Radioaktiv nurlarning inson organizmiga ta'siri




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/195
Sana24.05.2024
Hajmi2,9 Mb.
#252795
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   195
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi kitob

Radioaktiv nurlarning inson organizmiga ta'siri
Radioaktiv moddalar ma'lum xususiy xossalarga ega bo'lib, inson organizmiga ta'sir
qilishi natijasida xavfli vaziyat vujudga kelishi mumkin.
Radioaktiv moddalarning eng havfli tomoni shundaki, uning ta'sirini inson organizmidagi
sezish organlariga sezilmaydi. Ya'ni inson radioaktiv nurlar ta'sirida uzoq vaqt ishlashiga
qaramasdan, ularning zararli ta'sirlarini mutlaqo sezmasligi mumkin. Buning natijasi esa
ayanchli tugaydi. Shuning uchun ham radioaktiy imoddalar bilan ishlaganda, ayniqsa, o'ta
ehtiyotkor bo'lish kerak.
Inson organizmining radioaktiv nurlanishi ichki va tashqi bo'lishi mumkin. Tashqi,
tomondan nurlanish ma'lum tashqi nurla-nuvchi manba ta'sirida kechganligi sababli,
tarqalayotgan nurlarning kirib borish kuchi katta ahamiyatga ega. Kirib borish kuchi yuqori
bo'lgan nurlarning organizmga zarari ham kuchliroq bo'ladi.
Ichki nurlanish nur tarqatuvchi moddalar inson organizmining ichki tizimlariga, masalan,
yemirilgan teri qatlamlari orqali qonga, nafas olish a'zolari, o'pkaga va shilimshiq moddalarga,
ovqat hazm qilish a'zolariga tushib qolgan taqdirda ro'y beradi.
Bunda nurlanish nur tarqatuvchi modda qancha vaqt nurlanasa yoki qancha vaqt,
davomida organizmda saqlansa, shuncha.yaqt davom etadi. Shuning uchun ham radioaktiv
moddalarning katta parchalanish davriga va kuchli nurlanishga ega bo'lganda, ayniqsa, xavfli
hisoblanadi. Radioaktiv nurlanishlarning biologik ta'siri organizmdagi atom va molekulalarning
ionlanishi sifatida tavsiflanadi va bu o'z navbatida har xil kimyoviy birikmalar tarkiblarining
o'zgarishiga va normal molekulyar birikmalarda uzilishlar bo'lishiga olib keladi. Bu o'z navbatida
tirik hujayralardagi modda almashinuvining buzilishiga va organizmda biokimyoviy
jarayonlarning ishdan chiqishiga sabab bo'ladi. Katta kuchdagi nurlanish ta'siri uzoq vaqt davom
etsa, ba'zi bir hujayralarning halokati kuzatiladi va bu ayrim a'zolarning, hattoki, butun
organizmning halokati bilan tugaydi.
Radioaktiv nurlanishlar ta'sirida organizmning umumiy qon aylanish tizimining buzilishi
kuzatiladi. Bunda qon aylanish ritmi susayadi, qonning quyilish xususiyati yo'qola boradi, qon
tomirlari, ayniqsa, kapilyar qon tomirlari mo'rt bo'lib qoladi, ovqat hazm qilish a'zolarining
faoliyati buziladi, odam ozib ketadi va organizmning tashqi yuqumli kasalliklarga qarshi
kurashish qobiliyati kamayadi.
Radioaktiv moddalarning qo'lga ta'sir qilishi oldin sezilmaydi. Vaqt o'tishi bilan qo'l
qurushqoq bo'lib qoladi, unda yorilishlar kuzatiladi, tirnoqlar tushib ketadi.
Radioaktiv nurlarning alfa va beta nurlari tashqaridan ta'sir ko'rsatganda organizmning
ten qavati yetarlicha qarshilik ko'rsata oladi. Ammo bu radioaktiv nurlar ovqat hazm qilish
a'zolariga tushib qolganda ularning zararli ta'siri kuchayib ketadi.
Ko'pchilik radioaktiv moddalar organizmning ba'zi bir qismlarida yig'ilish xususiyatiga
ega. Masalan, jigar, buyrak va suyaklarda yig'ilishi butun organizmni tezda ishdan chiqaradi.
Ba'zi bir radioaktiv moddalar zaharli bo'lib, ularning zaharlilik darajasi eng xavfli zararli
moddalarnikidan ham yuqori bo'ladi.
Organizmning nurlanish dozasini hisobga olib radioaktiv moddaning inson organizmidagi
miqdorini baholash mumkin.


44

Download 2,9 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   195




Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Radioaktiv nurlarning inson organizmiga ta'siri

Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish