29
Tabiiy yoritilish
Ishlab chiqarish sharoitlarida 3 turdagi yorug‘likdan foydalaniladi: tabiiy, ya’ni quyosh,
sun’iy (elektr yoki lyuminessent lampalar) va uyg‘unlashgan.
Tabiiy yoritilish qo‘yidagilarga bo‘linadi:
Ustki (shiftlar, tomlar, shuningdek, baland perepadlar, aralash bino oralari orqali
teshiklardagi yorug‘lik beradigan fonarlar orqali);
Yonboshlama (derazalar orqali);
Uyg‘unlashtirilgan.
Tabiiy yoritilish yil fasllari, kuni, joyning jug‘rofiy kengligi, bino va derazalarning ichki
tuzilishi, derazalar oldi yuzalarning
aks etuvchi xususiyatlari, ko‘chalar kengligi va boshqa
shartlarga bog‘liq. Kun davomida tabiiy yoritilish sezilarli darajada o‘zgarishi mumkin.
Muayyan iqlim sharoitlarida yoritilganlik 1 necha daqiqa davomida ko‘payishi yoki 1 necha
barobarga kamayishi mumkin. Yorug‘likning o‘zgarishi, kun davomida ishlab chiqarish
binolarida alohida ish joylarini etarli va teng miqdorda yoritib berishni kafolatlamaydi. Tabiiy
yoritilishni loyihalashtirish va hisoblashda yorug‘likning manbaisifatida osmonning tarqalma
yorug‘ligi olinadi, bunda to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh yorug‘ligi inobatga olinmaydi.
Aloqa korxonalarida yaxshi sanitarial – gigiena sharoitlarini
yaratish va saqlash uchun
barcha ishlab chiqarish, ma’muriy, idora va maishiy binolar kunning yorug‘ paytida bevosita
tabiiy yorug‘likka ega bo‘lishlari lozim bo‘ladi. Tabiiy yorug‘likni sun’iy bilan almashtirish
faqat istisno holatlarda yo‘l qo‘yiladi (ishlab chiqarish jarayoni
kuzatilmayotgan binolarda va
ishchilar uzluksiz bo‘lmaydigan joylar, xojatxona, yuvinish xonalari, dush, 3 kishidan ortiq
bo‘lmaydigan xonalar, shuningdek fonarsiz binolarda).
Tabiiy yoritilishning etarliligi 2 omil bilan belgilanadi: tabiiy
yoritilish koeffitsienti va
derazaning yorug‘lik tavsifi (yorug‘lik maydoni va yorug‘lik chuqurligi) bilan.
Aloqa korxonalarida tabiiy yoritilishni hisob-kitob qilinayotganda quyidagi zarur, (shart
bo‘lgan) sanitariya me’yorlari, deraza maydonlari – F
0
ning F
n
maydoniga nisbatiga rioya qilish
zarur.
Ma’muriy-idora va maishiy binolarda;
Ishlab chiqarish binolarida:
10
1
8
1
Fп
Fо
Tabiiy yoritilish tabiiy yoritilish koeffitsienti (t.yo.k.) bilan tavsiflanadi, u foizlarda
ifodalanadi.
e =
%
100
Е
Е
T
I
,
e bunda – M nuqtasida tabiiy yoritilish
koeffitsienti;
E
I
ning M nuqtasida yorug‘ligi tarqalgan gorizontal maydonning bir vaqtning o‘zida
tashqi yoritilganligi,
lk
.
Eng kam hisobli yoritilganlikni 5000
lk
tashqi yoritilganlikda aniqlaydilar.
Yonlama yorug‘lik bilan binolar uchun sanitariya me’yorlari tabiiy yoritilganlikning
nominal koeffitsienti (e
min
) belgilangan bo‘lsa, ustki va uyg‘un yorug‘lik bilan binolar uchun
o‘rtacha ahamiyatli tabiiy yoritilish koeffitsienti (t.yo.k.) (E
o‘rtacha
) ish hududi ko‘lamida
belgilangan. E
o‘rtacha
mazkur formula bo‘yicha belgilanadi:
E
o‘r
=
1
2
...
2
3
2
1
n
е
е
е
е
n
;
Bunda e
1
, e
2
, ... e
n
– biri ikkinchisidan teng masofada joylashgan turli tabiiy yoritilish
koeffitsientining ahamiyati.
n – tabiiy yoritilish koeffitsienti belgilanadigan nuqtalar soni (5ta dan kam emas).