4
dunyoning turli joylaridan kelgan olim va mutaxassislar o’zlarining ma’ruza va xabarlarida
doimo “tavakkal” tushunchasiga tayandilar. Xavfsizlik bo’yicha
bu tushuncha bizning texnik
adabiyotlarimizda xali e’tirof qilinmagan va tarqalmagan edi. «Tavakkal» xaqida V. Marshall
quyidagi ta’rifni beradi, ya’ni u ta’kidlaydiki tavakkal - xavflarni amalga oshirish chastotasidir.
Umumiy qilib aytganda tavakkal - xavflarni son jixatdan baxolashdir. Sonli baxolash - u
yoki bu ko’ngilsiz oqibatlar sonining ma’lum davr ichida bo’lishi mumkin bo’lgan
soniga
nisbatidir. Tavakkalni aniqlash mobaynida oqibatning sinfini ko’rsatish muximdir, ya’ni
nimaning tavakkali degan savolga javob berish kerak. Rasmiy ravishda
tavakkal - bu tez-tez
takrorlanishdir. Bunday olganda bu tushunchalarni xavfsizlik muammolariga nisbatan
qo’llanilganda ular orasida ancha farq bordir. Tavakkal muammolarining
boshqa jixatlarini
o’rganishdan oldin quyidagi misollarni keltiramiz.
1-misol.
Bir yilda MDXda ishlab chiqarishida bo’ladigan inson o’lish tavakkalini
aniqlang, agar xar yili 14000 odam o’lsa, o’rtacha ishlaydiganlarning soni 138 million bo’lsa:
demak ishlab chiqarishda bo’ladigan inson o’lish tavakkali - 10
-4
teng.
2-misol.
Xar yili mamlakatda tabiiy bo’lmagan o’limdan tashqari xar xil xavflar oqibatida
500 ming kishi o’lsa, mamlakat axolisi 300 mln. bo’lsa, mamlakatda
xavflar natijasida
bo’ladigan axoli o’lish tavakkali quyidagicha aniqlanadi:
Tavakkal sotsial va individual (yakka) turlarga bo’linadi.
Individual tavakkal aloxida shaxs uchun ma’lum turdagi xavfni xarakterlaydi.