11
Xavfsizlikni ta’minlash o’z ichiga murakkab jarayonni oladi va uni elementar tashkil
etuvchilarga dastlabki xolatlar, g’oyalar, prinsiplar deb ataluvchilarga bo’lish mumkin. «Prinsip»
so’zi lotincha “principim” so’zidan olingan bo’lib,
boshlanish, g’oya, asos demakdir. Ishlab
chiqarishning turi, texnologik jarayonlarning afzalliklari, qo’llaniladigan jixozlarning xar xilligi -
bularning xammasi xavfsizlikni ta’minlash prinsiplarining ko’p xilligiga shartlashadi.
Prinsiplar muxim uslubiy axamiyatga egadir. Xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha to’lakonli
profilaktik ish ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik, loyixa ishlarida, ishlab chiqarish
ob’ektlarini qayta ko’rish va foydalanish bosqichida faqat ongli ravishda xavfsizlik prinsiplarini
xisobga olish bilan mumkin bo’ladi. Prinsiplarning nazariy va ilmiy axamiyati shundan iboratki,
ular bizni o’rab olgan dunyodagi xavflar bo’yicha bizlarning bilim darajamizni aniqlaydi va o’z
navbatida ximoya tadbirlariga va ularni xisoblash usullariga talablar belgilaydi. Prinsiplarning
axamiyati amaliy jixatdan xam muximdir: ular raqobatlashayotgan variantlarni taqqoslab taxlil
qilish asosida xavflardan ximoyalanishning optimal yechimlarini topishga imkon beradi.
Prinsiplarning evristik qiymati shundan iboratki ular Mexnat xavfsizligini
boshqarishni tashkil
qilishda xal qiluvchi axamiyatga egadir. Xavfsizlikni ta’minlash prinsipini bir-birini to’ldiruvchi
element sifatda o’zaro bog’lanishda qarash muximdir. Konkret sharoitlarga bog’lik xolda bir va
boshqa prinsiplar xar xil amalga oshiriladi. Xavfsizliknita’minlash prinsiplari ularni amalga
oshirish belgilariga qarab shartli ravishda 4 ta sinfgabo’linadi: taxminiy, texnikaviy, tashkiliy va
boshqaruv prinsiplari.
Taxminiy prinsiplaro’zida xavfsiz yechimlarni topuvchi yo’nalishni aniqlovchi
metodologik va ma’lumot bazasi bo’lib xizmat qiluvchi asos soluvchi g’oyalarni taqdim etadi.
Bunga quyidagi prinsiplar kiradi: operatorning aktivligi, faoliyatni gumanlashtirish,strukturani
o’zgartirish, operatorni almashtirish, sinflashtirish, xavfni bartaraf qilish va kamaytirish,
sistemalik va boshqalar. Texnikaviy prinsiplarxavfli omillarning ta’sirini bevosita oldini olishga
yo’naltirilgan. Texnik prinsiplar fizik qonunlarniishlatishga asoslangan.
Bunga quyidagilar
kiradi: masofadan ximoyalash, ekranlashtirish, kattikligini oshirish, blokirovkalash (yakkalash),
vakuumlashtirish,
xavo
kirmaydigan
qilish,
passiv
zveno
kiritish,
zichlashtirish,
flegmatizasiyalash va yeta olmaslik prinsiplari. Boshqaruv prinsiplarideb, xavfsizlikni ta’minlash
jarayonining aloxida bosqich va etaplari orasida o’zaro bog’lanish va munosabatlarni aniqlovchi
prinsiplarga aytiladi. Ularga rejali, nazoratli, boshqarmali, majburiyli, qayta aloqali, samarali,
javobgarlik, rag’batlantirish, ierarxik, bir ma’noli, adekvatli prinsiplari kiradi.
Tashkiliy
prinsiplargaxavfsizlik maqsadida Mexnatni ilmiy tashkil qilish qoidalarini amalga oshiruvchi
prinsiplar kiradi. Ulargavaqt bo’yicha ximoyalash, ma’lumot berish, rezervlashtirish,
normallashtirish, kadrlarni tanlash, ketma-ketlik, ergonomik, Mehnatni rasional tashkil qilish va
zidlik prinsiplari kiradi. Bir vaqtda ayrim prinsiplar bir nechta sinflarga kiradi. Xavfsizlikni
ta’minlash prinsiplari sistemalarni xosil qiladi. Va bir vaqtning o’zida xar bir prinsip nisbatan
mustakillik kashf qiladi. Ayrim prinsiplarni aloxida ko’rib chiqamiz. Xar bir ko’rib chiqayotgan
prinsipga ta’rif beramiz va misollar keltiramiz. Sistemalik prinsipi - shundan iborat bo’lib xar
qanday xodisa, xarakat va ob’ekt sistemalik konsepsiyasi bilan ko’riladi. «Sistema» so’zi
grekcha - systema so’zidan olingan bo’lib, butun, qismlar va birikmalardan to’zilgan demakdir.
Sistema deganda elementlar majmuasi tushuniladi, ular orasidagi o’zaro ta’sirlar adekvatli
ravishda bir xil natijaga olib keladi. Bunday sistemani aniq sistema deb ataymiz. Agar
elementlarning o’zaro ta’siri
xar xil natijalarga olib kelsa, buni noaniq sistema deyiladi.
Sistemaning noaniqlik darajasi qancha yuqori bo’lsa shunga ko’ra xar xil natijalar paydo bo’ladi.
Sistemadagi noaniqlik uning elementlarini va ular o’rtasidagi o’zaro ta’sir xarakterini to’liq
xisobga olmaslikdan tug’iladi. Sistemaning elementlariga moddiy ob’ektlar xamda ular orasidagi
munosabat va aloqalar kiradi.
Misol: Yong’in fizik xodisa, u quyidagi sharoitlarda paydo bo’ladi
7
:
1) yonuvchi modda;
7
Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington,
Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7. p 307-346.
12
2) havodagi kislorod miqdori kamida - 14%;
3) o’t olish manbayi ma’lum quvvatda va yuqorida uchta shartni;
4) bo’shliqqa;
5) vaqt bo’yicha olib chiqish.
Mazkur 5 ta shart bitta sistemani tashkil qiladi. Bularning o’zaro birgalikdagi ta’sirida
aniq bir oqibat paydo bo’ladi - bu yongindir. Yuqoridagi elementlarning loakal bittasini bartaraf
qilish, yong’inning to’xtashiga olib keladi, binobarin, berilgan sistemaning buzilishiga olib
keladi.
Destruksiya prinsipi (u lotincha destructvus so’zidan olingan bo’lib buzuvchi degan
ma’noni beradi). Uning moxiyati shundan iboratki, bunda xavfli natijaga olib keluvchi sistema
undagi bitta yeki bir necha elementlarni bartaraf qilish bilan bo’ziladi.
Destruksiya prinsipi
tashkilan ko’rib o’tilgan sistemalik prinsipiga bog’lik va qisman universal axamiyatga egadir.
Xavfsizlikni taxlil qilganda oldin sistemalik prinsipi ishlatiladi, keyin destruksiya prinsipini
xisobga olib sistemaning ayrim elementlarini bartaraf qilishga yo’naltirilgan tadbirlar ishlab
chiqiladi ( istalgan maqsadga olib keluvchi).
Xavflarni bartaraf qilish prinsipi - o’z ichiga texnologiyalarni o’zgartirish, xavfli narsani
xavfsiziga almashtirish, xavfsiz jixozlarni qo’llash, Mexnatni ilmiy tashkil qilish va vositalarni
takomillashtirish bilan xavfli va zararli omillar bartaraf qilinadi. Bu prinsip o’zining mazmuni
bilan juda ilgor va amalga oshirish shakli bilan juda ko’pdir.
Misol: Ko’pchilik texnologik jaraenlarni olib borishda ko’p portlashga xavfli va o’tkir
zaxarli gazlar yo’q qilinadi. Xavfsizlikni ta’minlash uchun bu gazlarni yig’ish, ishlatish va yo’q
qilishga mashxala qo’llash sistemasidan foydalaniladi.
Xavflarni kamaytirish prinsipining moxiyati shunday qarorlarni qo’llashga asoslangan
bo’lib xavfsizlikni oshirishga yo’naltiriladi, lekin talab qilingan darajada
yeki meeridagi ishlar
amalga oshirilmaydi. Bu prinsip ma’lum ma’noda kompromiss xarakterga egadir.
Misol: Elektr toki urishdan ximoyalanishuchun xavfsiz kuchlanish (12,24, 36 V)
qo’llaniladi. Bunday kuchlanishlarda tokdan zararlanish xavfi kamayadi. Biroq bunday
kuchlanishlarni absolyut xavfsiz deb bo’lmaydi, shunday xolatlar ma’lumki insonlarni tok urishi
asosan shunday kuchlanishlar ta’sirida sodir bo’ladi. Operatorni almashtirish prinsipi shundan
iborat
bo’lib, bunda operatorning vazifasini ishlab chiqarish robotlariga, avtomatik
manipulyatorlarga topshiriladi yoki texnologik jaraenni o’zgartirish xisobiga butunlay yo’q
qilinadi. Bu ishlovchilarni zararli omillar ta’siridan xolos qiladi, lekin omillarning o’zi yo’q
qilinmaydi.
Informasiya prinsipi (lotincha informatio - xabardor qilish, bir narsa xaqida ma’lum qilish
degan ma’nolarni beradi)ning moxiyati bir ma’lumotni xizmatchiga yetkazish va uni egallab
olish ko’zda tutilgan xavfsizlik darajasinita’minlaydi. Buni amalga oshirish usullari: o’qitish,
instruktajlar o’tkazish, xavfsizlik rang va belgilarini kuyish, ogoxlantiruvchi yezuvlar va
jixozlarni markirovka qilish va xokazo.
Klassifikasiya prinsipi (lotincha
classis - razryad, pogona, facio - bajaraman, beraman
degan ma’nolarni beradi) bu xavf bilan bog’lik belgilariga qarab ob’ektlarni sinf va
kategoriyalarga bo’lishdan iborat.
Misol: sanitary - himoya zonalarini 5ta sinfga, yong’in-portlash xavfi bo’yicha ishlab
chiqarish binolarining A, B, V, G, D kategoriyalarga bo’linishi.
Kompensasiya prinsipi (lotincha compensatio - to’lash degan so’zni anglatadi)da
ishlovchilarga psixologik va psixofiziologik jarayonlarning bo’zilgan muvozanatini tiklash
uchun beriladigan xar turdagi yengilliklar tushuniladi.