22
Filtr
Chiqarish quvuri
Havo o‘tkazadigan quvur
Potrubkalar
Ventil
Mahalliy so‘rg‘ichlar
Tindirgich
1.1–rasm. Tortib olinadigan ventilyasiya.
Irmoq ventilyasiyadan:
Binoda to‘liq havoni almashtirishni talab etishda;
Binoda zaharli, xavfli va o‘ta sassiq ifloslanish yoki gazlar chiqmayotgan bo‘lsa;
Ifloslangan havoning binoga kirishini ogohlantirilayotganda qo‘llaniladi.
1.2–rasm. Irmoq ventilyasiya.
Irmoqli – so‘rg‘ich ventilyasiya ventilyasiyaning faqat birgina tizimi bilan bino havosini
tozalash imkoni bo‘lmaganida o‘rnatiladi. Bunday ventilyasiya sozlash va ishga tushirishda katta
harajat talab qiladi, o‘ta
samarali sanalib, faqat ayrim holatlarda zarurat tug‘ilganda
loyihalashtiriladi.
Changlangan havoni tozalash qurilmalari
Filtrlar - g‘ovakli mexanik chang ajratuvchilar, elektrofiltrlar va moyli.
G‘ovakli- (ipsimon, gazmolli, donli, graviyali) chang filtrlar g‘ovaklarida tez-tez o‘tirib
qoladi, ko‘pincha filtrlovchi massa tepasida va g‘ovaklar devorlarida qoladi.
Mexanik chang ajratuvchilar – turli
xil siklonlar, chang o‘tiruvchi kameralar, chang
to‘plovchilar.
Elektrofiltrlar – doimiy tarzda yuqori kuchlanishdagi tokni o‘tkazuvchi havo o‘tkazgichi
ichida elektrodlar o‘rnatilgan. Elektrodlar yonidan ifloslangan havo o‘tayotganda chang zarralari
nurlanayotgan elektrod elektronlarining salbiy elektrzaryad oladilar,
oqibatda ular erga tutash
elektrodlar yo‘nalishida joylashadi va shu erda chang to‘plovchilarga o‘tirib qoladi.
23
Samaradorligi 99% dir. Shuni aytib o‘tish kerakki yonuvchi va portlash xavfi bulgan moddalarda
ishlatib bulmaydi.
Moyli filtrlar – ifloslangan havo vamoyli ustama bilan tutash ustunini hosil qiluvchi
moylangan qisqa metall quvurchalar bilan to‘ldirilgan katakli quti. Bunday filtlar irmoq va
so‘rg‘ich ventilyasiyada qo‘llaniladi.
Afzalliklari - qurilma va xizmat kursatishi oddiy. Filtr ifloslangan paytda doiralar davriy
tarzda issiq soda eritmasida yuviladi va ularning ustamalari moylanadi (doiralar –qutisi bilan
moyli vannaga solinadi. Changni tozalash uchun qurilmalar chang
va chang zarrachalarining
xarakteri va xajmini inobatga olgan holda tanlanadi.
Chang zarrachalari xajmi yuzasidan kichik, o‘rtacha va yirik changga taqsimlanadi.
I. Eng kamida – agar 1 m
3
havoda 50 mg gacha chang bo‘lsa.
II.O‘rtacha 500 mg gacha.
III.500 mg dan ancha yuqori.
Zamonaviy filtrlar 10 mk gacha eng kichik changni sezib, 1 m
3
havoga 1-2 mg ni
tozalashga qodir.
Tozalash darajasiga ko‘ra gazmolli va elektrik filtrlar o‘ta samarali, ular 10000 mg/m
3
gacha, ya’ni 99,5% changi mavjud havoni tozalashga qodir.
Irmoq ventilyasiyasi uchun tozalash darajasi quyidagicha – ishlab
chikarish binosining
ishchi hududi havosida zararli moddalar konsentratsiyasi < 30% MYQK.
Iflos chang yoki zararlangan moddalar bor havo doimo ham to‘liq ko‘zga tashlanmaydi.
Yilning eng sovuq davrida so‘rilayotgan havoni isitish uchun issiqlikni tejash maqsadlarida
ifloslangan havo aralash kameraga haydalib, (>10%)tashqi
havo bilan aralashib, so‘ng
tozalangach, yana binoga uzatiladi. Bunday havo ayriboshlash retsirkulyasiya deb ataladi.
Aralashtiruvchi kameraga so‘riladigan havoda zararli va portlash xavfi bo‘lgan
(akkumulyatorlardan) moddalar mavjud bo‘lsa, retsirkulyasiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.
Radio va telestudiyalarining radiouzatish markazlarida retsirkulyasiya binoda havo
maxsus, ataylab sovutiladigan yilning eng issiq vaqtida ham amalga oshiriladi. Binoda havo t, R,
V sining davriy tekshiruvchi havo almashtirishning qisqaligi ventilyasiya qurilma harakati
samaradorligining nazorati hisoblanadi.