9
“Inson-muxit”, “inson-ishlab chiqarish” va boshqa tizim (sistema)lar murakkab ko’p
tenglamali va qismli tashkil qiluvchilardir. Xavflar identifikasiyasini ijobiy yechishda bu
tizimlarni taxlil jarayonida tashkil qiluvchilarga ajratish (dekompozisiya qilish) muximdir.
Umumiy xolda ular element (qism)larga ajratiladi. Chegaralangan faoliyat sharoitida bu element
(qism)lar aniqlashtiriladi. Faoliyatni tashkil qiluvchilarga ajratish bir ma’noda
xavf va uning
xavfli turkumlarini aniqlashga imkon beradi. Shuning uchun faoliyatni loyixalashda ma’qul
bo’lgan manba ma’lumotlaridan foydalanilgan xolda uni yetarli darajada detallashtirish
(elementlarga ajratish) va xavfli xususiyatlarini aniqlash muximdir.
Insonni hayot faoliyati uni urab turgan atrof-muhitda mavjud bo‘lib,
u har xil omillar
ta’sirida kechadi. Bu omillar kelib chiqish mohiyatidan ko‘ra insonga ko‘rsatadigan ta’siri,
xarakteriga ko‘ra nihoyatda turlicha bo‘lib, ularning ba’zilari inson hayot faoliyati davomida o‘ta
ta’sir etadi. Bu omillarga mehnat predmetlari,
mehnat vositalari, energiya,
mehnat mahsullari,
texnologiya, flora (o‘simlik), fauna (hayvonot), tabiiy ofatlar,
urush-mojarolar, ijtimoiy, iqtisodiy
munosabatlar va xokazolar kiradi (1.1-rasm).
1.1- rasm. Tashqi omillarning insonga ta’siri