O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/195
Sana24.05.2024
Hajmi2,9 Mb.
#252795
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   195
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi kitob

O'lchov asboblari
Ish joylaridagi elektromagnit maydoni intensivligini jbaholash uchun elektromagnit
maydoni hosil qilayotgan manba yaqinida maydonning elektr va magnit kuchlanishlarini o'lchash
bilan belgilanadi. Chunki elektromagnit maydoni zonadagi elektr va magnet maydonlarining
umumiy ta'siri ostida vujudga keladi. Elektromagnit maydonining kuchlanishini o'lchaydigan
asosiy asbob IEMP-1 va uning birmuncha modiflkatsiyalari mavjud (2.2, 2.3-rasm). Bu asbob
yordamida elektr maydonining 50 Gs-100 kGs va 100 kGs-30 MGs, shuningdek, magnit
maydonining 100kGs -1,5 MGs diapazonlarida elektromagnit maydonining kuchlanishini
o'lchash imkoniyatini beradi. Umumiy ushchi chastotalar diapazonida kuchlanish qiymati elektr
tarkibi bo'yicha 5-1000 Vt va magnit tarkibi bo'yicha 0,5-300 A/m bo'lganda aniqlik darajasi
20% tashkil qiladi.
2.2-rasm. Elektr va magnit maydon kuchlanganligini o‘lchovchi asbob(Narda NBM-550).


40
2.3-rasm. Elektr va magnit maydon kuchlanganligini o‘lchovchi kichik chastotali asbob
(
С.А 42
)
.
Xodimning ish joylarida va bo‘lishi ehtimoli bor joylarda elektromagnit maydonlar
quvvat oqimining imkon qadar kerakli bo‘lgan mustahkamliligi 300 MGs chastota diapazonida –
300 GGs bo‘ladi.
Imkon qadar kerakli bo‘lgan mustahkamlilik10 Vt/m
2
yoki 10
3
mkVt/cm
2
, ish joylarida,
binolarida rentgen nurlanishi yoki havo haroratining balandligida 28
0
C – 1 Vt/m
2
yoki 100
mkVt/cm
2
.
Nurlanish jadalligi ustidan nazorati yiliga kamida bir marta o‘tkazilishi kerak,
shuningdek, yangi yoki eski generator qurilmalari ishga tushirilishi yoki ta’mirlanishi va mehnat
sharoitlari o‘zgarishida o‘tkaziladi. O‘lchov poldan 0,5 – 1 – 1,7 m masofada 3 nuqtadagi
maksimal quvvatda o‘tkaziladi.
Elektromagnit maydonlarni tashkil qiluvchi elektromagnit o‘lchovlar uchun 1-ИЭМП
asbobidan, quvvat oqimi mustahkamliligini o‘lchash uchun esa, 1-ПO, 3-ПO, 9-ПO, 13-PO
asboblaridan foydalaniladi. Shu asboblar yordamida elektromagnit maydonlar jadalligi imkon
qadar kerak bo‘lgan me’yorlardan oshadigan hududni aniqlash va tegishli himoya choralarini
ko‘rish mumkin.
Elektromagnit maydonlarni ta’siridan himoyalashning asosiy usullari va vositalariga
quyidagilar taluqli:
1.Himoyalashning tashkiliy choralari.
2.Manbadan nurlanishning jadalligini kamaytirish.
3.Nurlanish manbaining ekranlashuvi.
4.Nurlanish manbaidan ishchi o‘rinlarini ekranlashtirish va yoki holi qilish.
5.Signalizatsiya vositalarini qo‘llash.
6.Individual himoya vositalarini qo‘llash.
Ishning muayyan sharoitlariga bog‘liq tarzda shu vositalardan ularning ixtiyoriy
kombinatsiyasi qullanilishi mumkin.
1. Tashkiliy choralar – uskunalarning ratsional joylashuvi, qurilmalar va xizmat
ko‘rsatilayotgan personal ishi muayyan rejimini belgilashdir.
Yuqori chastotalar va o‘ta yuqori chastotalar qurilmalari ishiga tibbiy ko‘rikdan o‘tgan 18
yoshdan kichik bo‘lmagan, texnika xavfsizligi bo‘yicha o‘qib, imtihon topshirgan shaxslarga
ruxsat etiladi. Har yili xizmat ko‘rsatayotgan personal tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Agar ish yuqori xavfli sharoitlarda, nurlanishda, ketayotgan bo‘lsa, xodimlar uchun
qisqartirilgan ish kuni va qo‘shimcha ta’til belgilanadi.
2. Kelishgan yuklar, quvvat yutuvchilar qo‘llovida, manba nurlanishi jadalligini
kamaytirilishga erishiladi.


41
Hozirgi paytda qo‘llaniladigan kuch (antenna ekvivalenti) yuqori chastotalar quvvatni 40-
60 db ga kuchsizlantirish imkonini beradi.
Qabul qilish, indikator, antenna-fider traktlari, avtomatika va radiostansiya boshqaruv
tizimlari ishini tekshirishda signallarning kam quvvatli imitatorlaridan foydalanish mumkin. Bu
holatda uzatuvchi qurilmadan tashqari stansiyalarning butun tizimi ishlaydi. Bu esa
ishlayotganlarning nurlanish extimolini istisno etadi.
3. Nurlanish manbai maxsus ekranlar yordamida ekranlashtiriladi. Ekranlarning himoya
xossalari turli materiallar bilan elektr magnit nurlanishlarning aks etishi va yutilishiga
asoslanadi.
Ekranlar turlari: yaxlit, metall, turli metall, yumshoq metall, ip-gazlama yoki boshqa
gazmolli (matoli), yutuvchi. Yutuvchilardan tashqari barcha ekranlar o‘ta yuqori chastotalar -
quvvat, aksini ta’minlaydi.
Elektromagnit yuqori chastotalar quvvatning o‘ta yuqori chastotalar bilan kirib borish
chuqurligi juda kam bo‘lgani bois, 0,01 mm qalinlikdagi o‘ta yuqori chastotalar maydoni 0,5-1
mm metall listlardan yopiq yuzalar shaklida 50 db (100000 marta) kuchsizlanadi.
Engil ekran – folga (yupqa metall qog‘oz).
Turli ekran 20-30 db (100-1000 marta) ga yomon (sust) ekranlashtiradi.
Ekran pardalari, drapirovka, qoplamalar, maxsus kiyim-bosh (kombinezonlar, xalatlar,
kapyushonlar) uchun elastik (egiluvchan) ekranlar o‘ta yuqori chastotalar quvvatdan himoya
qiladi.

Download 2,9 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   195




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali

Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish