Elektromagnit to'lqinlari radiochastotalarining tavsifi




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/195
Sana24.05.2024
Hajmi2,9 Mb.
#252795
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   195
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi kitob

Elektromagnit to'lqinlari radiochastotalarining tavsifi
2.1 jadval


36
O'zgaruvchi elektromagnit maydonlarining inson organizmiga ta'siri
Elektromagnit maydonlarining inson organizmiga ta'siri elektr va magnet maydonlarining
kuchlanishi, energiya oqimining intensivligi tebranish chastotasi, nurlanishning tanani ma'lum
yuzasida to'planishi va inson prganizmining shaxsiy xususiyatlariga bog'liq bo'ladi.
Elektromagnit maydonlarining inson organizmiga ta'sir ko'rsatishining asosiy sababi
inson tanasi tarkibidagi atom va molekulalar bu maydon ta'sirida musbat va manfiy qutblarga
bo'lina boshlaydi. Qutblangan molekulalar elektromagnit maydoni tarqalayotgan yo'nalishga
qarab harakatlana boshlaydi.
Qon, hujayra va hujayralar oralig'idagi suyuqliklar tarkibida tashqi maydon ta'siridan
ionlashgan toklar hosil qiladi. O'zgaruvchan elektr maydoni inson tanasi hujayralarini
o'zgaruvchan dielektrik qutblanish, shuningdek, o'tkazuvchi toklar hosil bo'lishi hisobiga
qizdiradi. Issiqlik effekti elektromagnit maydonlarining energiya yutishi hisobiga bo'ladi.
Energiya yutilishi va ionlashgan toklarning hosil bo'lishi biologik hujayralarga maxsus ta'sir
ko'rsatishi bilan kechadi, bu ta'sir inson ichki organlari va hujayralaridagi nozik elektr
potensiallari ishini buzish va suyuqlik aylanish funksiyalarining o'zgarishi hisobiga bo'ladi.
O'zgaruvchi magnit maydoni atom va molekulalarning magnet momentlari yo'nalishlarining
o'zgarishiga olib keladi. Bu effekt inson organizmiga ta'sir ko'rsatish jihatidan kuchsiz bo'lsada,
lekin organizm uchun befarq deb bo'lmaydi.
Maydonning kuchlanishi qancha ko'p bo'lsa va tuning ta'sir davri davomli bo'lsa,
organizmga ko'rsatuvchi ta'siri shuncha ko'p bo'ladi. Tebranish chastotasining ortishi tana
o'tkazuvchanligini va energiya yutish nisbatini oshiradi, ammo kirib borish chuqurligini
kamaytiradi. Uzunligi 10 sm dan qisqa bo'lgan to'lqinlarning asosiy qismi teri hujayralarida
yutilishi tajriba asosida tasdiqlangan. 10-30 sm diapazondagi nurlanishlar teri hujayralarida kam
yutiladi (30-40%) va asosan ularning yutilishi insonning ichki organlariga to'g'ri keladi. Bunday
nurlanishlar nihoyatda xavfli hisoblanadi.
Organizmda hosil bo'lgan ortiqcha issiqlik ma'lum chegaragacha inson organizmining
termoregulatsiyasi hisobiga yo'qotilishi mumkin. Issiqlik chegarasi deb ataluvchi ma'lum
miqdordan boshlab (I>10 mVt/sm
2
), insonl organizmda hosil bo'layotgan isiqlikni chiqarib
tashlash imkoniyatiga ega bo'lmay qoladi va tana harorati ko'tariladi, bu esa o'z navbatida
organizmga katta zarar yetkazadi.
Issiqlik yutilishi inson organizmining suvga serob qismlarida yaxsfii kechadi (qon,
muskullar, o'pka, jigar va h.k.). Ammo issiqlik ajralishi qon tomirlari sust rivojlangan va
termoregulatsiya ta'siri kam bo'lgan organlar uchun juda zararlidir. Bularga ko'z, bosh miya,
buyrak, ovqat hazm qilish organlari, o’t va siydik xaltalari kiradi. Ko'zning nurlanishi ko'z qora
cho'g'ining xiralashishiga (kataraktaga) olib keladi. Odatda ko'z qora cho'g'ining xiralashishi
birdaniga rivojlanmasdan, nurlangandan keyin bir necha kun yoki bir necha hafta keyin payd
bo'ladi. Elektromagnit maydoni inson organizmiga ma'lum o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan
dielektrik material sifatida hujayralarga issiqlik ta'sirini ko'rsatibgina qolmasdan, balki bu
hujayralarga biol ogik obyekt sifatida ham ta'sir ko'rsatadi. Ular to'g'ridan-to'g'ri markaziy nerv
sistemasiga ta'sir ko'rsatadi, hujayralarning yo'nalishini o'zgartiradi yoki molekula zanjirini elektr
maydoni kuchlanish chiziqlari yo'nalishiga aylantiradi, qon tarkibi oqsil molekulalari biokimyo
faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi. Qon tomir sistemasining funksiyasi buziladi. Organizmdagi uglevod,
oqsil va mineral moddalar almashinuvini o'zgartiradi. Ammo bu o'zgarishlar funksional
xarakterda bo'lib, nurlanish ta'siri to'xtatilishi bilan ularning zararli ta'siri va og'riq sezgilari
yo'qoladi.

Download 2,9 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   195




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektromagnit to'lqinlari radiochastotalarining tavsifi

Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish