7
Sistemaning tashkil qiluvchilari (elementlari, qismlari) deganda nafaqat moddiy ob’ektlar
tushunilmasdan, yana ular orasidagi o’zaro munosabatlar va bog’lanishlarni xam anglash kerak.
Texnik xolati jixatidan soz bo’lgan xar qanday mashina texnik sistemaga misol bo’la oladi.
Sistema elementlaridan bittasini inson tashkil qilsa - ergotik sistema deyiladi.
Ergotik sistemaga misollar: “inson-mashina”,“inson-mashina-muxit” va xokazo.
Umuman olganda xar qanday predmetni (jismni) sistemali topish shakliga ega deb tasavvur
qilish mumkin.
Sistemalik prinsipi xodisalarga bir butun to’plam yoki kompleks deb karab ularni o’zaro
bog’liklikda o’rganadi. Tizim yuzaga keltiruvchi maqsad yoki natija
sistema xosil qiluvchi
elementlar deb ataladi. Masalan, sistemali xodisa bo’lgan yonish (yong’in) quyidagi asosiy uchta
shart (element) bo’lgandagina yuzaga keladi: yonuvchi modda, oksidlovchi(kislorod) va
yondiruvchi manba. Tashkil qiluvchilarning xoxlagan bittasini yuqotib bu tizimni buzishimiz
mumkin.
Sistema, uni tashkil qiluvchi elementlarida yuq bo’lgan sifat belgisiga egadir.
Sistemaning juda muxim bu xususiyati emerdjentlikdeb ataladi. Bu xususiyat,
aslini olganda,
umuman taxlil qilishning, shu jumladan xavfsizlik muammolarining xam asosida yotadi.
Sistemali taxlilning uslubiy statusi juda g’aroyib: unda nazariya va amaliyot elementlari
o’zaro aralashib ketgan, aniq shakllangan uslublar, xis-tuyg’u, shaxsiy
tajribalar va evristik
uslublar bilan qo’shilib ketgan.
Xavfsizlikni sistemali taxlil qilishning maqsadi ko’ngilsiz xodisa (avariya, yong’in,
jaroxatlanish, kasallanish va hokazo)larning yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi sabablarni aniqlash
va ularning paydo bo’lish extimolligini kamaytiradigan oldini olish chora-tadbirlarini ishlab
chiqishdir.
Xar qanday xavf bir yoki bir nechta sabablartufayli yuzaga keladi va ma’lum miqdorda
zarar yetkazadi. Sababsiz real (bor bo’lgan) xavflar yuzaga kelmaydi. Demak, xavflarning oldini
olish yoki ulardan ximoyalanish ularning paydo bulish sabablarini aniqlashga, o’rganishga
asoslangan.
Yuzaga kelgan xavflar va ularning sabablari o’rtasida o’zaro sabab-oqibat bog’lanishi
mavjud; xavf ma’lum
bir sabab oqibatidir, u esa,o’z navbatida, boshqa bir sabab oqibatidir va
hokazo.
Shunday qilib, sabablar va xavflar kerakli,
ierarxik, zanjirli strukturalarni yoki
sistemalarni xosil qiladi. Bunday bog’lanishlarning grafik ko’rinishi, shoxlanib ketgan daraxtni
eslatadi. Ob’ektlar xavfsizligining taxliliga bag’ishlangan xorijiy adabiyotlarda,
shunday
tushuncha (termin)lar ishlatiladi: “sabablar daraxti”, “bo’zilishlar daraxti”, “xavflar daraxti” va
“xodisalar daraxti”. Kurilayotgan daraxtlarda qoida bo’yicha sabab va xavf shoxchalari mavjud
bo’ladi. Bu esa, sabab-oqibat bog’lanishlarining dialekti xususiyatga ega ekanligini tuliq
namoyon qiladi. Bu shoxchalarni bir-biridan ajratish maqsadga muvofik emas, ba’zida aslo iloji
yuq. Shu sababli ob’ektlarning xavfsizligini taxlil qilish jarayonida xosil bo’lgan grafik
ko’rinishlar “sabablar va xavflar daraxtlari” deb aniq aytiladi. “Daraxt”larni ko’rish xar xil
ko’ngilsiz xodisalarning sabablarini aniqlashda juda katta samara beradigan usul xisoblanadi.
“Daraxt” shoxlanishining ko’p
bosqichli jarayoni, uning chegaralarini aniqlash maqsadida
cheklashlar kiritishni talab kiladi va bu cheklashlar ilmiy izlanishlarning maqsadiga butunlay
bog’lik bo’ladi. Umuman, shoxlanishning chegarasi yangi shoxlar xosil qilinishining mantiqiy
maqsadga muvofiqligi asosida aniqlanadi.