1
O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI AХBОRОT TЕХNОLОGIYALARI VA
KОMMUNIKATSIYALARINI RIVОJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
URGANCH FILIALI
«HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI. EKOLOGIYA»
fanidan
MA`RUZALAR MATNI
URGANCH – 2016
2
1-MAVZU. XAVFSIZLIK MUAMMOLARI. MIKROIQLIM SHAROITI VA
UNING INSON FAOLIYATIGA TA’SIRI
Reja:
1.1. Fanning asosiy tushuncha va ta’riflari.
1.2. Tavakkal nazariyasining asosiy qoidalari.
1.3. Xavfsizlikning sistemali taxlili.
1.4. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash prinsip, usul va vositalari
1.5. Ishlab chiqarishda mikroiqlim va ishchi hududining havo muhiti.
1.6. Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik normalari.
Tayanch iboralar:
Xavf, faoliyat xavfsizligi, taksonomiya, xavflarning nomenklaturasi,
xavfsizlik konsepsiyasi, texnologik jarayonlar, mikroiqlim,ishchi hududining havo muhiti,
vibratsiya, ventilyasiya, yoritish, gigienik normalar.
1.1. Fanning asosiy tushuncha va ta’riflari.
Xavf
– hayot faoliyat xavfsizligining (HFX) markaziy tushunchasi bo’lib, u xodisa,
jarayon va ob’ektlarning inson sog’ligiga to’ridan-to’g’ri yoki bilvosita ma’lum sharoitda qay
darajada zarar yetkazish qobiliyatini tushuniladi, ya’ni ko’ngilsiz oqibatlarni olib keladi.
Taxlilning maqsadiga ko’ra xavfni xarakterlovchi belgilarning soni ko’payishi yoki
kamayishi mumkin. HFX dagi xavfga berilgan yuqoridagi ta’rif mavjud bo’lgan standart
tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari) o’ziga tortuvchi, xamda faoliyatning
xamma turlarini xisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir
1
.
Xavf energiyaga ega bo’lgan kimyoviy yoki biologik aktiv komponentlarni o’zida
joylashtirgan xamma sistemalarni, hamda inson xayot faoliyati sharoitiga javob bermaydigan
tavsiflarni o’zida saqlaydi.
|