28
emas, izolyasiya sifatida esa voylok, asbest, probka, qo‘rg‘oshin, rezina yoki tovush energiyasi
qisman aks etadigan boshqa materiallardan foydalanish mumkin emas.
Tovush yutuvchi materiallar shovqin tezligini 7-10 dB ga kamaytiradi.
Binoning me’morchilik shakllari tovush to‘lqinlarini kamaytirish yoki kuchaytirishda
katta ahamiyatga ega. Eshik yuqori qismlari shovqinni bir erga to‘plab, kuchaytirsa, bo‘rtib
chiqqan
joylari shovqinni tarqatadi, tovush tezligini kamaytiradi.
Eshitish organlarini individual himoyalash choralari:
1.Mexanizmning aylanma qismlarini o‘ta aniq hisob bilan bosish va balansirovka qilish.
2.Dinamik tovush bosuvchilardan foydalanish.
3.Silkinish manbai oborotlari sonini o‘zgartirish (chastota ko‘p bo‘lsa), moslamaning
qattiqligini ko‘paytirish, ya’ni tebranishlar amplitudasini kamaytirish lozim. Bunga moslamaning
egiluvchanligi va mustahkam emasligi holatida erishish mumkin.
4.Mashina poydevori va asosi o‘rtasida zich prokladkalardan (rezina, voylok, yog‘och,
probka, prujina va ressorlar) foydalanish mumkin.
5.Mexanizmlarning qaytish-kirishish xarakatini aylanuvchan (podshipnik) – chayqalma,
sirg‘aluvchan podshipniklar bilan, po‘lat detallarni plastmassali bilan almashtirish.
6.Mashinalar detallari uchun yopishqoq materiallar va qotirmalar qo‘llash. Bunday
himoya turi shovqinning yuzaga kelish manbaida silkinish va shovqinga qarshi kurashning
asosiy choralaridan biridir.
Ichki shovqinga qarshi choralar yoki ovozni o‘chiruvchilar doka, paxta,
yumshoq
rezinadan tayyorlanadi, ba’zan vosk, moy yoki parafinga botirilgan holda qo‘llaniladi.
Ular quloqqa tiqiladi, biroq aloqa korxonalarida keng qo‘llanilmaydi.
Tashqi shovqinga qarshi choralar - quloqqa mustahkam joylashtiriladigan naushniklar.
O‘rtacha va yuqori chastotali shovqinlardan himoyalash uchun naushniklar ishlab chiqilgan.
Bunday naushniklar ishlabchiqarish shovqinlaridan ishonchli himoya bilan ta’minlaydi va
shu bilan birga so‘zlashuv nutqini yaxshi eshitish imkonini beradi.
Shovqinga qarshi chora tanlashda chastota va ishchi joyida shovqin jadalligini bilish
zarur. Individual himoya vositalaridan foydalanish (L ni 10 dB ga kamaytirish) – o‘ta ilojsiz
qolganda ko‘riladigan chora.
Yuqori chastotali silkinishlardan qo‘llarni himoyalash uchun – polimer materiallardan
zich qobiqlarga ega kaftlarida kamera mavjud silkinishdan himoyalovchi qo‘lkoplar bor. Barcha
yuqorida qayd etilgan choralar shovqinli binolar yoki shovqinli
uskunalar bilan ishlovchi
insonlar salomatligini saqlashga yordam beradi.