O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/195
Sana24.05.2024
Hajmi2,9 Mb.
#252795
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   195
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi kitob

A-toifasi:
ionli nurlanishlar manbalarida mehnat qilganliklari sababli, nurlanish ta'siriga
duchor bo'lishi mumkin bo'lgan shaxslar.
B-toifasi:
nurlanishlar bilan ish olib boriladigan sanoat korxonasi joylashgan joyda yoki
unga yaqin zonalarda yashovchi shaxslar.
D-toifasi:
mamlakatning hamma aholi yashash punktlari.
Ichki va tashqi nurlanishlar uchun yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan doza (YQD) inson
organizmining muhim qismlarini 3 guruhga bo'lish bilan belgilanadi:
1) butun tana, qizil suyak iligi;
2) muskullar, qalqonsimoh bez, yog' to'plovchi hujayralar, jigar, buyrak, taloq, ovqat
hazm qilish a'zolari, o'pka, ko'z qorachig'i va boshqalar.
3) suyak to'qimalari, qo'l terisi yelka, boldir tovonlar:
A toifasiga kiradigan ishchilaming muhim xavfli a'zolarining ichki va tashqi nurlanishda
yo'l qo'yiladigan dozasi quyidagicha:
2.2-jadval


45
2.3- jadval
Har qanday holatda ham 30 yil davomida, yig'ilgan doza yo'l qo'yish mumkin bo'lgan
dozadan 12 martadan ko'p bo'lmasligi kerak. Nurlanishning yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan
dozasi A toifasidagi ishchilatfl toifa a'zolari uchun quyidagi formula bilan aniqlanadigan
dozadan ortib ketmasligi kerak.
bunda, D - doza; N - ishchining yoshi, yil.
Ishchilaming ichki rnurlanishlarini kamaytirish uchun radioaktiv moddalarni ochiq
holatda ishlatishga yo'l qo'ymaslik, odam ichki a'zolariga, xonadagi havo jnuhitiga tushib
qolmasligini ta'minlash, shuningdek, radioaktiv moddalar bilan qo'l, kiyim va xonadagi jihozlar
yuzasini zararlanishdan saqlash kerak. Ochiq holda ishlatilganda ichda nurlantirish xavfi bo'lgan
radioaktiv moddalar besh guruhga bo'linadi:
A-nihoyatda yuqori nurlanish aktivligiga ega bo'lgan izotoplar;
B-yuqori nurlanish aktivligiga ega bo'lgan izotoplar;
D-o'rtacha nurlanish aktivligiga ega bo'lgan izotoplar;
E-kichik nurlanish aktivligiga ega bo'lgan izotoplar;
F-nurianish aktivligi juda kam bo'lgan izotoplar.
Radioaktiv moddalar bilan ochiq holda ishlaganda ularning zararli nurlanish aktivligiga
qarab uch sinfga bo'linadi. Zararli nurlanish aktivligi bo'yicha III sinfga mansub moddalar bilan
kimyo laboratoriyalarida ishlash mumkin. I va II sinf moddalar bilan esa maxsus jihozlanganva
ma'lum sanitariya-gigiena va texnik talabga javob beradigan xonalarda ish olib borish tavsiya
etiladi. III sinf moddalarni ishlatganda ba'zi bir yengil operatsiyalarni ish stolida, asosan, maxsus
shamollatiladigan shkaflarda bajariladi. I va II sinf radioaktiv moddalar bilan ishlash asosan
shamollatiladigan shkaflarda yoki maxsus bokslarda amalga oshiriladi.
Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda, radioaktiv modda zarralari ish joylarini, odamning
qo'llari va boshqa ochiq tana qismlariga o'tirib qolishi, havo muhitiga o'tib qolishi va u yerda
radioaktiv nurlanish manbalari hosil qilishi mumkin. Shuningdek, bu radioaktiv changsimon
moddalar nafas yo'llari yoki teri orqali organizm ichki a'zolariga kirib qolishi mumkin. Terining
nurlanish dozasini katta aniqlik bilan hisoblash imkoniyatlari bor. Buning uchun ish
bajarilayotgan zonaning zararianish darajasi aniqlanadi. Bunda ishlatilayotgan moddlaning
aktivligi va zararlangan yuzaning kattaligi hisobga olinadi.
Ichdan nurlanish dozasini hisoblash ancha qiyin, chunki u bir qancha omillaiga bog’liq.
Teri, shaxsiy muhofaza aslahalari va xonalar ishchi yuzalarining yo'lqo'yiladigan zararianish
darajasi aniqlanmaydi. Bular radioaktiv moddalar bilan ishlashda orttirilgan tajribalarga
asoslangan sanitariya qoidalarida belgilanadi.

Download 2,9 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   195




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbеkistоn rеspublikasi aхbоrоt tехnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali

Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish