13
Metod - maqsadga erishish usulidir. Xozirgi karaetgan xolatimizda
maqsad xavfsizlikni
ta’minlashdir. Metodlar prinsiplarni konstruktiv va texnikaviy jixatdan xaqiqiy borliqqa
gavdalantirish bilan amalga oshiriladi. Xavfsizlikni ta’minlashusullarini bilgan xolda inson bilan
ishlab chiqarish muxiti tavsiflari orasidagi o’zaro ta’sirlarni
kelishish mumkin, ya’ni ma’lum
xavfsizlik darajasiga erishish mumkin. Xavfsizlik usullarini o’rganishdan oldin, biz uyidagi
yangi tushunchalarni kiritamiz. Ko’rilaetgan faoliyat jarayonida
insonning turgan joyi
gomosferadeyiladi. Xar doim va davriy ravishda sodir bo’lib turadigan xavfli joy
noksosferadeyiladi. Bu sferalarni xavfsizlik nuqtayi nazardan qo’shish mumkin emas.
Xavfsizlikni ta’minlash usullari 3 xil turga bo’linadi:
USUL - A, gomosfera bilan noksosferani bir-biridan joy yoki vaqt jixatdan ajratish usuli.
Bu usul ishlab chiqarish jaraenlarini mexanizasiyalashtirish
va avtomatlashtirish, jixozlarni
masofadan
boshqarish, manipulyator va robotlarni qo’llash bilan amalga oshiriladi.
USUL - B, xavfsizlik prinsiplarini qo’llab xavflarni yo’q qilish va noksosferani (ishlab
chiqarish
muxitini)
normallashtirish,
xamda
noksosfera
xarakteristikalarini
inson
xarakteristikalariga moslashtirishga asoslanadi. Bu usul insonlarni shovqin, chang, gaz,
jaroxatlanish va xokazo xavfli omillardan ximoya qilishga qaratilgan tadbirlar majmuasi, xamda
qisman xavfsiz texnikani yaratish bilan amalga oshiriladi.
Agar A va B metodlarni qo’llash bilan talab qilingan xavfsizlik
darajasiga erishish
ta’minlanmaganda V - metod qo’llaniladi.
USUL - V, tegishlicha ximoya vositalari yordamida insonlarning ximoyalanish
xususiyatlarini
oshirishga, xamda insonni noksosferaga moslashtirishga asoslangan. Bu usul
kasbiy tanlash, o’qitish, instruksiyalarberish, psixologik ta’sir
qilish va shaxsiy ximoya
vositalarini qo’llash bilan amalga oshiriladi. V - metodni amalga oshirishda noksosfera
xarakteristikalarini o’zgartirish uchun xar xil vositalar qo’llaniladi.
Real sharoitlarda yuqorida keltirilgan usullarning bittasi
yordamida zarur xavfsizlik
darajasini xar doim ta’minlash mumkin bo’lmaydi. Bunday xolatlarda yuqorida keltirilgan
usullar majmuasini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi.