Radiotktiv nurlanishlarga qarshi kurash choratadbirlari




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/195
Sana24.05.2024
Hajmi2,9 Mb.
#252795
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   195
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi kitob

Radiotktiv nurlanishlarga qarshi kurash choratadbirlari
Radioaktiv moddalar bilan ishlayotgan ishchilarni nurlanishdan muhofaza qilishning turli
xil usullaridan foydalaniladi. Bunda nurlanish tashqi va ichki bo'lishini hisobga olinish zarur.
Tashqi nurlanishlardan saqlanishda asosan nurlanish vaqtini belgilash nurlanayotgan modda
bilan ishchi orasidagi masofani saqlash va ekranlar yordamida to'siq vositalaridan foydalaniladi.
Ishchining radioaktiv nurlanish zonasida bo'lish vaqti, uning yo'l qo'yilishi mumkin bolgan
dozada nurlanish olish vaqtidan oshirmasligi kerak.


46
Nurlanish intensivligi nurlanayotgan modda bilan ishchi orasidagi masofa kvadratiga
teskari proporsional ekanligini hisobga olganda, y ma'lum masofada turib ishlaganda ekranlardan
foydalanmasa ham bo'ladi. Muhofaza ekranlari koristniksiyiilari har xil bo'lib, ularning bir joyga
o'rnatilgan, harakatlahtiradigan, qismlarga bo'linadigan va stol ustida ishlatiladigan turlari
bo'ladi. Muhofaza ekranlari har xil moddalarning nurlanish zarralarini o'tkazmaslik xususiyatiga
asoslangan. Ekran qalinligini uning muhofaza qilishi zarur bo'lgan nurlanuvchi modda
intensivligini hisobga olgan holda ma'lumotnomalarda keltirilgan jadval va nomogrammalar,
asosida qabul qilinadi.
Alfa nurlanishlardan saqlanishda ekran qarshiligini hisoblashning ehtiyoji yo'q. Chunki
bu nurlanishlar harakat doirasi eng kuchli radioaktiv moddalarda ham 55 mm dan oshmaydi.
Alfa nurlanishlarni oyna, pleksiglaz, folganing eng yupqa xili ham ushlab qolish imkoniyatiga
ega. Beta nurlanishlardan muhofaza qilishda beta nurlarning harakat masofalarini hisobga olgan
holda ekran moddasi va qalinligi tanlanadi.
Gamma nurlanishlardan muhofaza qilishda og'ir metallardan foydalanish kerak. Masalan,
qo'rg'oshin, volfram; va boshqala r yaxshi natna beradi.
O'zlarining munofazalamsh xususiyatlariga ko'ra o'rtacha og'irlikdagi metallar ekran
sifatida yaxshi natija beradi (po'lat, cho'yan, mis birikmalari va boshqalar). Ekranlar yordamida
ish joylaridagi nurlanishni xohlagan miqdorda kamaytirish imkoniyatlari bor.
Rentgen qurilmalarini ishlatganda ikki xil nurlanish hosil, bo'ladi. Bular to'g'ri
tushayotgan nurlar va hit xil yuzalarga qaytgan nurlardir. Ish bajarilayotgan vaqtda bu nurlarning
ikkalasidan ham muhofazalanish chora-tadbirlarini ko'rish kerak.
Muhofaza ekranlarining puxta ishlayotganligi o'lchash asboblari yordamida tekshirib
turiladi. Yopiq holatdagi nurlanuvchi moddalar bilan ishlaganda asosan tashqi nurlanishlarga
qarshi muhofaza aslahalaridan foydalaniladi.
Sanoat korxonalari sharoitida ishchilar metall va kristallarning tarkibi tahlilini
o'tkazayotgan vaqtda rentgen nurlanishlariga yoki lampa generatorlar ta'sirida tushib qolishlari
mumkin. Ishchilarning rentgen nurlari ta'sirida kasallikka chalinib qolmasliklarini ta'minlash
uchun ish bajariladigan xonalarni rentgen nurlarini o'tkazmaydigan materiallardan tayyorlarigan
ekranlar bilan to'sish lozim. Qo'rg'oshin plastinkalari, qo'rg'oshinlashtirilgan rezina materiallari
bunda nurlarni yutish qobiliyatiga ega.
Rentgen qurilmalarini quruq, yog'och polli xonalarga o'rnatish kerak. Bu xonalarning
shamollatish f darajasi 3 – 5 dan kam bo'lmasligi kerak.
Ochiq holatdagi radioaktiv moddalar bilan faqat bosimi kamaytirilgan, mustahkam
opiladigan shkaf, boks va kameralarda ish bajarish kerak. Qurilmaning mustahkam
berkitilganligi tekshirib turiladi. Ish bajarish joylariga qo'lqoplar p'rnatib qo'yilgan bo'ladi.
Bunday qurilmalar uchun bosim kamaytirilishi 200 Pa dan kam bo'lmasligi va bu tekshirib
turilishi kerak. Izotoplar bilan bajariladigan har xil operatsiyalarni bokslarda bajdrish tavsiya
etiladi. Bokslar pleksiglaz alyuminiy, anglamaydigan po'lat bilan qoplangan berk kameralardan
iborat bo'lib, Unga rezina qo'lqop yoki manipulyatorlar o'natilgan bo'ladi. Boks ichidagi bosim
ma'lum miqdorda kamaytirilgan bo'lib bosim o'lchash asboblari bilan tekshirib turiladi. Bu
qurilmalar radioaktiv moddalar yordamida turli vazifarni bajarish imkoniyatini beradigan
qurilmalar bilan jihozlanadi.
Radioaktiv moddalar bilan ish bajariladigan binolafning devorlari, pol, shift va eshiklari
tekis va silliq bolishi kerak. Hamma burchaklar radioaktiv moddalardan tozalash oson bo'lsin
uchun yarim aylana shakliga keltiriladi. Xonalarda shaxsiy muhofaza vositalari uchun havo
berish tizimlari tashkil qilinadi.
Bino maxsus sanitariya-gigiena jihozlariga ega bo'lishi kerak. Bular — yuvinish
qurilmalari, dush xonalari, suv ichish favvoralari va boshqalardir. Bu qurilmalar tuzilishiga ko'ra
shunga o’xshash sanitariyatexnik qurilmalaridan birmuncha farq qiladi. Masalan, qo'i yuvish
qurilmalarida ekran o'rniga pedal o'rnatiladi. Shuningdek, bu xonalarda altiatta issiq suv ta'minoti
bo'lishi shart. Kanalizatsiya tizimlari zararsizlantirish qurilmasiga ega bo'ladi. Radioaktiv


47
moddalar maxsus zich yopiladigan idishlajda saqlanadi.Radioaktiv moddalar bilan ish
bajariladigan va ular saqlanadigan binolarning eshiklariga radioaktiv xavf belgisi qo'yiladi.

Download 2,9 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   195




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Radiotktiv nurlanishlarga qarshi kurash choratadbirlari

Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish