Xavfsizlikni ta’minlash vositalari




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/195
Sana24.05.2024
Hajmi2,9 Mb.
#252795
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   195
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi kitob

Xavfsizlikni ta’minlash vositalari
9
Ishlovchilarga zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ta’sirini kamaytirish yoki
oldini olish uchun ximoya vositalari qo’llaniladi. Ishlovchilarning ximoya vositalari inson
organizmiga eng ma’qul sharoitlarni xosil qilishi va quyidagilarni ta’minlashi lozim:
- ish zonasidan xavfli va zararli narsalar, xamda materiallarni uzoqlashtirish yoki
xaydash;
- zararli omillar miqdorini belgilangan darajadagi sanitar normagacha kamaytirish;
- ishlovchilarni qabul qilingan texnologiyalar va ish sharoitlarida xamrox bo’lgan zararli
va xavfli ishlab chiqarish omillaridan ximoya qilish;
- texnologik jarayon bo’zilganda paydo bo’ladigan salbiy omillardan ximoya qilishi
lozim.
Ximoya vositalarini tanlash xar bir aloxida xolatlarda Mexnat xavfsizligi talablariga
asosan amalga oshiriladi. Xavfsizlikni ta’minlashprinsiplari va usullarini gavdalantirishda xar xil
ximoya vositalari qo’llaniladi.
Ximoya vositalarining qo’llanilishi xarakteri bo’yicha kollektiv ximoya vositalari (KXV)
va shaxsiy ximoya vositalariga (ShXV) bo’linadi. Xar biri vazifasiga ko’ra sinflarga bo’linadi.
KXV zararli va xavfli omillarga bog’lik xolda: shovqindan, titrashdan, elektrostatik zaryadlardan
ximoyalash vositalariga sinflanadi. ShXV asosan ximoyalanadigan inson a’zosi yoki a’zolar
guruxiga qarab: nafas a’zolarini, qo’l, bosh, bet (yuzni), kuzni va eshitish a’zolarini ximoya
qilish vositalariga bo’linadi.
9
Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington,
Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7.chp 1, 2, 3.


14
KXV texnik tayyorlanishiga qarab quyidagiguruxlarga bo’linadi: to’siqlar, blokirovkalar,
tormozlar, saqlaguvchi moslamalar, yorug’lik va ovoz signallari, xavfsizlik asboblari, signal
ranglari, xavfsizlik belgilari, avtomatik nazorat qurilmalari, masofadan boshqarish vositalari,
elektr jixozlarini yerga ulash va nollash qurilmalari, shamollatish (ventilyatsiya), yoritish, isitish,
sovutish (kondisionerlash), izolyatsiyalash, germetizasiyalash vositalari kiradi.
Shaxsiy ximoya vositalariga: gidroizolyatsiya kostyumlari, skafandrlar, protivogazlar,
respiratorlar, pnevmoshlemlar, pnevmomaskalar, xar xil turdagi maxsus kiyim va poyafzallar,
tutgichlar, qo’lqoplar, kaskalar, shlemlar, shapkalar, shlyapalar, shovqinga qarshi shlemlar,
quloqqa quygichlar (vklado’shlar), ximoya ko’zoynaklari, saqlaguvchi belbog’lar, ximoyalovchi
dermatologic (kremlar) vositalar va boshqalar kiradi.
Ximoyavositalari estetik va ergonomik talablarga javob berishi kerak, alohida, inson
faoliyati uchun normal sharoitlarni ta’minlashi lozim. Bir vaqtning o’zida ShXV qo’llashda
texnik me’yorlarni xisobga olish kerak, ko’pchilik ShXV ma’lum noqulayliklarni keltirib
chiqaradi va inson ish kobiliyatining pasayishiga olib keladi. Talablarni xisobga olishning
yo’qligi, qisman ShXV qo’llashda buzilishning sababchisi bo’ladi. Ximoya vositalari ximoya va
fiziologik ko’rsatgichlari bo’yicha baholanishi kerak.

Download 2,9 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   195




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish