; yo’q qilish. Xavfsizlik talablarini o’z vaqtida
xisobga olish faqat texnik shartlargagina emas balki iktisodiy qarashlarga tayanadi.