• Xavflarning sinflanishi.
  • O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/195
    Sana24.05.2024
    Hajmi2,9 Mb.
    #252795
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195
    Bog'liq
    hayot faoliyati xavfsizligi kitob

    Sabab va oqibat.
    Potensial (yashirin) xavflarni yuzaga keltiruvchi sharoit sabablar
    deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, sabablar vaziyatlar to’plamini xarakterlaydi, unga ko’ra
    xavflar paydo bo’ladi va u yoki bu kutilmagan oqibatlar va zararlarni keltirib chiqaradi. Zarar
    yoki kutilmagan oqibatlarning shakllari xar xildir: xar xil og’irlikdagi jaroxatlar, zamonaviy
    usullar bilan aniqlanadigan kasalliklar, atrof muxitga zarar va boshqa.
    Xavf, sabablar va oqibatlar - bular shunday voqealar, ya’ni baxtsiz xodisa, favqulodda
    xolat va yong’inlarning asosiy ko’rsatgichlaridir.
    Uchlik “xavf-sabablar-ko’ngilsiz oqibatlar” - bu rivojlanishning logik jarayoni bo’lib
    potensial xavfni bor bo’lgan zararga olibkeladi. Koida bo’yicha bu jarayon bir necha sabablarni
    o’z ichiga oladi, ya’ni u ko’p sabablidir. Xavf ko’ngilsiz voqeaga xar xil sabablar bilan aylanishi
    mumkin. Baxtsiz xodisalarning oldini olish asosida sababini qidirish yotadi.
    Bunga bir qancha misollar keltiramiz:
    - Zaxar (xavf) - xato (sabab) - zaxarlanish (ko’ngilsiz oqibat).
    - Elektr toki (xavf) - qiska tutashuv (sabab) - kuyish (ko’ngilsiz oqibat).
    - Ichimlik (xavf) - ko’p ichish (sabab) - o’lim (ko’ngilsiz oqibat).
    Xavflarning sinflanishi.
    1. Kelib qikish tabiatiga ko’ra xavflar quyidagilarga bo’linadi: tabiiy, texnikaviy,
    antropogen (inson bilan bog’lik), ekologik, aralash (ikkita va undan ortiq).
    2. Maxsus standartlar bo’yicha: fizik, kimyoviy, biologik va psixofiziologik.
    3. Salbiy oqibatlarning vaqt bo’yicha kelibchiqishiga ko’ra xavflar impulsli va
    kumulyativ (inson organizmida yig’iluvchi) bo’ladi.
    4. Olib keluvchi oqibatiga ko’ra: toliqish, kasallanish, jaroxatlanish, xalokat, yong’in va
    o’lim xavflari.
    5. Keltiruvchi zarariga ko’ra: ijtimoiy, texnik, ekologik.
    6. Yakkalashi bo’yicha: litosfera, gidrosfera, atmosfera va kosmos bilan bog’lik bo’lgan
    xavflar.
    7. Kelib chiqish soxasiga ko’ra: turmushga, sportga, yo’l - transportiga, ishlab
    chiqarishga oid xavflarga bo’linadi.
    8. Tuzilishiga ko’ra xavflar oddiy va xosil qilingan (oddiylarning ta’sirida xosil qilingan)
    bo’ladi.
    9. Insonga ta’sir qilish xarakteriga qarab faol (aktiv) va sust (passiv) xavflar bo’ladi.
    Energiya hisobiga faollashadigan xavflar sust xavflarga kiradi, bularni insonning o’zi
    vujudga keltiradi. Bular: o’tkir (sanchiluvchiva kesuvchi) qo’zgalmas jismlar, insonlar yuradigan
    yuzalarning notekisligi, qiyaliklar, balandliklar, bir-biriga tegayotgan tekisliklar orasidagi
    ishkalanish va boshqalar. Xavflarning baxtsiz xodisa yuz berishidan oldingi (aprior) va u yuz
    bergandan keyingi (aposterior) belgilari mavjud
    2
    .
    Faoliyatning potensial xavfi xaqida aksioma Xar qanday faoliyatning xavfliligini
    tasdiqlashga insoniyat tajribasi asos beradi. Faoliyatning bironta turi yo’qki, u abadiy xavfsiz
    amalga oshsa. O’z navbatida, quyidagi xulosani ifodalashimiz mumkin: xar qanday faoliyat
    potensial xavflidir. Bu tasdiqlanish aksiomatik xarakterga egadir. Berilgan aksioma faqat
    metodologik va evristik axamiyatga egadir.

    Download 2,9 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   195




    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali

    Download 2,9 Mb.
    Pdf ko'rish